YAPONIYA IQTISODIYOTINING RIVOJLANISHI: IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO'NG (1950-1990)

Mualliflar

  • Nematova, Bahora Muallif
  • Omonboyeva, Zarina Muallif
  • Tog'ayeva, Malika Muallif

;

https://doi.org/10.5281/zenodo.15253807

Abstrak

Ushbu maqolada Yaponiya iqtisodiyotining Ikkinchi Jahon urushidan keyingi tiklanish jarayoni va uning asosiy omillari tahlil qilinadi. Tadqiqot 1950–1990-yillar oralig‘ida Yaponiya iqtisodiyotida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni tahlil qilib, davlat tomonidan sanoatni qo‘llab-quvvatlash, eksportga yo‘naltirilgan strategiya, texnologik taraqqiyot va sifatli ta’lim tizimi kabi omillarning ahamiyatini yoritadi. SWOT tahlili asosida Yaponiya iqtisodiy modelining samaradorligi baholanib, uning jadal rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omillar aniqlanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, uzoq muddatli rejalashtirish va samarali boshqaruv tizimi yapon korporatsiyalarining global bozorda muvaffaqiyat qozonishiga yordam bergan. Shuningdek, davlatning innovatsion texnologiyalarni rag‘batlantirishi mamlakatning raqobatbardoshligini oshirgan. Biroq, bugungi kunda mamlakat demografik muammolar, ayniqsa, aholining qarishi va ishchi kuchining qisqarishi kabi qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Umuman olganda, Yaponiya iqtisodiy modeli nafaqat uning o‘z taraqqiyotini belgilovchi tajriba, balki boshqa davlatlar uchun ham o‘rganishga arziydigan namuna sifatida baholanadi. U iqtisodiy o‘sish va barqarorlikka erishish uchun strategik yondashuv va innovatsiyalarning muhimligini namoyon etadi.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2025-04-21

Iqtibos keltirish tartibi

Bahora, N., Zarina, O., & Malika, T. (2025). YAPONIYA IQTISODIYOTINING RIVOJLANISHI: IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO’NG (1950-1990). Markaziy Osiyo Ko‘p Tarmoqli Tadqiqotlar Va Menejment Tadqiqotlari Jurnali, 4,part 2, 28-35. https://doi.org/10.5281/zenodo.15253807
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads