XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI ISHTIROKIDA O‘ZBEKISTONDA ASOSIY KAPITALGA INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISH
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Abstrak:
Global iqtisodiy barqarorlik zamonaviy dunyo taraqqiyotining asosiy shartlaridan biri sanaladi. Iqtisodiy barqarorlik investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga zamin yaratadi. Shu jarayonda xalqaro moliyaviy institutlarning o‘rni beqiyosdir. Ularning qanchalik ahamiyatli ekanligig prezidentimizning bu boradagi tashbbuslari yorqin misol bo‘la oladi. Ya`ni, O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga 2017 yil 18-20 sentabr kunlari amalga oshirilgan tashrifi nafaqat mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea bo‘ldi, balki Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalari, xalqaro moliya institutlari hamda qator xorijiy davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi.
