OʻZBEKISTONDA SAYLOV TIZIMI VA SAYLOV HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.20507531Ключевые слова:
saylov tizimi, saylov huquqi, Konstitutsiya, Saylov kodeksi, xalq suvereniteti, demokratiya, Markaziy saylov komissiyasi, yashirin ovoz berish, tenglik prinsipi, aralash saylov tizimiАннотация
Mazkur tezisda Oʻzbekistonda saylov tizimi va saylov huquqining konstitutsiyaviy asoslari ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barqarorligi, avvalo, fuqarolarning davlat hokimiyatini shakllantirishdagi real ishtiroki, saylash va saylanish huquqining kafolatlanganligi hamda saylov jarayonining qonuniy, oshkora va adolatli tashkil etilishiga bogʻliqdir. Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXII bobi saylov tizimiga bagʻishlangan boʻlib, unda fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqi, har bir saylovchining bir ovozga egaligi, ovoz berish erkinligi, saylovlarning umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazilishi kabi asosiy prinsiplar mustahkamlangan.Библиографические ссылки
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan referendumda qabul qilingan yangi tahrir. – URL: https://lex.uz/docs/-6445145 (murojaat sanasi: 11.05.2026).
Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi: OʻRQ-544-son Qonun bilan tasdiqlangan, 25.06.2019. – URL: https://lex.uz/docs/-4386848 (murojaat sanasi: 11.05.2026).
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida: OʻRQ-883-son Qonun, 18.12.2023. – URL: https://lex.uz/docs/-6697581 (murojaat sanasi: 11.05.2026).
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida: 1329-son qaror, 27.05.2024. – URL: https://lex.uz/uz/docs/-6995026 (murojaat sanasi: 11.05.2026).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy-huquqiy normalar // Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksi materiallari asosida. – Toshkent, 2024.
Tadjixanov U., Saidov A. Davlat va huquq nazariyasi. – Toshkent: Adolat, 2020. – 560 b.
Xusanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq. – Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2022. – 420 b.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi rasmiy axborotlari. – URL: https://www.saylov.uz (murojaat sanasi: 11.05.2026).
Загрузки
Опубликован
Выпуск
Раздел
Лицензия
Copyright (c) 2026 Innovative Academy RSC

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Как цитировать