O'ZBEK XALQ PEDAGOGIKASI VA ILMIY MANZARA EVOLYUTSIYASI

Authors

  • Salomat Akmalova Toshkent shahar Yunusobod tumani 240- sonli umumta’lim maktabi “Tarbiya fani” o’qituvchisi Author

Keywords:

Xalq pedagogikasi, ilmiy manzara, evolyutsiya, tarbiya qadriyatlari, ma’naviyat, Sharq uyg‘onish davri, jadidchilik, zamonaviy ta’lim.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek xalq pedagogikasining tarixiy ildizlari va uning ilmiy manzara evolyutsiyasidagi o‘rni tahlil qilinadi. Xalq og‘zaki ijodi, urf-odat va marosimlarda mujassam bo‘lgan tarbiyaviy qadriyatlarning asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tishi hamda Sharq uyg‘onish davri allomalari (Forobiy, Beruniy, Ibn Sino) ilmiy qarashlari bilan uyg‘unlashuvi yoritiladi. Shuningdek, jadidchilik harakati va mustaqillik davri ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, XXI asrda zamonaviy ilmiy-texnologik yondashuvlar bilan xalq pedagogikasining integratsiyasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xalq pedagogikasi insonparvarlik, vatanparvarlik, axloqiy poklik va ma’naviy barkamollik g‘oyalarini saqlab qolgan holda bugungi kunda ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Published

2025-09-08

How to Cite

O’ZBEK XALQ PEDAGOGIKASI VA ILMIY MANZARA EVOLYUTSIYASI. (2025). Science and Innovation, 3(32), 44-45. https://www.in-academy.uz/index.php/SI/article/view/34213