Центральноазиатский журнал академических исследований - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.

Опубликован: 2025-08-05

АNGREN KOʻMIR KONIDАGI ISSIKLIK ELKTIRА STАNSIYАLАRIDАGI KULNI KАYTА ISHLАSH TEXNАLOGIYАSI.

Hozirgi kunda ilmiy-texnik taraqqiyot tabiy resurslar istemolining shiddatli usishi bilan bir vaqtda ishlab chiqarish chiqindilarining koʻpayishiga sabab boʻlmoqda va bu chiqindilardan oqilona foydalanish unumli ishlab chiqarish, atrof muhitni himoya qilish va texnogen chiqindilardan foydalanish sohasida yangi qayta ishlash usullari bilan zich holatda bogʻlangan. Koʻmir kullari murakkab, heterojen moddadir. Koʻmirni yoqishning yuqori haroratida mineral aralashmalar oʻzgaradi; ularda murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar sodir boʻladi: erish, qayta kristallanish, silikat hosil boʻlishi, shisha hosil boʻlishi va boshqalar. Shuning uchun IESning kul-shlak chiqindilari murakkab kimyoviy va mineralogik tarkibga ega.

Almatov I.M., Xatamov G‘.A., Suvanov F.R.

5-8

2025-08-06

OʻZBEK VA INGLIZ TILLARDA RASMIY XATLARNING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATI

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida rasmiy xatlarning lingvopragmatik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Rasmiy yozishmalar matnlarida til birliklarining tanlanishi, ularning muloqot maqsadiga mos qo‘llanishi, shuningdek, madaniy-pragmatik omillar ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot davomida rasmiy xatlar tuzilishi, murojaat shakllari, muloqot strategiyalari hamda nutq etiketi elementlari tahlil etildi. O‘zbek va ingliz tillarida rasmiy uslubning o‘ziga xos jihatlari, ularning pragmatik funksiyalari hamda kommunikativ samaradorlikni ta’minlovchi lingvistik vositalar aniqlab berildi. Maqola natijalari xorijiy va milliy ish yuritish amaliyotida rasmiy muloqot madaniyatini rivojlantirishda, tarjima jarayonida hamda til o‘qitish metodikasida qo‘llanishi mumkin.

Matkarimova Farogʻat, Matkarimova Ozoda

9-14

2025-08-08

O‘ZBEK VA SHARQ XALQLARI MUSIQASINI O‘ZARO BOG‘LIQLIGI VA O‘XSHASHLIGI

Mazkur maqolada o‘zbek xalq musiqasi va Sharq xalqlari musiqa merosining tarixiy, madaniy hamda badiiy jihatdan o‘zaro bog‘liqligi va o‘xshashliklari tahlil qilinadi. Unda qadimiy musiqa an’analari, maqom san’ati, lad-garmoniya tizimi, kuy va ritm tuzilmalari, ijro uslublaridagi umumiyliklar hamda o‘ziga xosliklar yoritilgan. Shuningdek, mintaqalararo musiqiy almashinuv, xalqaro madaniy aloqalar va ularning milliy musiqa rivojiga ta’siri ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot jarayonida tarixiy manbalar, etnomusiqashunoslik izlanishlari hamda amaliy ijrochilik tajribalari tahlil qilinib, o‘zbek musiqasining Sharq xalqlari bilan uyg‘unlashuvi musiqiy madaniyatning boyishida muhim omil ekanligi asoslab beriladi

Abdurahimov O‘ktam Ergashevich

15-20

2025-08-11

KORPORATIV NIZOLAR: MILLIY VA ХORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA IQTISODIY-HUQUQIY TAHLIL

Ushbu maqolada korporativ nizolarning yurisdiksiyasi, tushunchasi va mazmuni hamda ularni hal etishdagi хorijiy tajribalarining iqtisodiy tomonlari tahlil qilinadi

