AGROBIZNESNI TASHKIL QILISHDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH: ILMIY-USLUBIY YONDASHUVLAR VA SAMARADORLIK

Authors

  • Bobur Normatov Muydinjonovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiy rivojlanishining muammolari va ilmiy asoslari”ilmiy-tadqiqot markazi mustaqil tadqiqotchisi. Author

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.21069663

Abstract

Zamonaviy agrar iqtisodiyot sharoitida korxonalar samaradorligini ta’minlashda inson resurslari hal qiluvchi omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Agrobiznes tizimida ishlab chiqarish samaradorligi nafaqat texnologik yoki moliyaviy resurslarga, balki inson kapitalining to‘g‘ri boshqarilishiga ham bevosita bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, inson resurslarini boshqarish (HRM) funksiyasi har qanday agrar korxona faoliyatining strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi. Agrar biznes tashkilotlari o‘z faoliyatini samarali yuritishi uchun rasmiy (formal) va norasmiy tashkiliy tuzilmalarga tayanadi. Rasmiy tuzilma vakolatlar, mas’uliyat va boshqaruv ierarxiyasini belgilab bersa, norasmiy munosabatlar ish jarayonlarining real amaliy dinamikasini shakllantiradi. Katta agrar korxonalarda tashkiliy tuzilmaning qat’iyligi va rasmiylashuvi darajasi yuqori bo‘lib, bu boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Downloads

Published

2026-06-30

Issue

Section

Articles

How to Cite

Bobur, N. (2026). AGROBIZNESNI TASHKIL QILISHDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH: ILMIY-USLUBIY YONDASHUVLAR VA SAMARADORLIK. Science and Innovation, 4(64), 25-27. https://doi.org/10.5281/zenodo.21069663
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
1 Views
0 Downloads