FLEET MANAGEMENT SYSTEMS YORDAMIDA OCHIQ KONLARDA YUK MASHINALARINI EKSKAVATORLARGA DINAMIK TAQSIMLASHNI MODELLASHTIRISH
;
https://doi.org/10.5281/zenodo.18130605Abstrak
Mazkur maqolada ochiq kon ishlarida ekskavator–transport tizimini samarali boshqarish maqsadida Fleet Management Systems (FMS) asosida yuk mashinalarini ekskavatorlarga dinamik taqsimlash masalalari ilmiy asosda modellashtirilgan. Tadqiqot doirasida ekskavatorlarning bandlik darajasi, yuk mashinalarining joylashuvi, yuklanganlik holati, aylanish vaqti hamda navbat kutish davomiyligi kabi asosiy texnologik ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilingan. Ishlab chiqarish kuzatuvlari, matematik modellashtirish va FMS orqali real vaqt rejimida olinadigan raqamli ma’lumotlar asosida yuk mashinalarini statik jadval bo‘yicha emas, balki ishlab chiqarish sharoitlarining o‘zgarishiga mos holda dinamik qayta taqsimlash zarurligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy boshqaruv yondashuvlari ochiq konlardagi o‘zgaruvchan logistika sharoitlarini to‘liq hisobga olmaydi va bu ekskavatorlarning bekor turishiga hamda transport vositalarining ortiqcha navbat kutishiga olib keladi. Taklif etilgan FMS asosidagi dinamik taqsimlash modeli yuk mashinalarining aylanish vaqtini qisqartirish, ekskavatorlardan foydalanish koeffitsientini oshirish va qazib-yuklash jarayonining uzluksizligini ta’minlash imkonini beradi. Modellashtirish natijalariga ko‘ra, yuk mashinalarini real vaqt rejimida optimal taqsimlash orqali transport tizimining umumiy samaradorligini 8–15 % gacha oshirish mumkinligi aniqlangan. Olingan ilmiy natijalar ochiq konlarda raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish, ekskavator–transport tizimini avtomatlashtirish va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, yirik ochiq konlar sharoitida keng qo‘llanilishi mumkin.##submission.downloads##
Nashr qilingan
2026-01-02
Nashr
Bo'lim
Articles
Iqtibos keltirish tartibi
Xusniddin, M. (2026). FLEET MANAGEMENT SYSTEMS YORDAMIDA OCHIQ KONLARDA YUK MASHINALARINI EKSKAVATORLARGA DINAMIK TAQSIMLASHNI MODELLASHTIRISH. Markaziy Osiyo Ko‘p Tarmoqli Tadqiqotlar Va Menejment Tadqiqotlari Jurnali, 3(1), 11-17. https://doi.org/10.5281/zenodo.18130605
Article metrics
Views and PDF downloads
3
Views
0
Downloads