GIDROSEFALIYANING PATOGENEZI VA ZAMONAVIY NEYROXIRURGIYA DAVOLASH YONDASHUVLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17695669Abstract
Maqolada gidrosefaliya kasalligiga zamonaviy tibbiy va neyroxirurgik nuqtayi nazardan yondashilgan. Ushbu kasallik markaziy asab tizimi faoliyatining buzilishi bilan kechib, miya qorinchalarida va subaraxnoidal bo‘shliqlarda miya suyuqligining likvor me’yordan ortiqcha to‘planishi natijasida vujudga keladi. Natijada miya bosimi oshib, neyron hujayralarda ishemik va degenerativ jarayonlar rivojlanadi. Maqolada gidrosefaliyaning asosiy etiologik omillari, rivojlanish mexanizmlari, morfologik o‘zgarishlari hamda kasallikni tashxislashda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar tahlil qilingan. Shuningdek, ventrikulo-peritoneal shunt, endoskopik uchinchi ventrikulostomiya ETV va mikroinvaziv neyroxirurgik operatsiyalar kabi davolash usullarining afzalliklari va klinik natijalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari gidrosefaliyaning erta tashxisi, kompleks davolash choralari va reabilitatsiya muolajalarining ahamiyatini ko‘rsatadi.Downloads
Published
2025-11-24
Issue
Section
Articles
How to Cite
Shahnoza, E., & Mirzoulug'bek, T. (2025). GIDROSEFALIYANING PATOGENEZI VA ZAMONAVIY NEYROXIRURGIYA DAVOLASH YONDASHUVLARI. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(11, part 2), 148-151. https://doi.org/10.5281/zenodo.17695669
Article metrics
Views and PDF downloads
3
Views
0
Downloads