YOSHLAR ORASIDA BIRINCHI MARTA STENOKARDIYA ANIQLANGANDA KARDIOMETABOLIK OMILLAR VA SIMPATO-ADRENAL TIZIM FUNKSIONAL BUZILISHLARI O'RTASIDAGI O'ZARO BOG'LIQLIK VA RIVOJLANISH PROGNOZI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18333637Abstract
Mazkur maqolada yoshlar orasida birinchi marta stenokardiya aniqlanganda kardiometabolik omillar va simpato-adrenal tizim funksional buzilishlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik o‘rganilgan. Tadqiqot kliniko-biokimyoviy va neyrogormonal yondashuv asosida olib borilib, Andijon viloyatida yashovchi 19–44 yoshdagi 20 nafar bemor o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, stenokardiya bilan kasallangan yosh bemorlarda insulinga rezistentlik, dislipidemiya, giperurikemiya, ortiqcha tana massasi va katexolaminlar (adrenalin, noradrenalin) darajasining oshishi o‘zaro chambarchas bog‘liq. Ushbu o‘zgarishlar simpato-adrenal tizimning gipertonik holatga o‘tishiga, yurak ishemik kasalligini erta rivojlanishiga va metabolik disbalansning chuqurlashishiga olib keladi. Olingan natijalar stenokardiyaning erta prognozida kardiometabolik va neyrogormonal markerlarni baholash zarurligini ko‘rsatadi.Downloads
Published
2026-01-22
Issue
Section
Articles
How to Cite
Faxriddin, I., Hursandbek, E., & Dilhushbek, A. (2026). YOSHLAR ORASIDA BIRINCHI MARTA STENOKARDIYA ANIQLANGANDA KARDIOMETABOLIK OMILLAR VA SIMPATO-ADRENAL TIZIM FUNKSIONAL BUZILISHLARI O’RTASIDAGI O’ZARO BOG’LIQLIK VA RIVOJLANISH PROGNOZI. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 3(1), 74-76. https://doi.org/10.5281/zenodo.18333637
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads