«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.

Published: 2026-03-05

INGLIZ VA O'ZBEK AXBOROT MATNLARIDA ZAMON TRANSFORMATSIYASINING QIYOSIY TAHLILI

Maqolada ingliz va o'zbek axborot matnlarida zamon transformatsiyasining qiyosiy tahlili amalga oshiriladi. Tadqiqot 1000 ta axborot matni (ingliz tilidan 500 ta, o'zbek tilidan 500 ta) korpus asosida olib borildi. Qiyosiy tahlil natijasida ikki tilda zamon transformatsiyasining tubdan farq qiluvchi qoliblari aniqlandi: ingliz tilida Present Simple → Past Simple → Present Simple → Future (41%), o'zbek tilida Past Simple → Past Simple → Future (49%). Ingliz axborot matnlarida hozirgi zamon shakllari (63%) ustunlik qilsa, o'zbek matnlarida o'tgan zamon (69%) dominant pozitsiyani egallaydi. Maqolada ikki tilning tipologik farqlari, madaniy omillar va jurnalistik an'analarning zamon transformatsiyasiga ta'siri ochib beriladi.

N.M. Rejabova

4-7

2026-03-05

YEVROPADA MERKANTILIZM TA’LIMOTINING SHAKLLANISHI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA UNING IQTISODIY NAZARIYA TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI

Mazkur maqolada XVI–XVIII asrlarda Yevropada shakllangan merkantilizm ta’limotining vujudga kelish shart-sharoitlari, nazariy asoslari, rivojlanish bosqichlari hamda iqtisodiy tafakkur evolyutsiyasidagi o‘rni keng tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida merkantilizmning boylik haqidagi monetar talqini, faol savdo balansi konsepsiyasi, davlat interventsionizmi va proteksionizm siyosati tarixiy hamda nazariy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, mazkur ta’limotning klassik siyosiy iqtisod maktabiga o‘tish jarayonidagi roli ochib beriladi.

Xoliyor Boymatov

8-10

2026-03-05

ВЛИЯНИЕ РОДНОГО УЗБЕКСКОГО И ПЕРВОГО ИНОСТРАННОГО АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКОВ НА УСВОЕНИЕ НЕМЕЦКОГО ЯЗЫКА

В данной статье рассматривается влияние родного узбекского языка и первого иностранного языка – английского – на процесс усвоения немецкого языка. В условиях многоязычного образования учащиеся часто сталкиваются с явлениями межъязыкового переноса, которые могут как облегчать, так и затруднять изучение третьего языка. В работе анализируются лексические, грамматические и фонетические особенности, возникающие при изучении немецкого языка на основе уже сформированных языковых навыков в узбекском и английском языках. Особое внимание уделяется положительному и отрицательному переносу, а также роли типологического сходства и различия между языками. Результаты исследования показывают, что знание английского языка может служить эффективной основой для усвоения немецкой лексики и грамматики, однако интерференция родного языка также оказывает значительное влияние на формирование речевых навыков.

Shaxnoza Askarova

11-13

2026-03-05

QADIMGI XORAZM HUDUDIDAGI MUDOFAA INSHOOTI: TUPROQQAL’A MISOLIDA

Ushbu maqolada Tuproqqalʼa yodgorligining tarixiy, arxeologik va madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Qadimgi Xorazm hududida joylashgan Tuproqqal’a o‘z davrida harbiy-strategik va ma’muriy markaz vazifasini bajargan. Maqolada qal’aning tabiiy balandlikka joylashuvi, qalin devorlari, ichki tuzilishi va mudofaa tizimi keng yoritiladi.Qal’a nafaqat tarixiy yodgorlik, balki milliy meros sifatida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va tarixiy xotirani saqlash uchun ham muhim manba hisoblanadi.Shu tariqa maqola Tuproqqal’aning O‘zbekiston tarixidagi o‘rni, qadimgi Xorazm mudofaa tizimidagi ahamiyati va madaniy meros sifatidagi qiymatini ochib beradi.

Mirvoxid Nurmuxammedov

14-17

2026-03-06

INGLIZ DETEKTIV ASARLARIDA LEKSIK-SEMANTIK BIRLIKLARNING QO‘LLANISHI

Mazkur maqolada ingliz detektiv asarlarida qo‘llaniladigan leksik-semantik birliklarning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda detektiv janrga xos bo‘lgan jinoyat va tergov jarayoniga oid leksika, kriminal terminologiya, shuningdek, emotsional-ekspressiv birliklarning matndagi funksional roli o‘rganiladi. Detektiv matnlarda leksik birliklar nafaqat voqealar rivojini tasvirlash, balki sir, gumon va psixologik keskinlik muhitini yaratishda muhim vosita sifatida xizmat qilishi ko‘rsatib beriladi. Maqolada ingliz detektiv adabiyotining mashhur namunalari, xususan, Agata Kristi asarlaridan olingan misollar asosida ayrim leksik birliklarning semantik va stilistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ingliz detektiv asarlarida leksik-semantik birliklar voqeani tasvirlash bilan birga o‘quvchida ma’lum hissiy va kognitiv ta’sir uyg‘otuvchi muhim badiiy vosita ekanligini ko‘rsatadi.

Mashxura Shoxidova

18-20

2026-03-09

OZARBAYJON NAVOIYSHUNOSLIGI KONTEKSTIDA ALISHER NAVOIY MEROSINI O‘RGANISH MASALALARI

Alisher Navoiy merosi turkiy xalqlar adabiy tafakkuri va madaniy merosi taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi. Mazkur maqolada Ozarbayjon adabiyotshunosligida shakllangan navoiyshunoslik an’analari doirasida Navoiy ijodiy merosining o‘rganilish jarayoni, uning ilmiy talqinlari hamda ushbu yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlarning nazariy-metodologik asoslari adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi.

Ozoda Norimova

21-23

2026-03-09

BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING BOSHQARUVCHILIK QOBILIYATLARI PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda boshqaruvchilik sifatlarining shakllanishi alohida pedagogik masala sifatida qaraladi. «Boshqaruvchilik qobiliyati» tushunchasining mazmun-mohiyati ochib berilib, uning kasbiy pedagogik faoliyatdagi o‘rni va zamon talablariga mos ta’lim tizimidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu qobiliyatning tarkibiy qismlari — motivatsiya, tashkilotchilik, kommunikativlik va refleksiya — o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganilgan. Xulosa qismida oliy pedagogik ta’lim muassasalarida ushbu qobiliyatlarni rivojlantirish zarurati asoslanadi.

Abdimurat Esemuratov, Gauxar Kudiyarova

24-26

2026-03-10

FAYNBERG IJODIDA G‘ARB VA SHARQ SHE’RIYAT AN’ANALARINING UYG‘UNLIGI

Ushbu maqolada Aleksandr Faynberg she’rlarida Sharqiy va G’arbiy nazm ohanglarining uyg’unlashishi va adabiyot olamida madaniyatlararo birdamlikning vujudga kelishi haqida ma’lumot beriladi. Bundan tashqari, shoirning poetik mahorati va o’zgacha ijodkorlik san’ati keng tahlil qilinadi.

Jasmina Abdishukurova

27-29

2026-03-10

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA ELEKTRON TIJORAT ORQALI XORAZM VILOYATI KICHIK BIZNESINING XALQARO BOZORLARGA CHIQISH IMKONIYATLARI

Ushbu tezisda raqamli texnologiyalar va elektron tijorat vositasida Xorazm viloyati kichik biznes subyektlarining xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlari tahlil etiladi. Xorazm viloyatidagi kichik tadbirkorlikning hozirgi holati, raqamli platformalar va elektron tijorat asosidagi eksport salohiyati, shuningdek, mavjud to’siqlar va ularni bartaraf etish yo’llari ko’rib chiqiladi. O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish siyosati doirasida mintaqaviy kichik biznesning xalqaro raqobatbardoshligini oshirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Umarbek Raxmatullayev

30-32

2026-03-10

TURIZM VA MADANIY MEROS ASOSIDA XORAZM VILOYATIDA XIZMATLAR EKSPORTINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Ushbu maqolada Xorazm viloyatida turizm va madaniy meros salohiyatiga asoslangan xizmatlar eksportini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil etilgan. Tadqiqot Xiva shahrining jahon ahamiyatiga molik tarixiy-meʻmoriy obidalari, viloyatning UNESCO Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan yodgorliklari hamda mintaqaga xos hunarmandchilik va madaniyat asosida xalqaro bozorda raqobatbardosh eksport xizmatlari turlarini shakllantirish yoʻllari koʻrib chiqilgan. Xorazm viloyatiga 2025-yilda 12,5 million sayyoh tashrif buyurganligi va Oʻzbekistonda turizm xizmatlari eksporti 2024-yilda 3,52 milliard dollarga yetganligi qayd etilgan. Maqolada mavjud toʻsiqlar va ularni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ham berilgan.

Umarbek Raxmatullayev

33-35

2026-03-10

SILIKAT MATERIALLARINI ISHLAB CHIQARISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING QO‘LLANILISHI VA ULARNING SAMARADORLIGI

Mazkur ilmiy tezisda silikat materiallarini ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda ularning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Silikat materiallari qurilish, sanoat va texnologik sohalarda keng qo‘llaniladigan muhim materiallar hisoblanadi. Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarida energiya tejamkor texnologiyalar, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, yuqori haroratli pechlarning takomillashtirilgan konstruksiyalari va innovatsion xom ashyo qayta ishlash usullari keng joriy etilmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yangi texnologiyalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, energiya sarfini kamaytirish hamda tayyor mahsulot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar ekologik xavfsizlikni ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Husan Zikirov , Mushtariy Qoramirzayeva

36-41

2026-03-11

NOVQA OTA ZIYORATGOHIGA OID RIVOYATLARNING ETNOGRAFIK VA FOLKLORSHUNOSLIK TAHLILI

Mazkur maqola “Mening mahallam – mening fahrim” loyihasi doirasida yozilgan bo‘lib, unda Baxmal tumani hududida joylashgan Novqa ota ziyoratgohi bilan bog‘liq “Farishtaga aylangan bokira” rivoyati etnografik va folklorshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Rivoyatda muqaddas buloqning paydo bo‘lishi, ayol pokligi, ilohiy moʻjiza va muqaddas makonlar haqidagi xalq tasavvurlari aks etgan. Shuningdek, rivoyat tarkibidagi diniy motivlar, arxaik mifologik unsurlar va xalq e’tiqodlarining sintezi ko‘rsatib berilgan.

O.A. Rahmonqulova, U. To‘pchiyev

42-45

2026-03-11

TEMURIYLAR DAVRIDA ME’MORIY BEZAK SAN’ATI VA MUQARNASNING BADIIY-NAZARIY TARAQQIYOTI

Mazkur maqolada Temuriylar davrida me’moriy bezak san’atining yuksalish bosqichi, mavzuli tasvirlarning monumental inshootlarda qo‘llanilishi hamda muqarnas bezagining shakllanishi va nazariy asoslari yoritiladi. Xususan, Mirzo Ulugʻbek davrida barpo etilgan me’moriy obidalarda ilm-fan, xususan falakiyot ilmi bilan bog‘liq tasviriy va ramziy kompozitsiyalar keng qo‘llanilgani tahlil qilinadi. Shuningdek, Ghiyath al-Din Jamshid al-Kashining “Muftah al-hisob” asarida muqarnasning geometrik asoslari ilmiy jihatdan izohlangani ko‘rsatib beriladi.

Madina Saipova

46-47

2026-03-11

JAMOAT JOYI TUSHUNCHASINING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI: MUOMMOLAR VA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Mazkur maqolada jamoat joyi tushunchasining huquqiy mazmuni, uning qonunchilikdagi ahamiyati va amaliyotda uchrayotgan tartibga solish muammolari tahlil qilinadi. Jahon hamda milliy qonunchilikda “jamoat joyi” tushunchasi , uning mazmun mohiyatini va qo’llanish sohalari o’rganilgan. Shuningdek, amaldagi qonunchilikda mazkur tushunchaning aniq ifodalanmaganligi, turli normativ-huquqiy hujjatlardagi nomutanosibliklar va ularning huquqni qo'llash amaliyotida yuzaga keltirayotgan muammolari tahlil etilgan. Ushbu tadqiqot natijasida jamoat joyi tushunchasining mazmuni va qo’llanish tartibi ko’rsatilib, uning samarali tartibga solinishi haqida yoritib beriladi.

Iroda Reimbaeva

48-53

2026-03-11

ИХТИРОГА НИСБАТАН ШАХСИЙ НОМУЛКИЙ ҲУҚУҚЛАР ҚАНДАЙ ҲИМОЯ ҚИЛИНАДИ?

Мақолада ихтирочининг шахсий номулкий ҳуқуқларини ҳимоя қилишнинг назарий ва ҳуқуқий асослари таҳлил қилинган. Хусусан, муаллифликни тан олиш, муаллиф номини кўрсатиш ҳамда ихтиро билан боғлиқ ижодий натижаларни ҳимоя қилиш каби ҳуқуқлар мазмуни ёритилган. Шунингдек, шахсий номулкий муносабатларнинг ҳуқуқий табиати, номоддий неъматлар тушунчаси ва уларни ҳуқуқий муҳофаза қилиш механизмлари илмий адабиётлар ҳамда миллий қонунчилик асосида таҳлил қилинган. Мақолада ихтирочининг шахсий номулкий ҳуқуқларини ҳимоя қилишда давлат органларининг институционал роли ва патент экспертизаси жараёнининг аҳамияти асослаб берилган. Тадқиқот натижасида саноат мулки объектларини ҳуқуқий муҳофаза қилиш тизимини такомиллаштириш ва ихтирочилар ҳуқуқларини самарали таъминлашга қаратилган илмий хулосалар илгари сурилган.

Дилмурод Вахобжонов

54-57

2026-03-12

XALQARO -HUQUQIY HUJJATLARDA INSON HUQUQLARI VA HUQUQIY TARBIYANING NAMOYON BOʻLISHI

Mazkur tezisda xalqaro-huquqiy hujjatlarda inson huquqlari va huquqiy tarbiya masalasining aks etishi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan asosiy xalqaro hujjatlar, jumladan BMT tomonidan qabul qilingan deklaratsiya va konvensiyalar, shuningdek boshqa xalqaro tashkilotlarning huquqiy normalari asosida inson huquqlarining mazmuni hamda huquqiy tarbiyaning ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda inson huquqlarini ta’minlashda huquqiy ta’lim va tarbiyaning muhim o‘rni, yosh avlodda huquqiy ongni shakllantirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni rivojlantirish zarurati asoslab beriladi.

Asadbek Egamberganov

58-60

2026-03-12

KURASHCHILARNING MASHG‘ULOT JARAYONIDA JISMONIY, TEXNIK, TAKTIK VA PSIXOLOGIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada erkin kurash mashg‘ulotlari jarayonida sportchilarda shakllantirilishi zarur bo‘lgan asosiy sifatlarning nazariy asoslari yoritiladi. Jumladan, jismoniy, texnik, taktik va psixologik tayyorgarlikning o‘zaro bog‘liqligi hamda ularni rivojlantirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Maqola jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, sport murabbiylari hamda kurash sohasida ilmiy-tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Abbosbek Xurshidbekov

61-63

2026-03-12

BADIIY DISKURSDA GRAMMATIK MA’NONING IFODALANISHI

Ushbu maqolada badiiy diskurs va unda grammatik ma’noning qo‘llanilish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda badiiy matnda tilning fonetik, leksik, morfologik va sintaktik qatlamlari o‘zaro uyg‘unlikda faoliyat yuritishi, ayniqsa grammatik vositalarning matnning semantik va strukturaviy asosini shakllantirishdagi roli yoritiladi. Maqolada badiiy matnning lingvopoetik xususiyatlari hamda grammatik vositalarning estetik ta’sirni kuchaytirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi.

Dilfuza Qalandarova

64-68

2026-03-12

NEFT VA GAZ SOHASI TERMINLARNING FUNKSIONAL TAHLILI

Mazkur maqolada neft va gaz sanoatiga oid terminlarning leksik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda neft-gaz sohasida qo‘llaniladigan terminlarning shakllanishi, ularning semantik aniqligi, sistemaliligi hamda xalqaro terminologiya bilan o‘zaro aloqasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ingliz tilidan o‘zbek tiliga kirib kelayotgan terminlarning fonetik, morfologik va sintaktik moslashuv jarayonlari lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi.

Dilafruz Jamalova

69-70

2026-03-12

TERMINLARNING INTERPERSONAL FUNKSIYASI

Mazkur maqolada neft va gaz sanoatiga oid terminlarning leksik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda neft-gaz sohasida qo‘llaniladigan terminlarning shakllanishi, ularning semantik aniqligi, sistemaliligi hamda xalqaro terminologiya bilan o‘zaro aloqasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ingliz tilidan o‘zbek tiliga kirib kelayotgan terminlarning fonetik, morfologik va sintaktik moslashuv jarayonlari lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi.

Dilafruz Jamalova

71-73

2026-03-12

ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИГА ОИД ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРНИНГ ТАСНИФИГА ОИД АЙРИМ МУЛОҲАЗАЛАР

Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси соҳасидаги фаолиятни самарали ташкил этиш ва унинг барқарор амал қилиши, аввало, мазкур соҳанинг ҳуқуқий асосларини аниқ белгилаш ва уларни илмий жиҳатдан тизимлаштиришга бевосита боғлиқдир. Зеро, ҳар қандай ижтимоий-ҳуқуқий фаолият муайян ҳуқуқий меъёрлар ва қонунчилик базаси асосида амалга оширилади. Шу маънода, ҳуқуқбузарликлар профилактикасига доир ҳуқуқий асослар ушбу соҳадаги муносабатларни тартибга солувчи, профилактика фаолиятини амалга ошириш тартибини белгилаб берувчи ҳамда мазкур жараёнда иштирок этувчи субъектларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятларини мустаҳкамловчи норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тизимидан иборат ҳисобланади.

Икром Тиллаев

74-78

2026-03-13

ERON TARIXSHUNOSLIGIDA TURONNING MIS-TOSH DAVRI XO‘JALIGI, HUNARMANDCHILIK VA IJTIMOIY HAYOTI MASALASI

Mazkur maqolada Eron olimlarining Turonning mis-tosh davri xo‘jaligi, hunarmandchilik va ijtimoiy hayoti masalasiga oid ilmiy yondashuv va qarashlari milliy, sovet davri va yevropalik tadqiqotchilarning mavzuga doir ilmiy natijalari bilan qiyosiy tahlil qilindi.

E. Sh. Xojamberdiyev

79-82

2026-03-16

TABIIY RESURSLARDAN FOYDALANISHDA MANFAATLAR TO‘QNASHUVI: HUQUQIY TAHLIL

Mazkur maqolada tabiiy resurslardan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi muammosi huquqiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Davlat, jamiyat, xususiy sektor va mahalliy aholining manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning huquqiy asoslari hamda amaliy oqibatlari yoritiladi. Shuningdek, manfaatlar muvozanatini ta’minlashning huquqiy mexanizmlari va takomillashtirish yo‘nalishlari bayon etiladi.

Jamshid Odilov, Muzaffar Abdumo‘minov

83-86

2026-03-16

SHAXS IDENTIFAKATSIYASI VA GENDER ROLLARINING NIKOH MOTIVLARIGA TA’SIRINI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada shaxs identifikatsiyasi va gender rollarining nikoh motivlariga ta’sirining ijtimoiy-psixologik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida shaxsning o‘zini anglash jarayoni, gender stereotiplari va ijtimoiy kutishlarning nikoh qaroriga ta’siri o‘rganildi. Nazariy manbalar asosida nikoh motivlari shakllanishida shaxsiy identifikatsiya, gender ijtimoiylashuvi va madaniy omillarning muhim roli borligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari yoshlar o‘rtasida nikoh motivlarini tushunish va oilaviy munosabatlarni mustahkamlashda ijtimoiy-psixologik yondashuvlarning ahamiyatini ko‘rsatadi.

Nodira Shodiyeva

87-89

2026-03-16

FALSAFANING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI

Mazkur maqolada falsafa fanining mohiyati, uning inson hayoti, jamiyat va shaxs taraqqiyotidagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada falsafa nafaqat nazariy bilimlar tizimi sifatida, balki insonning dunyoqarashi, axloqiy qadriyatlari va ma’naviy kamolotini shakllantiruvchi asosiy omil sifatida ham ko‘rib chiqiladi.

ISKANDARBEK MAMATQODIROV

90-94

2026-03-16

PSIXOFIZIKA FANI PAYDO BO'LISHI HAMDA SHAKILLANISHIDA E. VEBER VA T. FEXNER TADQIQOTLARINING O'RNI

Ushbu tezisda psixofizika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi hamda inson sezgi va idrok jarayonlarini o‘lchashdagi o‘rni yoritilgan. Tezisda E. Veber va T. Fexnerning tadqiqotlari tahlil qilinib, ularning sezgi chegaralari, minimal seziladigan farq (JND) va stimullar kuchi bilan sezgi darajasi o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlashdagi hissasi ko‘rsatildi. Mazkur tadqiqotlar psixofizikaning eksperimental va matematik asoslarini yaratishga, shuningdek, psixologiya va fiziologiya fanlari bilan bog‘lanishiga xizmat qilganligi ta’kidlandi.

Munisa Umarova

95-96

2026-03-17

PSIXOFIZIKA FANI PAYDO BOʻLISHI HAMDA SHAKLLANISHIDA E. VEBER VA T. FEXNER TADQIQOTLARINING OʻRNI

Mazkur maqolada psixofizika fanining shakllanishi va rivojlanishida nemis olimlari Ernst Veber hamda Gustav Teodor Fexner tadqiqotlarining ilmiy ahamiyati tahlil qilinadi. Psixofizika inson sezgi tizimi va tashqi fizik ta’sirlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganadigan muhim ilmiy yo‘nalish sifatida XIX asrda shakllangan. Mazkur fan rivojida E. Veber tomonidan olib borilgan tajribalar sezgi sezuvchanligining miqdoriy xususiyatlarini aniqlashga xizmat qilgan bo‘lib, u taktil sezgi, og‘irlikni farqlash hamda ikki nuqtali sezgi chegaralarini aniqlash orqali psixologik jarayonlarni eksperimental tadqiq etish imkoniyatlarini kengaytirdi. Keyinchalik T. Fexner Veber tadqiqotlarini nazariy jihatdan umumlashtirib, psixofizikaning matematik asoslarini ishlab chiqdi hamda fizik ta’sir kuchi bilan sezgi intensivligi o‘rtasidagi qonuniy bog‘liqlikni izohlovchi mashhur Veber–Fexner qonunini shakllantirdi. Fexnerning ilmiy qarashlari psixologiyani empirik va eksperimental fan sifatida rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatdi. Maqolada psixofizika metodologiyasining shakllanish bosqichlari, sezgi chegaralari, differensial sezgirlik tushunchalari hamda psixofizik o‘lchash usullarining ilmiy ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, Veber va Fexner ilmiy merosining zamonaviy psixologiya, neyropsixologiya hamda kognitiv tadqiqotlar rivojiga qo‘shgan hissasi ham ilmiy jihatdan yoritiladi.

Diyora Usmonova

97-104

2026-03-17

INGLIZ TILIDAGI IJTIMOIY MEDIA KOMMUNIKATSIYASIDA GENDERGA XOS KOMMUNIKATIV STRATEGIYALAR VA ULARNING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida ijtimoiy media insonlar o‘rtasidagi kommunikatsiyaning muhim vositasiga aylandi. Facebook, Instagram, Twitter (X) va TikTok kabi platformalar foydalanuvchilarga o‘z fikrlarini erkin ifoda etish hamda ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish imkoniyatini yaratadi. Ushbu maqolada ingliz tilidagi ijtimoiy media kommunikatsiyasida genderga xos kommunikativ strategiyalar hamda ularning lingvopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida erkak va ayol foydalanuvchilarning kommunikativ xulq-atvori, nutq strategiyalari hamda pragmatik markerlardan foydalanish darajasi o‘rganildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, ayol foydalanuvchilar kommunikatsiyada ko‘proq emotsional va hamkorlikka yo‘naltirilgan nutq strategiyalaridan foydalanadi, erkak foydalanuvchilar esa informativ va argumentativ kommunikativ strategiyalarni qo‘llashga moyil. Mazkur tadqiqot natijalari ijtimoiy media diskursida gender omilining lingvopragmatik jihatdan muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.

Dono Usmonova , Sarvinoz Mo‘minova

105-107

2026-03-17

RAQAMLI VIRTUAL OLAMDA BOLALAR XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA OTA-ONALAR NAZORATINI KUCHAYTIRISH BO’YICHA KO’RSATMALAR

Ushbu maqolada bolalarning raqamli muhitdagi xavfsizligini ta’minlashda ota-onalar nazorati va mediasavodxonlikning o‘rni, mavjud usullari va samarali strategiyalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada bolalar uchun raqamli xulq-atvorning asosiy qoidalari, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlarda xushmuomala bo'lish, ma'lumotlarga tanqidiy yondashish va boshqa ko'p narsalarning ahamiyatini muhokama qilingan.

Zulfiya Inoyatova

108-113

2026-03-17

TRANSPORT YO‘LAKLARINING O‘ZBEKISTON TASHQI SAVDO RAQOBATBARDOSHLIGIGA TA’SIRI

Mazkur maqolada O‘zbekistonning tashqi savdo raqobatbardoshligini ta’minlashda xalqaro transport yo‘laklarining ahamiyati tahlil qilinadi. Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan davlat sifatida O‘zbekiston eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda xalqaro transport korridorlariga tayanadi. Tadqiqotda “Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusi, Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi, “Shimol – Janub” transport yo‘lagi hamda Transafg‘on transport yo‘nalishining mamlakat tashqi savdosiga ta’siri o‘rganilgan. Natijada transport infratuzilmasining rivojlanishi logistika xarajatlarini kamaytirish, tranzit vaqtini qisqartirish va yangi eksport bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishi aniqlangan.

Shoxjahon Xolmirzayev

114-117

2026-03-18

O'ZBEK BADIIY MATNIDA PRAGMATIK VOSITALAR: NUTQIY AKTLAR, IMPLIKATURA VA DISKURSIV STRATEGIYALAR

Ushbu maqola o'zbek badiiy nasr matnlarida pragmatik vositalarning namoyon bo'lish xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda nutqiy aktlar nazariyasi, H.P. Gricening kooperatsiya tamoyili va implikatura konsepsiyasi, shuningdek, diskurs tahlili metodologiyasidan foydalanilgan. Empirik material sifatida XX–XXI asr o'zbek nasrchilarining hikoya va qissa janridagi asarlari tanlangan. Tahlil natijasida o'zbek badiiy matnida pragmatik vositalar — nutqiy aktlar, implikatura, presupoizitsiya va diskurs markerlarining — o'ziga xos milliy-madaniy va badiiy-stilistik shakllarda namoyon bo'lishi aniqlandi. Tadqiqot o'zbek tilshunosligida badiiy matn pragmatikasining mustaqil ilmiy yo'nalish sifatida shakllanishiga hissa qo'shadi.

Shohsanam Tursunova

118-123

2026-03-18

"ODAMLAR QADIMDAN QAYERDA DAM OLGAN? MADANIYAT MASKANLARI HISOBLANGAN ISTIROHAT BOG‘LARINING QIZIQARLI TARIXI"

Ushbu maqolada zamonaviy dam olish maskanlari hisoblangan istirohat bog‘lari va bolalar attraksionining kelib chiqishi va rivojlanishi haqida ma’lumotlar berilgan.

Ruxsora Toirjonova

124-127

2026-03-18