«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2025-10-14

AVLONIY ASARLARIDA SHAXS MA’NAVIY KAMOLOTI VA UNING TA’LIM TIZIMIDAGI TALQINI

Tadqiqot Abdulla Avloniy merosida shaxs ma’naviy kamoloti g‘oyasining mazmuni va uning hozirgi ta’lim tizimidagi talqinini yoritadi. Tadqiqotda “Turkiy guliston yoxud axloq” hamda “Birinchi muallim” asarlari tarixiy-pedagogik kontekstda sharhlanib, ma’naviy kamolotni bilim, amal va xulq birligi sifatida tushuntiruvchi konseptual asoslar tahlil qilinadi. Vygotskiy va Dyui qarashlari bilan matnlararası qiyosiy yondashuv, shuningdek kompetensiyaviy model, formatif baholash va ijtimoiy-emotsional o‘qitish talablari bilan integratsiya yo‘llari ko‘rsatildi. Natijalarga ko‘ra, Avloniy muallim shaxsiy namunasi, nutq va muloqot madaniyati, mehnat va jamoatchilikka foyda keltirish tamoyillari orqali o‘quvchi ichki rag‘batini mustahkamlash, vijdoniy refleksiya va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishni asosiy yo‘nalish sifatida belgilaydi. Mazkur yondashuv hozirgi dasturlarda fuqarolik, kommunikativ va raqamli etik kompetensiyalarni shakllantirishga mos keladi va ta’lim siyosati, maktab madaniyati hamda o‘qituvchi malakasi uchun amaliy yo‘l-yo‘riqlar taklif etadi.

Ashurova Madina Isroil qizi

4-6

2025-10-13

SURVEY AND ASSESSMENT OF NOISE AND VIBRATION LOADS

The article reviews the methods of examination and assessment of noise and vibration exposure in various working environments. It presents hygienic standards, physiological effects of noise and vibration on the human body, methods of instrumental measurements, and preventive measures to reduce their harmful influence. Special attention is given to the hygienic assessment of noise and vibration at workplaces and in residential areas.

V.K. Yan , D.R. Rezyapova , X.M. Umarova

7-9

2025-10-13

TRAUMATIC SHOCK

This article provides a comprehensive review of traumatic shock, one of the most severe and life-threatening complications of injury. It describes the causes, etiology, and pathogenesis of this condition, focusing on physiological mechanisms leading to circulatory failure, tissue hypoxia, and metabolic disturbances. The paper also analyzes the classification of traumatic shock, clinical manifestations, diagnostic features, and modern approaches to treatment and prevention. Understanding the mechanisms of traumatic shock is essential for timely medical intervention and improved patient survival.

B.M. Mansurov , D.R. Rezyapova , X.M. Umarova

10-12

2025-10-13

18-89 YOSHLI ERKAKLAR POPULYATSIYASIDA ICHI VA IICHI SKRINING MA’LUMOTLARI BO‘YICHA ARTERIAL GIPERTENZIYANI TARQALISHI DINAMIKASI

XX asr oxirlaridan boshlab yurak-qon tomir kasalliklaridan bo‘layotgan o‘lim sur’atini oshib borganligi va keskinlashib o‘zgarishlar bilan ifodalanganligi ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan tasdiqlanib ko‘rsatilgan.

Mamasaliev N.S., Qalandarov D.M., Mamasaliev Z.N., Usmonov B.U., Umarova M.B.

13-16

2025-10-14

ЭФФЕКТИВНОСТЬ НЕЙРОВИЗУАЛИЗАЦИОННЫХ МЕТОДОВ (КТ И МРТ) В РАННЕЙ ДИАГНОСТИКЕ ЗАКРЫТЫХ ЧЕРЕПНО-МОЗГОВЫХ ТРАВМ У ДЕТЕЙ

Черепно-мозговая травма у детей является одной из наиболее частых причин экстренной госпитализации и занимает ведущие позиции среди факторов детской смертности и инвалидизации. Особенностью педиатрической практики является то, что клинические проявления у детей нередко носят стёртый и неспецифический характер — такие симптомы, как раздражительность, кратковременная потеря сознания или повторная рвота, могут как сопровождать лёгкую травму, так и скрывать серьёзное повреждение мозга. В этой связи особую значимость приобретают современные методы нейровизуализации, которые позволяют своевременно выявить патологические изменения и предупредить развитие тяжёлых осложнений.

Бафоев Ҳаётжон , Таджиев Мирхотам

17-18

2025-10-14

PEDAGOGIK TA’LIMDA KASBIY MOBILLIKNING MUHIM JIHATLARI

Hozirgi vaqtda ta’lim tizimi va elektron ma’lumotlar bazasi hamda keng ko‘lamli ma’lumotlar asosida aholi ma’lum bir bilimga ega  bo‘lmoqda. Talaba-muhandislar nafaqat universitetda o‘qishga, balki ish joylarida ham har qachongidan ham ko‘proq amaliyot o‘tashga intilyaptilar, chunki o‘qishni kasbiy mobillik bilan integratsiya qilish talabalar bilimi va amaliyot tajribasini oshirishning asosiy mezonidir. Shu sababli, qishloq xo'jaligida talaba-muhandislarning kasbiy mobilligini oshirish uchun integratsiyalashgan ta'limning pedagogik metodologiyasi zarurdir. Bundan tashqari, kelajakda kerakli mutaxassis bo'lish uchun kasbiy mobillik bilan universitetda tahsil olish zarurdir. Hozirgi kunda kasbiy mobillikning pedagogik ta’limda tadbiq qilinishi zarurati sezilmoqda.

Xidirova Muhabbat Murodillayevna

19-21

2025-10-14

INKLYUZIV TA’LIM MUASSASALARIDA LOGOPEDIK ISHNI TASHKIL ETISH

Bugungi kunda ta’lim sohasida inklyuziv yondashuvning jadal rivojlanishi, barcha o‘quvchilarning teng huquqli va sifatli ta’lim olishini ta’minlashga qaratilgan global tendensiyalarni aks ettirmoqda. Inklyuziv ta’lim muassasalari o‘z navbatida, o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ularning kognitiv, ijtimoiy va kommunikativ salohiyatini to‘liq rivojlantirishga xizmat qiladi. Bunday sharoitda logopedik ishni tashkil etish, ayniqsa nutq buzilishlari bilan yuzma-yuz kelgan bolalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi, chunki nutq – shaxsning atrof-muhit bilan samarali muloqot qilishining asosiy vositasi sifatida, uning ijtimoiy faolligi va akademik muvaffaqiyati uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Shu sababli, inklyuziv muhitda logopedik yordamning samarali tashkil etilishi pedagogik, psixologik va ijtimoiy nuqtai nazardan integrativ yondashuvni talab etadi.

Maxmudova Dildora Tursunovna, Utbosarova Umida

22-24

2025-10-14

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O‘Z-O‘ZINI ANGLASH VA “MEN” KONSEPSIYASINING SHAKLLANISHI

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z-o‘zini anglash va “Men” konsepsiyasining shakllanishi bilan bog‘liq dolzarb muammolar yoritilgan. Bola shaxsining rivojlanishida o‘z-o‘zini anglash, baholash, ijtimoiy muhit bilan o‘zaro munosabatlar va o‘yin faoliyatining tutgan o‘rni chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, bola o‘zini anglashda kattalar bilan bo‘ladigan munosabatlar, tajriba, o‘zini hurmat qilish va o‘ziga bo‘lgan ishonchning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot davomida Erikson nazariyasi asosida bolalarning o‘z-o‘zini anglash jarayoni hamda bu jarayonning ularning shaxsiyati va psixologik tayyorgarligiga ta’siri ochib berilgan. Maktabgacha ta’limda o‘z-o‘zini anglashni rivojlantirish bo‘yicha pedagogik tavsiyalar ham berilgan.

Safarova Ozoda Alisher qizi, Abdulazizova Nigina Faxriddin qizi

25-27

2025-10-15

BOSHLANG‘ICH TA’LIM: MAZMUNI, AHAMIYATI VA ZAMONAVIY RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limning nazariy va amaliy jihatlari, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni batafsil ko‘rib chiqiladi. Boshlang‘ich ta’limdagi asosiy pedagogik tamoyillar, innovatsion metodlar va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari tahlil qilinadi. Maqola yosh avlodni sifatli ta’lim bilan ta’minlash va ularni har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuvlarni yoritishga qaratilgan.

Safarova Ozoda Alisher qizi, Abdulazizova Nigina Faxriddin qizi

28-30

2025-10-15

THE MEDICAL AND EPIDEMIOLOGICAL SIGNIFICANCE OF THE RELEVANCE AND NECESSITY OF CLINICAL LABORATORY DIAGNOSTICS OF HEREDITARY GENETIC DISEASES

In addition to reducing the need for more intrusive and costly testing, early detection of a rare disease can also lessen the psychological toll that living with an unidentified illness takes on patients and their families.  Finding the underlying genetic problem may also be a useful screening method that makes it possible to find carriers, asymptomatic people, and symptomatic people.  Both benign and malignant illness secondary prevention greatly benefits from this. For hereditary genetic illnesses, clinical laboratory diagnostics are essential because of their medical and epidemiological importance in facilitating early diagnosis, treatment, and detection, which enhances patient outcomes and guides public health initiatives [1,2].  In the medical field, diagnostics advise preventative measures for patients and their families, confirm or rule out a diagnosis, enable individualized treatment regimens, and forecast future risks for diseases like cancer and heart disease.  In terms of epidemiology, this testing makes it possible to identify people that are at risk, monitor the occurrence of diseases, and carry out focused public health initiatives. The main purpose of the presented manuscript is to analyze, on the basis of authoritative scientific literature, the medical and epidemiological significance of the relevance and necessity of clinical laboratory diagnostics of hereditary genetic diseases [3,4].

Sherali Abdurakhimov, Abdumalik Aripov , Zumrad Kurbanova , Bakhriddin Mukhammadjonov

31-32

2025-10-15

TA’LIM VA SOG‘LIQNI SAQLASH MUASSASALARIDA BUDJET DAN TASHQARI MABLAG‘LARDAN FOYDALANISHNING MILLIY VA XORIJIY TAJRIBALARI

Maqolada ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida budjetdan tashqari mablag‘lardan foydalanishning milliy va xorijiy tajribalari tahlil qilinadi. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Eron, Bangladesh va boshqa mamlakatlarning sog‘liqni saqlash hamda ta’lim sohalarida budjetdan tashqari moliyalashtirish tajribalari tahlil qilinadi.

Boymirzayev Qobiljon Yoqubjon o'g'li

33-35

2025-10-15

SANOAT KORXONALARINI MODERNIZATSIYALASHTIRISHDA KAPITAL QO‘YILMALARNI JALB ETISH HOLATINI TAHLILI

Sanoat tarmoqlarida faoliyat ko’rsatuvchi korxonalar davlatga tegishli bo’lgan sobiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitlarida investitsiyalarning asosiy manbai davlat (byudjet) mablag’laridan tashkil topar edi. Garchi o’sha sharoitlarda ham jamg’arma fondlar - asosiy investitsion manbalar korxonalar foydasi (daromadi) hisobiga amalga oshirilgan bo’lsada, korxonalarning mablag’larni qaerdan olish va qaerga joylashtirish to’g’risida “boshi” og’rimas edi. Qo’shimcha manba sifatida korxonalarning amortizatsiya fondi xizmat qilardi.

Omonov Sobir Ochilovich

36-40

2025-10-16

VERTEBROGEN ETIOLOGIYALI BEL-DUMG’AZA SOHALARIDA OG’IRIQLAR KUZATILGAN BEMORLARDA KOMPLEKS DAVO QO’LANGANIDA SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Umurtqa disk churralarida bel-dumg’aza og’riqlarining  kompleks davolash usulini baxolash

Rahimbayeva G.S., Musayeva Y.A., Abduqaxxorov S.B.

41-42

2025-10-16

NEFT VA GAZ QUDUQLARINI MAHSULDORLIGINI OSHIRISH USULLARI

Neft va gaz konlarini samarali ishlatish jarayonida quduqlarning mahsuldorligini oshirish dolzarb masalalardan biridir. Quduq mahsuldorligi qatlamning tabiiy xususiyatlari, bosim rejimi va ishlatish texnologiyalariga bevosita bog‘liq. Quduqlarning mahsuldorligini oshirishda quyidagi usullar keng qo‘llaniladi

G’iyasov Shuhrat Safar o’g’li , Shodmonqulov Asilbek Ochilboy o’g’li

43-44

2025-10-16

ЧАСТОТА РАСПРОСТРАНЕННОСТИ И ДИНАМИКА ВЕГЕТАТИВНОГО КРИЗА У БЕРЕМЕННЫХ ВЗАВИСИМОСТИ ОТ ВОЗРАСТА

Гипертензивные расстройства у беременных занимают ведущее место среди наиболее распространенных и важных заболеваний и синдромов сосудистой системы. Значимость этой проблемы определяется тем, что беременность у женщин с гипертензивными состояниями часто сопровождается тяжелыми нарушениями здоровья и даже смертью матери (в некоторых странах до 40%), высоким уровнем детской и перинатальной заболеваемости и смертности, а также рядом акушерских осложнений [2].

Кузиева Г.А., Мамасалиев Н.С., Асранкулова Д.Б., Мамасалиев З.Н., Адилова Г.Р.

45-46

2025-10-16

JADID PEDAGOGIK QARASHLARINING ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIDAGI METODIK AHAMIYATI

Maqolada o‘zbek jadidchilik harakati vakillarining pedagogik qarashlari, ularning tarbiya, ta’lim va metodik faoliyatga oid ilg‘or g‘oyalari tahlil qilinadi. Jadidlar ilgari surgan “yangicha o‘qitish”, “milliy uyg‘onish” va “ma’rifat orqali taraqqiyot” konsepsiyalari bugungi ta’lim islohotlari bilan uyg‘unlikda o‘rganiladi. Maqolada jadidlarning metodik yondashuvlari zamonaviy ta’lim tizimi bilan taqqoslab, ularning amaliy ahamiyati asoslanadi.

Qlicheva Go'zal Chorshanbiyevna

47-49

2025-10-16

AXLOQIY TANLOV VA MAS’ULIYAT: O‘TKIR HOSHIMOVNING ‘DUNYONING ISHLARI’ ASARINI KEYS-STADI USULIDA O‘QITISH

Mazkur tezisda umumta’lim maktablarida O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarini axloqiy tanlov va shaxsiy mas’uliyat kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida keys-stadi (case study) usulida o‘qitishning nazariy va amaliy asoslarini yoritadi. Tadqiqot konstruktivizm, sotsiokultural o‘rganish, dialogik ta’lim va tajribaviy o‘qitish konsepsiyalariga tayanadi; asardagi axloqiy dilemmalar bilan ishlash orqali o‘quvchilarda dalillangan talqin, empatiya, refleksiya va fuqarolik mas’uliyati ko‘nikmalari shakllanishi ko‘rsatib beriladi. Sinov darslari dizaynida muammoli vaziyatlar, personajlar qarorlarining oqibatlari va muallif pozitsiyasini anglashga yo‘naltirilgan savol-yo‘naltirish, kichik guruh muloqoti, “nuqtai nazarlar xaritasi”, reflektiv esse hamda portfel-baholashdan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, keys-stadi yondashuvi o‘quvchilarni matnni fakt va sitatalar asosida talqin qilishga, qadriyatlar to‘qnashuvi sharoitida muqobil yechimlar ishlab chiqishga hamda shaxsiy hayotiy tajribasini adabiy matn bilan bog‘lashga undaydi. Ushbu yondashuv adabiyot darsini bilimlar reproduksiyasidan muloqot va qaror qabul qilish laboratoriyasiga aylantirib, axloqiy fikrlashni amaliy ko‘nikmaga transformatsiya qiladi.

Mardonova Sevinchxon Zoyirjon qizi

50-52

2025-10-20

OʻZBEKISTON SSRDA MEHNAT MIGRATSIYASI VA ISHCHI KUCHI SIYOSATI HOLATI (1945-1985 YILLAR)

Sovet Ittifoqining markazlashgan iqtisodiy rejasi va siyosiy nazorati bilan belgilanadigan murakkab jarayon boʻlgan. Bu davrda Oʻzbekiston bir vaqtning oʻzida ham ichki migratsiya, ham SSSRning boshqa respublikalaridan tashqi migratsiya oqimlariga duch kelgan. Siyosat va uning taʼsiri quyidagicha xarakterlanadi: Tashqi migratsiya: Sanoatni rivojlantirish uchun chetdan ishchi kuchi olib kelishRusiyzabon mutaxassislar va ishchilar: 1960–1980-yillarda Sovet hukumati sanoatni rivojlantirish va texnologik modernizatsiyani jadallashtirish maqsadida Rossiyaning rusiyzabon mutaxassislari va ishchilarini Oʻzbekistonning sanoat markazlariga strategik ravishda koʻchirgan.

Xamidov Shukurullo Muqimjon o‘g‘li

53-57

2025-10-20

O’QUVCHILAR SOG’LOM TURMUSH TARZI JISMONIY MADANIYATI MAZMUNIGA KIRUVCHI ORGANIZMDAGI FUNKTSIONAL JARAYON, TAJRIBALAR VA SOTSIOLOGIK TADQIQOTLAR

maqolada o’quvchilar sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyati mazmuniga kiruvchi organizmdagi funktsional jarayon, tajribalar va sotsiologik tadqiqotlar berilgan.

Musayev Zarifjon Tursunaliyevich

58-61

2025-10-20

ISHSIZLIKNING PSIXOLOGIK OMILLARI

Ishsizlikni tahlil qilishda psixologik yondashuv shaxsning ichki holatiga, uning hissiy reaktsiyalariga, kognitiv munosabatlarga va ishdan bo'shatilgan vaziyatdagi xatti-harakatlar strategiyalariga qaratilgan. Psixologik nuqtai nazardan, ishsizlik insonning aqliy va ijtimoiy faoliyatida jiddiy o'zgarishlarga olib kelishi mumkin bo'lgan stressli hodisadir. Ishni yo'qotish asosiy psixologik ehtiyojlarning buzilishi bilan birga keladi: xavfsizlik (iqtisodiy beqarorlik), ijtimoiy tegishlilik (jamoa, ijtimoiy aloqalarni yo'qotish), tan olish (o'zini o'zi qadrlash, maqomning pasayishi) va o'zini o'zi anglash (kasbiy rivojlanishning to'xtatilishi)

 

J.B.Jabborov

62-63

2025-10-20

GADJETLARGA QARAMLIKNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI VA SALBIY OQIBATLARI

Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda keng tarqalgan muammo — gadjetlarga psixologik qaramlikning shakllanish mexanizmlari, uning shaxs ruhiy holatiga, emotsional barqarorlikka va ijtimoiy xulq-atvorga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda psixologik qaramlik tushunchasining nazariy asoslari, uning motivatsion, kognitiv va affektiv komponentlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, o‘smirlar va yoshlarning gadjetlardan ortiqcha foydalanishi natijasida paydo bo‘ladigan psixologik disbalans, ijtimoiy izolyatsiya, diqqatning pasayishi, depressiv holatlar va real muloqot ko‘nikmalarining zaiflashuvi kabi oqibatlar misolida muammo yoritiladi. Maqolada psixoprofilaktika va psixokorreksiya usullarining ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tiladi.

Akramova Gulrux Alihanovna

64-66

2025-10-20

TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA MARKETING STRATEGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH

Mazkur maqolada ta’lim tizimini rivojlantirish jarayonida marketing strategiyalaridan samarali foydalanishning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati yoritiladi. Xususan, Xorazm viloyati misolida ta’lim muassasalarida marketing yondashuvlari, ularning raqobatbardoshlikni oshirishdagi o‘rni va ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida 4P va 7P marketing modellari, brending, raqamli marketing va CRM tizimlarining ta’lim sohasidagi qo‘llanishi o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ta’lim muassasalari marketingdan foydalanmagan holda abituriyentlar oqimini yo‘qotishi, brend va imij shakllantirishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Yakunda ta’lim tizimida marketing bo‘limlarini tashkil etish va raqamli kommunikatsiyani kuchaytirishga doir takliflar bildirildi.

Rashidov Saidislom

67-71

2025-10-20

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA IJTIMOIY TARMOQLARDA XUSHMUOMALILIKNING QO‘LLANILISHIDAGI O‘XSHASH VA FARQLI JIHATLAR

Globallashuv va raqamli kommunikatsiyaning rivojlanishi natijasida xushmuomalilik (politeness) kategoriyasi yangi ijtimoiy-lingvistik kontekst — ijtimoiy tarmoqlar diskursida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lmoqda. An’anaviy yuzma-yuz muloqotdan farqli ravishda, raqamli muhitda xushmuomalilik verbal, yozma, vizual hamda paralingvistik vositalarning o‘zaro uyg‘unligi asosida shakllanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning nutqiy xulqi ularning madaniy qadriyatlari, kommunikativ niyatlari va ijtimoiy maqomlarini aks ettiradi. Shu sababli, ingliz va o‘zbek tillarida xushmuomalilik strategiyalarining tarmoqlarda qo‘llanishini tahlil qilish madaniyatlararo pragmatikaning dolzarb yo‘nalishlaridan biri sanaladi [Brown & Levinson, 1987; Haugh, 2015].

Madina Abdullazoda

72-74

2025-10-20

YEVROPA VA O‘ZBEKISTON TA’LIM FALSAFASI: QADRIYAT VA METODOLOGIK YONDASHUVLAR QIYOSI

Ushbu maqolada Yevropa va O‘zbekiston ta’lim falsafasining tarixiy shakllanish jarayoni, qadriyat tizimi hamda metodologik asoslari qiyosiy tahlil qilinadi. Ta’lim falsafasi shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi ma’naviy-intellektual aloqalarni ifoda etuvchi nazariy yo‘nalish bo‘lib, uning mazmuni milliy qadriyatlar bilan global tamoyillar uyg‘unligida shakllanadi. Yevropa ta’lim falsafasi inson markaziyligi, tanqidiy fikrlash, sekulyar va kompetensiyaga asoslangan yondashuv bilan tavsiflansa, O‘zbekiston ta’lim falsafasi milliy-ma’naviy qadriyatlarga, komil inson g‘oyasiga va integratsion tamoyillarga asoslanadi. Tadqiqotda falsafiy-metodologik, tarixiy-komparativ va aksiologik tahlil uslublari qo‘llanildi.

Karimov Zafarbek Ataboyevich

75-77

2025-10-20

G‘ARB TA’LIM FALSAFASIDA INDIVIDUALIZM VA INSON HUQUQLARI TAMOYILLARI

Ushbu maqolada G‘arb ta’lim falsafasining asosiy qadriyati bo‘lgan individualizm va inson huquqlari tamoyillari tahlil qilinadi. Individualizm g‘oyasi insonning o‘zligini, erkin tafakkurini, tanlov erkinligini e’tirof etgan holda ta’limni shaxsga yo‘naltirishni nazarda tutadi. Inson huquqlari esa ta’lim jarayonida adolat, tenglik va inson sha’nini hurmat qilishni falsafiy asos sifatida belgilaydi. Maqolada Jon Lokk, Imanuel Kant, Jon Styuart Mill, Jon Dyui va Marta Nussbaum kabi G‘arb mutafakkirlarining qarashlari tahlil qilinib, zamonaviy demokratik ta’lim tizimlarining gumanistik yo‘nalishi falsafiy nuqtai nazardan sharhlanadi.

Karimov Zafarbek Ataboyevich

78-80

2025-10-20

O‘SMA (RAK, SARATON) KASALLIGI

Hozirgi davrda insoniyat salomatligiga tahdid solayotgan eng og‘ir kasalliklardan biri bu – o‘sma (rak yoki saraton) kasalligidir. Ushbu kasallik organizmda hujayralarning nazoratsiz o‘sib, bo‘linish jarayonining buzilishi natijasida sog‘lom to‘qimalarni siqib chiqaruvchi o‘sma shakllanishi bilan tavsiflanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyoda o‘n millionlab odamlar saraton tashxisi bilan ro‘yxatga olinadi va bu kasallik o‘limning eng keng tarqalgan sabablaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida ham onkologik kasalliklarning erta tashxisini qo‘yish va profilaktikasini kuchaytirish maqsadida maxsus milliy dasturlar amalga oshirilmoqda.

Almatova Gulsanam, Oxunova Husnida

81-82

2025-10-20

PRIORITY ASPECTS OF DIGITAL TRANSFORMATION OF BANKS AND DIGITIZATION OF BANKING SERVICES

Today, the process of transforming the banking system has become one of the most relevant aspects in the banking system. Therefore, during the study, extensive scientific research was conducted within the scope of the topic. In particular, other research works on the topic, the views of domestic and foreign scientists, scientific articles, and priority aspects of digital transformation of banks were widely applied.

Bekzod Murotov

83-90

2025-10-20

CHAKANA BANK XIZMATLARINI RAQAMLASHTIRISHNING XORIJ TAJRIBASI

Xalqaro tajribada bank xizmatlarini raqamlashtirish — ya’ni analog (ofisga tashrif, kertasimon hujjatlar) shakldan onlayn, mobil va platform asosida xizmat ko‘rsatishga o‘tish — banklar hamda moliya tizimida muhim o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Ushbu maqolada banklarning raqamli transformatsiyasi bosqichlari, xorijiy tajribada yuzaga kelgan asosiy omillar, imkoniyatlar hamda xavf-xatarlar tahlil qilinadi. Shuningdek, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi bank raqamlashtirishining solishtirma jihatlari ko‘rib chiqiladi. Xorij tajribasidan olingan saboqlarni O‘zbekistondagi bank sektoriga tatbiq etish imkoniyatlari ham muhokama qilinadi.

Murotov Bekzod Normamatovich

91-94

2025-10-20

THE LITERARY REPRESENTATION OF GENDER EQUALITY ISSUES: TYPOLOGY OF THE FEMALE IMAGE IN 21ST-CENTURY UZBEK AND ENGLISH LITERATURE

This thesis analyzes how the issue of gender equality is represented in literary works of the 21st century through the typology of female images in English and Uzbek literature. The main focus is on the contradictions between the roles of female characters, legal and cultural restrictions, patriarchal stereotypes, and tendencies toward liberalization, as well as the influence of literary genres and socio-political contexts. By employing a comparative analysis method, similarities and differences in English and Uzbek literature are identified.

Madina Buriyeva , Saidakhon Mamatkulova

95-98

2025-10-20

IMPLEMENTATION OF ICGN PRINCIPLES INTO UZBEK JOINT-STOCK COMPANIES: THE CASE OF DORI-DARMON JSC

This paper analyzes the implementation of the International Corporate Governance Network (ICGN) Principles into the corporate governance system of Uzbek joint-stock companies, with a focus on the pharmaceutical enterprise Dori-Darmon JSC. The study identifies the alignment between ICGN’s global governance standards and Uzbekistan’s national reforms since 2015, particularly through the Presidential Decree No. PQ-4720 and the Corporate Governance Code. A comparative analysis demonstrates the gradual institutionalization of transparency, shareholder rights, board accountability, and executive remuneration standards in Dori-Darmon JSC. The results indicate that Uzbekistan’s corporate governance system is evolving toward global best practices, though further progress is required in independent board oversight, sustainability reporting, and investor engagement.

Matyoqubjon Abduraxmonov , Kamoliddin Davlatyorov

99-103

2025-10-20

"MA'NAVIYATSHUNOSLIK VA AXLOQSHUNOSLIK KATEGORIYALARINING O'ZARO MUNOSABATI"

Ushbu maqolada “ma’naviyatshunoslik” va “axloqshunoslik” kategoriyalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar nazariy jihatdan tahlil etiladi. Ma’naviyat va axloq tushunchalarining mohiyati, ularning tushuncha­mazmuni, tari­hi hamda zamonaviy jamiyatdagi roli ko‘rib chiqiladi. Mazkur ikki yo‘nalishning bir-birini qanday to‘ldirishi, qayerlarda yaqinlashishi yoki farqlanishi ilmiy dalillarga tayangan holda muhokama qilinadi. Maqola, shuningdek, «ma’naviyat → axloq», «axloq → ma’naviyat» shakllaridagi teskari bog‘liqlikni ham ko‘rsatib o‘tadi. Xulosa qismida ijtimoiy-madaniy kontekstda mazkur kategoriyalarning joriy vazifalari belgilab beriladi.

Sariboyeva Shaxnoza Xasanboyevna

104-107

2025-10-20

O'SMIR QIZLARDA MENSTRUAL VA REPRODUKTIV FUNKSIYANING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI O'RGANISH

O‘smirlik davrida, ayniqsa qizlar organizmida, menstruatsiya va reproduktiv funksiyaning rivojlanishi — fiziologik jihatdan murakkab va ko‘p omillarga bog‘liq jarayon. Ushbu tezisda 10-19 yoshdagi qizlarning menarxa (birinchi hayz), menstrual siklning o‘ziga xos xususiyatlari va reproduktiv (ginekologik va endokrin) funksiyaning shakllanishi tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu jarayonlarga ta’sir etuvchi genetik, somatik, ijtimoiy-ekologik va hayot tarzi omillari ko‘rib chiqiladi.

Xudoykulova Zuxra Sobir qizi

108-111

2025-10-20

O‘SMIR QIZLARNING JISMONIY RIVOJLANISHI VA REPRODUKTIV YETILISH JARAYONINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

O‘smirlik davri — qizlar jismoniy rivojlanishi va reproduktiv yetilish bosqichlari jihatidan keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lgan murakkab hamda bir-biriga bog‘liq jarayonlardir. Ushbu tezisda qiz o‘smirlarda jismoniy rivojlanish, pubertal bosqichlari, reproduktiv tizimning yetilishi va ularning o‘zaro munosabati tahlil qilinadi. So‘nggi yillar tadqiqotlari asosida jismoniy o‘sishning tezligi, reproduktiv funktsiyalarning ochilishi (masalan, menarxe) va bu jarayonlarga ta’sir qiluvchi omillar yoritiladi. Tezis ilmiy adabiyotlar tahliliga tayangan bo‘lib, o‘smirlikdagi sog‘lom rivojlanish nazariyasi hamda amaliy jihatlari bo‘yicha xulosa chiqaradi.

Xudoykulova Zuxra Sobir qizi

112-115

2025-10-20

VIRTUALIZATSIYA TEXNOLOGIYASIGA ASOSLANGAN AVTOMATLASHTIRILGAN VIRTUAL LABORATORIYA TIZIMI ARXITEKTURASI

Zamonaviy ta’limda amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun xavfsiz virtual laboratoriya muhitlari zarur. Ushbu tadqiqotda virtualizatsiya texnologiyasiga asoslangan avtomatlashtirilgan virtual laboratoriya tizimi ishlab chiqildi. Tizimning markaziy qismi — LabDrive mikroxizmati bo‘lib, u laboratoriya fayllarini tahlil qiladi, Docker muhitini yaratadi va foydalanuvchi so‘rovlarini NGINX reverse proxy orqali yo‘naltiradi. Foydalanuvchi autentifikatsiyasi JWT token mexanizmi yordamida amalga oshiriladi. Sinov natijalari tizimning tezkorligini (5–10 soniya) va resurs tejamkorligini (40% gacha) ko‘rsatdi. Shuningdek, UserSession modeli taklif etilib, u konteyner qatlamini kamaytirish orqali xotira sarfini 60–80% gacha qisqartiradi. Bu yondashuv ko‘p foydalanuvchili virtual muhitni samarali boshqarish imkonini beradi.

Samarov Xusnutdin Qamardinovich, Salimov Zayniddin Ilyos o‘g‘li

116-118

2025-10-20

YOSHLARDA RATSIONALIZATSIYA HIMOYA MEXANIZMLARINING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Mazkur ishda yoshlarning ruhiy himoya mexanizmlaridan biri bo‘lgan ratsionalizatsiya jarayonining psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlar va ilk yosh davridagi shaxslar o‘z xatti-harakatlarini, xatolarini yoki muvaffaqiyatsizliklarini oqlashga moyildirlar. Bu esa ularning ruhiy himoyasi, ijtimoiy moslashuvi va o‘zini anglash jarayonida muhim rol o‘ynaydi.

Oybek Mirzarahimov Umidjon o’g’li

119-120

2025-10-20

SHAYBONIYLAR DAVRIDA ILM FAN TARAQQIYOTI

Ushbu tezisda Buxoro xonligida Shayboniylar davlatining hokimyat tepasiga kelishi,  ilm-fan, madaniyat va san’at borasidagi tushunchalar, ilmiy-madaniy hayotining shakllanishi va rivojlanishida Temuriylar davridagi ta’lim tizimining o’rni, Shayboniy hukmdorlar faoliyati, maktab, masjid, madrasalarning qurulishi va faolyati, bu davrda yaratilgan asarlar, Buxoro xonligida XVI asrdagi ta’lim tizimidagi yutuqlar va kamchiliklar haqida fikrlar va xulosalar yoritilgan.

Nargiza Isomiddinova Xusniddin qizi

121-125

2025-10-20

SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “QIL KO‘PRIK” ROMANIDA MUALIF USLUBI VA OBRAZLAR SISTEMASINING NAZARIY TAHLILI

Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Shukur Xolmirzayevning “Qil ko‘prik” romanining badiiy-uslubiy xususiyatlari, obrazlar sistemasini nazariy tahlili keltirilgan. Maqolada adibning asardagi uslubiy yondashuvi, badiiy vositalardan foydalanish usullari, va ramziy qatlamlarni tasvirlash mahorati ochib berilgan. Ushbu tadqiqot orqali Shukur Xolmirzayev ijodining o‘zbek adabiyotshunosligidagi nazariy ahamiyati ochib beriladi.

Qayumova Laylo Isokjon qizi

126-129

2025-10-20

MILLIY QADRIYATLAR VA ZAMONAVIYLIK UYG‘UNLIGINING YOSH AVLOD UCHUN AHAMIYATI

Ushbu maqolada O‘zbek adabiyotining yorqin vakili Xayriddin Sulton ijodida milliy qadriyatlar va zamonaviylik uyg‘unligining yosh avlod uchun ahamiyati tahlil qilinadi. Muallifning asarlarida milliy urf-odatlar, tarixiy meros hamda zamonaviy hayotning dolzarb muammolari uyg‘unlashgan. Mazkur maqola orqali milliylik va globalizm o‘rtasidagi muvozanat, shuningdek, an’anaviy qadriyatlarni zamonaviy shakllarda ifodalash yo‘llari o‘rganiladi. Tadqiqotda adabiy tahlil va nazariy yondashuvlardan foydalanilgan.

Samadov Sanjar Ro'ziboy o'g'li

130-132

2025-10-20

MAHSULOT SAVDOSI MA’LUMOTLARINI TAHLIL QILISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada mahsulot savdosi ma’lumotlarini tahlil qilishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining roli va istiqbollari tahlil qilingan. Tadqiqotda mashinali o‘rganish, neyron tarmoqlar, tavsiyalar tizimi va tabiiy tilni qayta ishlash kabi SI texnologiyalarining savdo jarayonlarida qo‘llanilish mexanizmlari yoritilgan. Muallif sun’iy intellekt yordamida savdo ma’lumotlarini tezkor va aniqlik bilan tahlil qilish, xaridor xatti-harakatlarini prognozlash hamda marketing strategiyalarini optimallashtirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada SI texnologiyalarining rivojlanish yo‘nalishlari – bashoratli tahlil, avtomatlashtirilgan qaror qabul qilish tizimlari va mahalliylashtirish jarayonlari asosida savdo sohasida raqamli transformatsiyani chuqurlashtirish istiqbollari tahlil etilgan.

Baydullayeva Dildora Tuylibayevna

133-134

2025-10-20

THE ROLE OF ALTERNATIVE ASSESSMENT METHODS IN DEVELOPING STUDENTS’ KNOWLEGDE AND PRACTICAL SKILLS

This thesis explores the importance of alternative assessment strategies and methods in modern education, emphasizing on their role in improving learners’ critical literacy and practical skills.

Ilmira Rakhmanova

135-137

2025-10-20