Imomov Otabek Sodiqovich

21-29

2025-08-11

LINGUOMADANIY JIHATDAN NEMIS TILIDAGI TANA A’ZOLARI BILAN BOG‘LIQ IDIOMATIK IFODALARNING QO'LLANILISHI

Mazkur maqolada nemis tilidagi tana a’zolari nomlarini o‘z ichiga olgan idiomatik ifodalarning lingvomadaniy talqini, ularning an’anaviy shakllari va zamonaviy adabiy hamda og‘zaki nutqdagi yangilanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida kognitiv metafora nazariyasi va madaniyatshunoslik yondashuvlari asosida idiomlarning ma’no o‘zgarishi, stilistik funksiyalari hamda ijtimoiy-madaniy kontekstdagi o‘rni yoritiladi

Bakbergenov Aybek Esbergenovich

30-32

2025-08-11

СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ПРЕПОДАВАНИЯ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА В СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ УЗБЕКИСТАНА

В статье рассматриваются современные методы преподавания английского языка в системе высшего образования Узбекистана, с акцентом на инновационные педагогические подходы и цифровые технологии. Особое внимание уделяется коммуникативному подходу, интерактивным технологиям, CLIL (Content and Language Integrated Learning – интеграция содержания и языка), аутентичным материалам и проектному обучению как ключевым стратегиям повышения языковой компетенции. В исследовании подчёркивается роль этих методов в подготовке студентов к профессиональному общению на английском языке и приведёнему системе образования Узбекистана к мировым стандартам. Проанализировано влияние цифровых инструментов, таких как онлайн платформы и мобильные приложения, на гибкость и доступность языкового обучения. В заключение представлены рекомендации по дальнейшему совершенствованию образования на английском языке в Узбекистане.

Ашурова Мохичехра Ойбек кизи

33-40

2025-08-11

ОИЛА ҲУҚУҚИДА СУНЪИЙ ИНТЕЛЛЕКТНИ ҚЎЛЛАШДАГИ ИМКОНИЯТЛАР ВА ГЛОБАЛ ЮРИДИК АМАЛИЁТ

Ушбу мақолада сунъий интеллектнинг оила ҳуқуқида қўлланилиши ва унинг истиқболлари ҳақида фикр юритилади. Унда сунъий интеллект воситалари юридик хизматлар кўрсатиш тезлиги ва самарадорлигини ошириш, харажатларни камайтириш ҳамда оилавий низоларнинг ҳуқуқий ечимини топиш бўйича қандай ҳисса қўшиши мумкинлиги баён этилади. Технологияларни ҳужжатлар тайёрлаш, онлайн медиация, суд қарорларини таҳлил қилиш ва қарор қабул қилишда ёрдам бериш каби йўналишларда қўллаш жараёнлари тўғрисида мисоллар келтирилади. Айниқса, трансчегаравий никоҳдан ажрашиш ишлари, болани васийликка ва ҳомийликка олиш масалаларида сунъий интеллект тил ва юрисдикция муаммоларини енгиб ўтишда ёрдам бериши таъкидланади

Улугбек Юсубов

41-49

2025-08-11

ЖИНОЯТ ПРОЦЕССИДА РЕАБИЛИТАЦИЯ: МАЗМУН-МОҲИЯТ, ТУРЛИЧА ЁНДОШУВЛАР ВА НАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАР ТАҲЛИЛИ

жиноят процессида жиноят ишини судга қадар юритиш босқичида жиноий жавобгарлик масаласи кўрилган шахсга нисбатан кейинчалик унинг жавобгарлигини рад этувчи қонуний асослар етарли бўлганда, шахснинг бузилган барча ҳуқуқларини қайта тиклаш жараёни реабилитациянинг мазмун-моҳиятини ташкил этади. Бузилган ҳуқуқлар қаторига шахснинг шаъни, қадр-қиммати, жамиятдаги ўрни билан боғлиқ бўлган, мулкий-номулкий ва оилавий муносабатларга доир бўлган, моддий ва маънавий зарар билан боғлиқ бўлган ҳамда меҳнат қилиш, нафақа олиш, уй-жойдан фойдаланиш каби ҳуқуқларни киритиш мумкин. Шунингдек, реабилитация-шахснинг бузилган ҳуқуқларини тиклаш доирасида давлатнинг ҳимоя функциясининг асосий қисмини ташкил этади. Ушбу мақолада реабилитациянинг мазмун-моҳияти ва назарий асослари ёритиб берилган.

Ибадуллаев Бобур Камилжонович

50-53

2025-08-12

ПРОКУРОР НАЗОРАТИ ДАСТЛАБКИ ТЕРГОВ ХАТОЛАРИНИ БАРТАРАФ ҚИЛИШГА ҚАРАТИЛГАН ПРОЦЕССУАЛ МЕХАНИЗМ СИФАТИДА

Мазкур мақолада жиноят ишини тергов қилиш босқичи: суриштирув ва дастлабки терговда суриштирувчи ва терговчилар томонидан йўл қўйилаётган процессуал хатоликлар, уларни тезкорлик билан ва самарали бартараф қилиш масалалари, қонун нормаларини қўллашда юзага келаётган амалий муаммоларнинг назарий ва амалий жиҳатлари таҳлил қилинган. Шунингдек, дастлабки тергов хатоларини бартараф қилишнинг самарали механизмларидан бири бўлган прокурор назоратига оид ҳуқуқий асослар, амалий муаммолар таҳлил қилинган.

О.Б.Акбутаев

54-56

2025-08-12

MARKETING FAOLIYATI SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY IFODASI

Maqolada Qashqadaryo viloyatidagi sanoat korxonalari uchun raqamli marketing mexanizmlarining qo‘llanilishi va samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi mintaqadagi sanoat korxonalari tomonidan raqamli marketing vositalaridan qanday foydalanilishini aniqlash va ularning samaradorligini baholashdan iborat. Ushbu tahlil viloyatdagi sanoat sektori uchun raqamli marketing strategiyasini optimallashtirishga yordam beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Qashqadaryo viloyatidagi ko‘plab sanoat korxonalari raqamli marketing mexanizmlaridan cheklangan darajada foydalanmoqda va bu ularning bozor raqobatidan orqada qolishiga sabab bo‘lmoqda. Tahlil qilinayotgan korxonalar orasida raqamli marketing strategiyalarining samaradorligi ham ajralib turadi, ba’zi korxonalar ilg‘or texnologiyalarni joriy qilgan bo‘lsa, boshqalari buni qilishda qiynalmoqda. Tadqiqotda raqamli marketing mexanizmlarini qo‘llash darajasini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ham kiritilgan.

Ochilov Javlonbek Ismoil o'g'li

57-62

2025-08-12

MANAGEMENT CULTURE AND THE ROLE OF LANGUAGE IN ARAB COUNTRIES: A COMPARATIVE

This thesis explores the cultural and linguistic dimensions of management practices in Arab countries, drawing a comparative perspective with Uzbekistan. Language plays a vital role in shaping leadership, decision-making, and interpersonal communication in organizations. In Arab countries, Arabic serves not only as a tool for communication but also as a cultural code reflecting respect, authority, and hierarchy. In contrast, Uzbekistan’s management culture, influenced by Soviet administrative traditions and Turkic language roots, follows a different approach. By comparing these two contexts, the study highlights how linguistic norms and cultural expectations affect managerial behavior and professional interactions. The thesis aims to provide valuable insights for cross-cultural management and international cooperation.

Akmaljon Umarov

63-66

2025-08-13

CODE-SWITCHING IN MULTILINGUAL COMMUNITIES

Code-switching is a linguistic phenomenon in which speakers alternate between two or more languages within a single conversation. It is not merely a straightforward practice but a complex, dynamic process involving linguistic, cognitive, and cultural dimensions. During code-switching, not only do linguistic patterns shift, but speakers may also experience a change in cultural identity. This practice occurs across diverse contexts, including social media, everyday conversation, and professional environments. This article examines the significance of code-switching, highlighting its benefits, potential drawbacks, and its role in maintaining cultural identities in multilingual communication.

Gulasal Fayziyeva

67-69

2025-08-13

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MUSTAQIL FIKRLASH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH METODLARI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish masalasi o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, muammoli ta’lim, loyihaviy ishlar hamda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi. Har bir metodning o‘quvchilarning mantiqiy, tanqidiy va ijodiy tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni nazariy va amaliy misollar orqali yoritildi.

Raimberdiyeva Maftuna Abduraxmonovna

70-74

2025-08-15

JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA DIFFERENSIAL YONDASHUV ASOSIDA INDIVIDUAL RIVOJLANISH TRAYEKTORIYASINI BELGILASH

Ushbu maqolada jismoniy tarbiya darslarida differensial yondashuvni qo‘llash orqali o‘quvchilarning individual rivojlanish trayektoriyasini belgilashning ilmiy-metodik asoslari tahlil qilinadi. O‘quvchilarning yosh, jins, jismoniy tayyorgarlik darajasi, sog‘liq holati va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim jarayonini individuallashtirishning afzalliklari yoritiladi. Shuningdek, individual rivojlanish trayektoriyasini rejalashtirish va monitoring qilish usullari ham bayon etiladi.

Duysenbaev Jaxangir Qonısbaevich

75-77

2025-08-18

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING TA’LIM-TARBIYA OLISHLARI

Ushbu maqolada yurtimizda istiqomad qiluvchi imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim muassasaga moslashishi, ta’lim olishi, imkoniyatlaridan to‘la qonli foydalanishida ta’lim muassasaning roli haqida haqida so‘z boradi.

Xudayberdiyeva Nodira Ilxamovna

78-81

2025-08-18

ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ВЫГОРАНИЕ У ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА ПРИЧИНЫ, ПРОЯВЛЕНИЯ И ПРОФИЛАКТИКА

Статья рассматривает проблему психологического выгорания у преподавателей английского языка в Узбекистане, акцентируя внимание на недостатке поддержки со стороны образовательных учреждений и нехватке ресурсов. Исследования показывают, что отсутствие консультаций с психологами и необходимых учебных материалов усугубляет стресс и выгорание среди учителей. В статье также описаны проявления выгорания: физические симптомы, эмоциональные изменения, когнитивные проблемы и социальные последствия. Предложены меры профилактики, включая создание поддерживающей среды, обучение навыкам управления стрессом и регулярные перерывы. Подчеркивается, что решение проблемы выгорания требует коллективных усилий всех заинтересованных сторон для формирования здоровой образовательной среды.

Д.К.Матчанова

82-85

2025-08-18

ENERGY EFFICIENT TECHNOLOGIES FOR INDIVIDUAL CONSTRUCTION

This article discusses energy-efficient technologies for individual construction, characteristics of energy-efficient houses, features of passive houses, energy-efficient engineering systems, their advantages, materials used for these systems, and the development of energy-efficient material production in the territory of our country

Nufuza Islomova

86-89

2025-08-18

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLARI DAVLAT XIZMATIGA KIRISHDA TENG HUQUQQA EGADIRLAR.

Mazkur maqolada fuqarolarning davlat xizmatiga kirish huquqi, fuqarolarning konstitusiyada belgilangan huquqlari, qonunchilikda belgilangan kafolatlar hamda so’nggi yillarda davlat xizmati sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar keltirilgan

S.Xamdamova

90-93

2025-08-19

BULUTLI TEXNOLOGIYALAR

Ushbu maqolada bulutli texnologiyalarning kelib chiqishi, turlari, afzalliklari va kamchiliklari, amaliy qo‘llanilishi hamda kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Bulutli hisoblashning zamonaviy IT tizimlaridagi o‘rni, turli sohalardagi tatbiqi va istiqbollari manbalar asosida yoritilgan. Xususan, sun’iy intellekt, edge computing va kvant texnologiyalari bilan uyg‘unlashuvi bo‘yicha ilg‘or g‘oyalar taqdim etilgan

Fayzullayev Jonibek Mambetsaliy o‘g‘li, Ollayorov Behruzbek Sardor o‘g‘li

94-100

2025-08-19

IQLIM O‘ZGARISHI VA TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH: MUAMMOLAR VA ECHIMLA

Mazkur maqolada iqlim o‘zgarishining asosiy sabablari va oqibatlari, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari va imkoniyatlari tahlil qilingan. O‘zbekiston misolida mavjud ekologik muammolar ko‘rib chiqilib, xalqaro tajriba asosida ekologik boshqaruvning samarali yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan..

Fayzullayev Jonibek Mambetsaliy o‘g‘li, Ollayorov Behruzbek Sardor o‘g‘li

101-107

2025-08-19

URBANIZATSIYA JARAYONLARINING MAHALLIY IQTISODIYOTGA TA’SIRI (O‘ZBEKISTON MISOLIDA)

Mazkur maqolada O‘zbekistonda kechayotgan urbanizatsiya jarayonlarining mahalliy iqtisodiyotga ta’siri tahlil qilingan. Urbanizatsiyaning iqtisodiy, ijtimoiy va hududiy jihatlari yoritilgan, jumladan Toshkent, Namangan va Samarqand shaharlaridagi real misollar asosida ularning xizmat ko‘rsatish, sanoat va turizm sektorlariga ko‘rsatgan ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, urbanizatsiyaning salbiy oqibatlari va ularni yumshatish bo‘yicha strategik tavsiyalar ham ilgari surilgan. Maqola natijalariga ko‘ra, urbanizatsiya mahalliy iqtisodiyotda innovatsion faollik, infratuzilma kengayishi va ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda

Fayzullayev Jonibek Mambetsaliy o‘g‘li, Ollayorov Behruzbek Sardor o‘g‘li

108-113

2025-08-19

ТАНОСИЛ ЁКИ ОИВ КАСАЛЛИГИ/ОИТСНИ ТАРҚАТИШ БИЛАН БОҒЛИҚ ЖИНОЯТЛАРНИ ТЕРГОВ ҚИЛИШНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ

Мақолада таносил ёки ОИВ касаллиги/ОИТС тарқатиш билан боғлиқ жиноят ишларини тергов қилишнинг ҳозирги кундаги ҳолати, тергов амалиётида учраётган айрим муаммоли ҳолатлар ва йўл қўйилаётган хато ва камчиликлар, мазкур муаммо ва камчиликларни бартараф этиш юзасидан асослантирилган таклифлар ишлаб чиқилган. Шу билан бирга ушбу турдаги жиноят ишларини тергов қилишни такомиллаштириш зарурати асослантирилган.

Курамбаев Тохир Хосинбаевич

114-122

2025-08-21

O’ZBEKISTONDA BARQAROR RIVOJLANISHNI TA’MINLASHDA XORIJ TAJRIBASIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Zamonaviy global iqtisodiy sharoitda barqaror rivojlanish tushunchasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 2015-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan "2030-yilgacha Barqaror Rivojlanish Maqsadlari" hujjatida belgilangan 17 global maqsad, ayniqsa, O'zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun strategik ahamiyatga ega. Mamlakatimizda 2017-yildan boshlab amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar barqaror rivojlanish tamoyillarini amalga oshirishga qaratilgan bo'lib, bu jarayon iqtisodiy siyosatning barcha yo'nalishlariga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda.

Islomova Sohibjamol Fazliddin qizi

123-126

2025-08-25

МЕЖДУНАРОДНЫЕ ОБЯЗАТЕЛЬСТВА ГОСУДАРСТВ ПО КРИМИНАЛИЗАЦИИ НАРУШЕНИЙ МЕЖДУНАРОДНОГО ГУМАНИТАРНОГО ПРАВА

В современном мире продолжительные вооружённые конфликты приводят к серьёзным нарушениям МГП, требующим повышенного внимания со стороны государств. Цель исследования — проанализировать природу международных обязательств государств по уголовной ответственности за нарушения МГП с использованием сравнительно-правового, формально-юридического и аналитического методов. Проведённый анализ показывает, что государства‑участники Женевских конвенций обязаны искать и привлекать к ответственности лиц, совершивших грубые нарушения МГП.

Ауезов Камранбий Кахраманович

127-132

2025-08-25

MATN TAHRIRI JARAYONI – TADQIQOT OBYEKTI SIFATIDA

Ushbu maqolada matn tahririning individual xususiyatlari, taniqli olimlarning bu boradagi nazariy qarashlari, matn mukammalligida muallif va muharrirning o‘rni, tahrir jarayonida nimalarga e’tibor qaratish zarurligi ochib berilgan.

Boyboboyev Hayotjon Abdujabborovich

133-135

2025-08-29

BUXGALTERIYA HISOBI TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Zamonaviy global iqtisodiyot sharoitida moliyaviy tizimning barqarorligi va ishonchliligi har qanday mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biridir. O'zbekiston Respublikasi bank tizimi ham so'nggi yillarda tub islohotlarni boshdan kechirmoqda, bu esa moliyaviy hisobotlarning shaffofligi va ishonchliligini ta'minlash masalasini ayniqsa dolzarb qilmoqda. Buxgalteriya hisobi bank faoliyatining mohiyatan ajralmas qismi bo'lib, u nafaqat moliyaviy operatsiyalarni qayd etish, balki bankning strategik rivojlanishi, risklarni boshqarish va qarorlar qabul qilish jarayonlarida asosiy axborot manbai sifatida ham xizmat qiladi..

Raximjonova Nazokat Voxid qizi

136-139

2025-08-29

RAQOBAT MUHITINING IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRI

Ushbu maqolada raqobat muhitining milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Nazariy asoslar, empirik tadqiqotlar va amaliy misollar orqali raqobatning ishlab chiqarish samaradorligi, innovatsiyalar, narx-sifat raqobi, ijtimoiy rivojlanish va global integratsiyaga bo‘lgan hissa qo‘shishi o‘rganiladi. Jadval tahlili va empirik manbalar yordamida raqobatning iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashdagi roli aniqlandi..

Baxiev Alim Shingis uli

140-143

2025-08-31

ω-LIE ALGEBRAS AND THEIR CLASSIFICATION

I give the algebraic classification of complex four-dimensional ω-Lie algebras.

Mirzobek Shodiev

144-151

2025-08-31

ЖАМОАТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШНИНГ ТАШКИЛИЙ-ҲУҚУҚИЙ ЖИҲАТЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

Ушбу мақола жамоат хавфсизлигини таъминлашнинг ташкилий-ҳуқуқий жиҳатларини такомиллаштириш масалаларига бағишланган. Унда ҳуқуқ-тартибот органларининг фаолиятини оптималлаштириш, қонунчилик базасини мустаҳкамлаш ва фуқаролик жамиятининг иштирокини кучайтириш орқали хавфсизликни таъминлаш йўллари таҳлил қилинади. Мақола юртимизда амалга оширилаётган ислоҳотлар, ташкилий механизмларни яхшилаш зарурати ва ҳуқуқий нормаларнинг амалий қўлланилиш масалаларига эътибор қаратади. Шунингдек, фуқароларнинг ҳуқуқий маданиятларини ошириш, шаффофлик ва ҳисоботдорликни таъминлаш масалалари кўриб чиқилади..

Умаров Закир Равупович

152-155

2025-08-31

O‘ZBEKISTONDA INNOVATSION LOYIHALARNI VENCHURLI MOLIYALASHTIRISH IMKONIYATLARI

Maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va innovatsion loyihalarning moliyalashtirilishida venchur kapitalining roli tahlil qilinadi. Startaplar va innovatsion tashabbuslarni moliyalashtirishdagi muammolar, jumladan, moliyaviy resurslarning yetishmasligi, investorlarning sust faolligi va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining kamligi ko‘rib chiqilgan. Global tajriba asosida venchur kapitali kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish hamda yangi texnologiyalarni joriy etishda samarali vosita ekanligi ta’kidlangan. O‘zbekiston sharoitida davlat va xususiy sektorning hamkorligi, qonunchilik asoslari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik orqali venchur moliyalashtirish tizimini rivojlantirish istiqbollari ko‘rsatildi. Maqolada innovatsion loyihalarning muvaffaqiyati uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning turli bosqichlari va shakllari, shuningdek, mamlakatda mavjud muammolar hamda ularni hal qilish yo‘llari yoritilgan.

