YER KADASTRINI YURITISHDA GIS TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI
;
https://doi.org/10.5281/zenodo.21093668;
yer kadastri, GIS, geografik axborot tizimi, fazoviy ma’lumotlar, yer resurslari, raqamli xarita, GNSS, masofadan zondlash, geoma’lumotlar bazasi, ArcGIS, QGIS..Abstrak
Ushbu tezisda yer kadastrini yuritishda geografik axborot tizimlari (GIS) texnologiyalarining o‘rni, ularning yer resurslarini boshqarishdagi ahamiyati hamda amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilingan. Hozirgi kunda yer resurslaridan oqilona foydalanish, kadastr ma’lumotlarini raqamli shaklda yuritish va doimiy yangilab borish davlat boshqaruvining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. GIS texnologiyalari fazoviy va atribut ma’lumotlarni yagona bazada saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda vizuallashtirish imkoniyatini yaratadi. Natijada yer uchastkalarining chegaralarini aniqlash, ularning huquqiy holatini nazorat qilish, yer monitoringini olib borish va kadastr xaritalarini yangilash jarayonlari ancha tezlashadi. Shuningdek, GIS texnologiyalarini masofadan zondlash ma’lumotlari, global navigatsion sun’iy yo‘ldosh tizimlari (GNSS) va raqamli kartografiya bilan integratsiyalash yer kadastri ma’lumotlarining aniqligi va ishonchliligini oshiradi. Tadqiqot natijalari GIS texnologiyalarini yer kadastri tizimiga keng joriy etish yer resurslarini samarali boshqarish, kadastr ma’lumotlarining aniqligini ta’minlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.Iqtiboslar
Ergash Yusupovich Safarov. Geografik axborot tizimlari. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2020.
Ergash Yusupovich Safarov. Geoinformatika. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2021.
Abdurashid Abduqodirovich Jo‘rayev. Geodeziya. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019.
O‘zbekiston Respublikasi Kadastr agentligi. Davlat geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid me'yoriy hujjatlar to‘plami. – Toshkent, 2023.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kadastr agentligi. Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. – Toshkent, 2022.
Sharofiddinova Xusnidaxon Xamidxon qizi. Tematik xaritalarni tuzishda geoinformatsion tizimlardan foydalanish. Qurilish va ta'lim ilmiy jurnali, Научный журнал Строительство и образование Scientific Journal of Construction and Education – Namangan, 2026
Sharofiddinova X.X, Jololdinov A.T, Geographic information system asosida raqamli xaritalarni ishlab chiqishva samaradorligini oshirish. “Yashil kimyo va innovatsion kimyoviy texnologiyalar: barqaror sanoat rivoji yoʻlida”– Qo’qon, 2026
##submission.downloads##
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Litsenziya
##submission.copyrightStatement##
##submission.license.cc.by4.footer##Iqtibos keltirish tartibi