ARXEOGENETIKA VA SKELET ANTROPOLOGIYASI QADIMGI POPULYATSIYALAR HAYOT TARZINI KOMPLEKS TAHLIL QILISHNING ZAMONAVIY METODLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17592706Abstract
Ushbu maqolada arxeogenetika va skelet antropologiyasi fanlarining integratsiyasi orqali qadimgi populyatsiyalar hayot tarzi, sog‘liq holati, migratsion yo‘nalishlari hamda madaniy evolyutsiyasini o‘rganishning zamonaviy metodlari tahlil qilinadi. Maqolada inson qoldiqlarining osteologik, izotopik va DNK tahlillari asosida o‘tmishdagi iqlim, oziqlanish, kasalliklar va ijtimoiy tuzilma haqidagi ilmiy xulosalar keltiriladi. Arxeogenetika qadimgi DNK tahliliga asoslanib, populyatsiyalar o‘rtasidagi genetik aloqalar, etnik shakllanish va tarixiy migratsiyalarni aniqlash imkonini beradi. Skelet antropologiyasi esa inson suyaklari orqali biologik va ijtimoiy tafovutlarni aniqlaydi. Ushbu fanlarning uyg‘un qo‘llanilishi arxeologiya va biologiyaning kesishgan nuqtasida yangi tadqiqot yo‘nalishini bioarxeologik kompleks tahlilni shakllantirgan. Maqolada tarixiy manbalar, zamonaviy statistik ma’lumotlar, shuningdek, O‘zbekiston va jahon miqyosidagi arxeogenetik tadqiqotlar natijalari tahlil qilinadi. Natijada, arxeogenetika insoniyat tarixini rekonstruksiya qilishda eng samarali fanlardan biri sifatida baholanadi.Downloads
Published
2025-11-12
Issue
Section
Articles
How to Cite
Mo'tabaroy, Q., & Bobirjon, X. (2025). ARXEOGENETIKA VA SKELET ANTROPOLOGIYASI QADIMGI POPULYATSIYALAR HAYOT TARZINI KOMPLEKS TAHLIL QILISHNING ZAMONAVIY METODLARI. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(11), 181-185. https://doi.org/10.5281/zenodo.17592706
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads