ONLINE O'QUV PLATFORMALARIDAN FOYDALANIB INGLIZ TILINI O'RGATISHDA O'QUVCHI MOTIVATSIYASINI OSHIRISH STRATEGIYALARI
;
https://doi.org/10.5281/zenodo.17703083Abstrak
Mazkur maqolada online o‘quv platformalaridan foydalanish orqali ingliz tilini o‘rgatishda o‘quvchi motivatsiyasini oshirishning zamonaviy pedagogik strategiyalari chuqur yoritilgan. Raqamli ta’lim muhiti bugungi globallashuv jarayonida o‘quvchilarning bilim olish nafaqat ularni imkoniyatlarini kengaytiribgina qolmay, ularning o‘quv faoliyatiga bo‘lgan ichki qiziqishi, o‘zlashtirish sur’atlari va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantiradi. Ushbu ilmiy ishda motivatsiya nazariyalari, raqamli platformalar imkoniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani o‘zgarishi, shuningdek, raqamli texnologiyalarning ta’lim psixologiyasiga ko‘rsatgan ta’siri ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Maqolada platformalarning didaktik funksiyalari, interaktiv mashg‘ulotlar yaratish mexanizmlari, gamifikatsiya elementlaridan foydalanish, moslashtirilgan ta’lim, differensial yondashuv, onlayn baholash tizimlarini, teskari aloqa sifati va o‘quvchi ehtiyojlariga moslashtirilgan ta’lim strategiyalari batafsil yoritildi. Shuningdek, ingliz tilini o‘rgatishda raqamli vositalarning afzalliklari bilan birga cheklovlari, xavflari va ularni bartaraf etish yo‘llarini ham ilmiy asosda ko‘rib chiqildi. Natijada maqola bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri va onlayn ta’lim sharoitida samarali motivatsiya tizimini yaratishning kompleks yondashuvini taklif etadi##submission.downloads##
Nashr qilingan
2025-11-24
Nashr
Bo'lim
Articles
Iqtibos keltirish tartibi
Marxaboxon, R. (2025). ONLINE O’QUV PLATFORMALARIDAN FOYDALANIB INGLIZ TILINI O’RGATISHDA O’QUVCHI MOTIVATSIYASINI OSHIRISH STRATEGIYALARI. Markaziy Osiyo Ko‘p Tarmoqli Tadqiqotlar Va Menejment Tadqiqotlari Jurnali, 2(11, part 2), 156-161. https://doi.org/10.5281/zenodo.17703083
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads