REKLAMA VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA SKRIPTONIMLARNING SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Erkinova, Nigora Author

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.17649238

Abstract

Mazkur maqola reklama va ommaviy axborot vositalarida (OAV) qoʻllaniladigan skriptonimlarning lingvosemantik va funksional xususiyatlarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Skriptonimlar zamonaviy kommunikatsiyaning faol qismi sifatida oʻrganiladi. Tadqiqotda skriptonimlarning semantik samaradorligi ularning kognitiv tushunarliligi (leksik, fonetik va morfologik asosni tez dekodlash imkoniyati) bilan bevosita bogʻliqligi isbotlangan. Shuningdek, leksik va mahsuldor morfemik andozalarga asoslangan nomlar iste'molchi tomonidan tezroq qabul qilinishi, aksincha, til tizimiga mos kelmagan sun'iy neologizmlar esa kognitiv mos kelmaslik hodisasini keltirib chiqarishi koʻrsatilgan. Maqolada skriptonimlarning identifikatsiyalash, integratsiya, nazorat va mnemonik kabi ijtimoiy-kommunikativ funksiyalari hamda ularning reklama maydonidagi uch asosiy koʻrinishi tahlil qilinadi.

Downloads

Published

2025-11-19

How to Cite

Nigora, E. (2025). REKLAMA VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA SKRIPTONIMLARNING SEMANTIK XUSUSIYATLARI. Eurasian Journal of Academic Research, 5(11), 68-73. https://doi.org/10.5281/zenodo.17649238
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads