DRONLARDAN GEODEZIK O‘LCHASH ISHLARIDA FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.21056264Keywords:
dron, UAV, geodeziya, fotogrammetriya, GNSS, RTK, PPK, ortofotoplan, raqamli relyef modeli, GIS, kartografiya.Abstract
Ushbu tezisda geodezik o‘lchash ishlarida uchuvchisiz uchish apparatlari (UAV – dronlar)dan foydalanishning afzalliklari, zamonaviy geodezik amaliyotdagi o‘rni hamda qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilingan. So‘nggi yillarda dron texnologiyalarining jadal rivojlanishi geodeziya va kartografiya sohasida yangi imkoniyatlarni yaratdi. Dronlar yordamida yuqori aniqlikdagi ortofotoplanlar, raqamli relyef modellari (DEM) va uch o‘lchamli (3D) modellarni qisqa vaqt ichida yaratish mumkin. Tadqiqotda UAV fotogrammetriyasi, GNSS RTK va PPK texnologiyalarining geodezik o‘lchashlardagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, dronlardan foydalanishning an’anaviy geodezik usullarga nisbatan afzalliklari, jumladan, vaqt va mablag‘ni tejashi, inson mehnatini kamaytirishi, xavfli va borish qiyin bo‘lgan hududlarda ishlash imkoniyatini yaratishi ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari dron texnologiyalarini geodezik o‘lchash ishlariga keng joriy etish geodezik ma’lumotlarning aniqligi va sifatini oshirish bilan birga ishlab chiqarish samaradorligini ham sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatadi.References
Ergash Yusupovich Safarov. Geografik axborot tizimlari. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2020.
Ergash Yusupovich Safarov. Geoinformatika. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2021.
Abdurashid Abduqodirovich Jo‘rayev. Geodeziya. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019.
O‘zbekiston Respublikasi Kadastr agentligi. Davlat geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid me'yoriy hujjatlar to‘plami. – Toshkent, 2023.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kadastr agentligi. Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. – Toshkent, 2022.
Sharofiddinova Xusnidaxon Xamidxon qizi. Tematik xaritalarni tuzishda geoinformatsion tizimlardan foydalanish. Qurilish va ta'lim ilmiy jurnali, Научный журнал Строительство и образование Scientific Journal of Construction and Education – Namangan, 2026
Sharofiddinova X.X, Jololdinov A.T, Geographic information system asosida raqamli xaritalarni ishlab chiqishva samaradorligini oshirish. “Yashil kimyo va innovatsion kimyoviy texnologiyalar: barqaror sanoat rivoji yoʻlida”– Qo’qon, 2026
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Innovative Academy RSC

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
How to Cite