«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2026-02-02

THE ROLE OF PERCEPTIVE-REFLECTIVE AND AUTOPSYCHOLOGICAL COMPETENCE IN THE PROFESSIONAL FORMATION OF FUTURE TEACHERS

This article explores the psychological and acmeological characteristics of the professional training process of future teachers. The study analyzes the perceptive-reflexive abilities, emotional reactions, and communication culture of the future specialist’s personality. Furthermore, based on scientific sources, the mechanisms of forming a professional "Self-image" through the level of self-esteem, internal motivation, and autopsychological competence of the future teacher are extensively covered.

Ramazan Sarsenbaev

4-6

2026-01-31

STRESS VA UNING NERV HAMDA ENDOKRIN TIZIMGA TA’SIRI

Ushbu maqolada stressning inson organizmiga ta’siri, ayniqsa nerv va endokrin tizimlar faoliyatidagi o‘zgarishlar ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. Stress organizmning tashqi va ichki noqulay omillarga nisbatan moslashuv javobi bo‘lib, uning asosiy mexanizmlari markaziy nerv tizimi va gormonal boshqaruv orqali amalga oshadi. Maqolada gipotalamus–gipofiz–buyrak usti bezlari o‘qi (HPA o‘qi), kortikotropin-relizing gormon, adrenokortikotrop gormon, kortizol hamda katexolaminlarning fiziologik va patofiziologik roli yoritiladi. Shuningdek, surunkali stress sharoitida neyroendokrin regulyatsiya buzilishi, gomeostazning izdan chiqishi, metabolik jarayonlar o‘zgarishi va stress bilan bog‘liq somatik hamda psixosomatik kasalliklar rivojlanish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Stressning qisqa muddatli adaptiv ta’siri va uzoq davom etuvchi stressning patologik oqibatlari ilmiy nuqtayi nazardan asoslab beriladi. Olingan ma’lumotlar umumiy tibbiyot amaliyotida stressni baholash, oldini olish va nazorat qilish muhimligini ko‘rsatadi.

Xalimjonova Zilolaxon

7-10

2026-01-31

TURISTIK KORXONALAR INNOVATSION FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISHNING MOLIYAVIY MEXANIZMINING NAZARIY JIHATLARI

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi, raqamli transformatsiya jarayonlarining jadallashuvi hamda xizmatlar bozorida raqobatning keskinlashuvi turizm sohasini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazishni talab etmoqda. Turizm bugungi kunda ko‘plab mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning muhim qismini shakllantiruvchi, bandlikni ta’minlovchi va hududiy rivojlanishni rag‘batlantiruvchi strategik tarmoqlardan biri hisoblanadi. Shu bois turistik korxonalar faoliyatida samaradorlikni oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash, yangi turistik mahsulotlar yaratish va bozor talabiga moslashish innovatsion faoliyatni tizimli ravishda tashkil etishni taqozo etadi.

Ruzibayeva Nargiza Xakimovna

11-15

2026-01-31

FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONANING ROLI

Mazkur maqolada farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni va mas’uliyati yoritilgan. Ota-onaning shaxsiy namunasi, oilaviy muhit va tarbiyaviy yondashuvlari bolaning axloqiy, ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishiga bevosita ta’sir etishi tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy jamiyatda ota-onalik madaniyati, kommunikativ ko‘nikmalar va emotsional qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, farzandning muvaffaqiyatli shakllanishida ota-onaning ijobiy ibrati va mehr-muhabbatli munosabati hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Hojiboyeva Fotima Zafarjon qizi

16-18

2026-01-31