Articles

TABIIY LANDSHAFTLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARINING GEOGRAFIK JIHATLARI

Vol. 6 No. 3 (2026): Eurasian Journal of Academic Research 198-206

DOI: 10.5281/zenodo.19365651 2026-04-01 Articles Open Access

Authors

  • Moʻminov, Doniyor
  • Abdusattorova, Tillaxon

Abstract

Bugungi kunda tabiiy landshaftlar antropogen ta’sir natijasida o‘z xususiyatini yo‘qotib bormoqda. Tabiat elementlaridan ilmiy asosda foydalanish ekologik havfsiz, iqtisodiy samarali natijalarga erishishga asos bo‘ladi. Mazkur ishda tabiiy landshaftlardan foydalanishning hududiy jihatlarini tadqiq etish asosiy maqsad qilib olingan. Yer resurslarini o‘rganishning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy geografik omillarni hisobga olish zaruriyati to‘g‘risida ma’lumotlar tahlil etilgan. Resurslardan samarali va ekologik xavfsiz foydalanish jihatlariga ahamiyat qaratilgan. Tadqiqotni amalga oshirishda hududiylik, landshaft-ekstrapolyatsiya, taqqoslash, kartografik usullardan kenf foydalanilgan. Tabiiy landshaftlar xususiyatiga ko‘ra balandlik zonalari bo‘yicha mintaqalarga ajratilgan. Har bir mintaqa komponentlarining tabiiy geografik xususiyatlari o‘rganilgan va mazkur xususiyatlaridan kelib chiqib xo‘jalikda foydalanish turlari tavsiya qilinadi. Farg‘ona viloyati hududi to‘rtta  balandlik mintaqasiga ajratiladi. Xususan, balandligi 350-400 metr bo‘lgan birinchi mintaqa hududlarida o‘ziga xos geoekologik-landshaft ko‘rsatkichlari mavjud. Ikkinchi mintaqa esa yoyilmalarning markaziy qismini egallagan dengiz sathidan balandligi 400-600 metr bo‘lgan qiya tekislik rel’yefiga ega bo‘lga hududlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot ishida tabiatdan foydalanishda har bir mintaqaning hududiy jihatlarini inobatga olish borasida tavsiyalar berilgan. Hududdagi mavjud geografik-ekologik holatni baholash va xo‘jalik yuritishda geoekologik yondashuvlarga asoslanish muhimdir

Readership

2 Views
0 PDF downloads
2 Countries

    Downloads

    Published

    2026-04-01

    How to Cite

    Doniyor, M., & Tillaxon, A. (2026). TABIIY LANDSHAFTLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARINING GEOGRAFIK JIHATLARI. Eurasian Journal of Academic Research, 6(3), 198-206. https://doi.org/10.5281/zenodo.19365651
    Innovative Academy RSC
    Article metrics Views and PDF downloads
    0 Views
    0 Downloads