Vahobov Javohir Sobir o‘g‘li

156-163

2025-08-31

ИСТОРИЯ ПАРЛАМЕНТА ВЕЛИКОБРИТАНИИ В ПЕРИОД МАРГАРЕТА ТЭТЧЕРА

Статья посвящена изучению деятельности парламента Великобритании в начале 80-х годов ХХ века, её основным чертам постиндустриального общества, формированию новой идеологии консерваторов в период оппозиции, расширению рыночных принципов в экономике и социальной сфере, внутренней политике, социально-политической борьбе трудящихся и последним годом пребыванию М.Тэтчера у власти

Мустапаев Мурат Парахатович

164-171

2025-08-31

ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ АВТОМОБИЛЬНЫХ ПОГРАНИЧНЫХ ТАМОЖЕННЫХ ПОСТОВ В РАЗВИТИИ ВНЕШНЕЙ ТОРГОВЛИ

В данной статье проведён эконометрический анализ факторов, влияющих на пропускную способность автомобильных пограничных таможенных постов, и изучены уровни их воздействия. Представлены результаты эксперимента по наиболее значимому фактору. Кроме того, спрогнозировано количество транспортных средств, ежедневно пересекающих посты до 2030 года, и разработаны предложения в данном направлении.

Н.Р.Рахмонова

172-178

2025-08-31

BARKAMOL SHAXS TARBIYASIDA OILA, MAKTAB VA MAHALLANING O‘RNI: BOG‘CHA YOSHIDAGI BOLALAR MISOLIDA

Ushbu maqolada barkamol shaxs tarbiyasida oila, maktabgacha ta’lim muassasalari va mahalla o‘rnining bog‘cha yoshidagi bolalar (3–7 yosh) misolida ilmiy tahlili berilgan. Ilk bolalik davri psixologiyada shaxs rivojining hal qiluvchi bosqichi sifatida e’tirof etiladi. Shu davrda bola nutqi, tafakkuri, hissiy olami va ijtimoiy xulqi intensiv rivojlanadi. Maqolada J. Piajening kognitiv rivojlanish nazariyasi, L.S. Vygotskiyning yaqin rivojlanish zonasi konsepsiyasi, M. Montessorining “Menga o‘zim qilishga imkon ber!” tamoyili hamda E. Eriksonning psixososial rivojlanish nazariyalari asosida tahliliy yondashuv berilgan. Oila, bog‘cha va mahalla hamkorligi orqali bolada mustaqillik, tashabbuskorlik, qadriyatlarga hurmat va ijtimoiy ko‘nikmalar shakllanishining ahamiyati yoritilgan.

Tursunboyeva N.A.

179-181

2025-08-31

SINF TARBIYAVIY SOATLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

Ushbu maqola sinf tarbiyaviy soatlari haqida kengroq ma’lumot olishga, sinf tarbiyaviy soatlarini qanday tashkil qilinishi va ularning turlari haqida ma’lumotlar jamlashga yordam beradi. Maqolada sinf tarbiyaviy soatlari tushunchasi, ularning maqsadi va ta’lim-tarbiyaviy jarayondagi o‘rni yoritilgan. Tarbiyaviy soatlar o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, ularni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik va mustaqil fikrlash ruhida tarbiyalashda muhim vosita ekanligi ta’kidlanadi. Maqolada sinf rahbarining tarbiyaviy ishlarni tashkil etishdagi roli, darslarning mazmuni va metodikasini to‘g‘ri tanlash zarurati haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, zamonaviy yondashuvlar, interfaol metodlar va milliy qadriyatlarga asoslangan tarbiyaviy soatlar samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi.

Bovanova Umida Abduvahobovna, Tirkasheva Nilufar Zafarjon qizi

182-185

2025-08-31