O‘ZBEKISTONDA ULGURJI SAVDO KORXONALARIDA CRM TIZIMLARIDAN FOYDALANISHNING HOZIRGI HOLATI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Vol. 3 No. 8 (2026): Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 37-46
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston ulgurji savdo korxonalarida mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (CRM) tizimlaridan foydalanishning nazariy asoslari, jahon amaliyoti va milliy xususiyatlari tahlil qilingan. Ulgurji savdo sohasining raqamlashtirilish darajasi, korxonalar sonining tarkibiy taqsimoti, savdo tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymatdagi ulushi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlari asosida ko‘rib chiqilgan. Muallif CRM tizimlarining operatsion, analitik va kollaborativ turlarini tasniflab, ularning ulgurji savdo korxonalari faoliyatidagi amaliy qo‘llanilish yo‘nalishlarini ochib bergan, shuningdek, mavjud muammolar (kadrlar tayyorgarligi, dasturiy ta’minotning yuqori narxi, ma’lumotlar xavfsizligi) va rivojlanish istiqbollarini (sun’iy intellekt bilan integratsiya, mahalliy dasturiy yechimlar, bulutli texnologiyalar) tizimli tarzda taqdim etgan.
Readership
Downloads
Published
Issue
Section
How to Cite