Innovatsion Akademiya rasmiy hamkori J.Abdurasulov, Sport va chaqiriqqacha harbiy ta'lim hamda Turizm fakulteti talabalari M.Samadova, N.Sharipovalar tashabbusi bilan o'tkazilgan "Eng yaxshi ilmiy maqola" tanlovining taqdirlash marosimi 24-iyun kuni Chirchiq shahar yoshlar markazida bo'lib o'tdi.

Tadbirni Chirchiq davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta'lim fakulteti Bolalar sporti kafedra mudiri pedagogika fanlari doktori dotsent A.A.Abdullayev, Sport va Chaqiriqqacha harbiy ta'lim fakulteti yoshlar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari Sh.M.Jo'rayev ochib berdilar.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlandilar:

1-o‘rin sohibasi
Nematullayeva Nodirabegim
Diplom hamda 500.000 so‘mlik vaucher.

2-o‘rin sohibi
Soliyev Ilyosboy
Diplom hamda 400.000 so‘mlik vaucher

3-o‘rin sohibasi
Shixnazarova Farangiz
Diplom hamda 300.000 so‘mlik vaucher

4-o'rin sohibi
Toshpo'latov Abdulaziz
Diplom hamda 200.000 soʻmlik vaucher

5-o'rin Ashirova Noila
Diplom hamda 100.000 soʻmlik vaucher

5-o'rin Abdujabborova Sabina
Diplom hamda 100.000 soʻmlik vaucher bilan taqdirlandilar.