Vol. 5 No. 4 (2026): Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research

«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.

Published: 2026-02-05

BOSHLANGʻICH SINFLARDA O‘QISH SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH USULLARI

Ushbu ilmiy maqola boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligini shakllantirishning dolzarb muammolari va samarali usullarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada o‘qish savodxonligining nazariy asoslari, uning boshlang‘ich ta’limdagi ahamiyati chuqur o‘rganiladi. An’anaviy o‘qitish usullari bilan bir qatorda, interfaol va innovatsion yondashuvlarning, xususan, matn bilan faol ishlash, hamkorlikda o‘qish, vizuallashtirish va savollar berish kabi strategiyalarning ahamiyati ta’kidlanadi. Shuningdek, o‘qish savodxonligini baholash va monitoring qilish strategiyalari, o‘qituvchining roli hamda oila va maktab hamkorligining o‘rni muhokama qilinadi. Maqola tadqiqotlar natijalari asosida umumlashtirilgan xulosalar va amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi, bu tavsiyalar O‘zbekiston ta’lim tizimida o‘qish savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.

Nurxayot Shonazarova

4-8

2026-02-04

MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM TIZIMINING BARKAMOL SHAXS SHAKLLANISHIDAGI O‘RNI: “KELAJAK MARKAZI” KONSEPSIYASI ASOSIDA ILMIY-TAHLILIY YONDASHUV

Mazkur maqolada globallashuv va raqamli taraqqiyot sharoitida maktabdan tashqari ta’lim tizimining barkamol shaxsni shakllantirishdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Xususan, O‘zbekistonda “Barkamol avlod” muassasalarining “Kelajak markazi” konsepsiyasi asosida faoliyat yuritishi, uning huquqiy, tashkiliy va mazmuniy asoslari ochib berilgan. Tadqiqotda maktabdan tashqari ta’limning ixtiyoriylik, moslashuvchanlik va o‘quvchi markazliligi kabi tamoyillari, STEAM-ta’lim yondashuvi hamda beshta muhim tashabbus doirasidagi faoliyatlarning tarbiyaviy va ijtimoiy ahamiyati asoslab berilgan.

Shaxnoza Qobilova

9-11

2026-02-04

ZAMONAVIY DUNYODA IJTIMOIY FANLAR: NAZARIYA VA AMALIY IZLANISHLAR

Mazkur tezis zamonaviy jamiyat sharoitida ijtimoiy fanlarning nazariy asoslari va amaliy tadqiqotlardagi o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi. Globallashuv, raqamlashtirish va murakkab ijtimoiy jarayonlar ijtimoiy fanlar oldida yangi ilmiy vazifalarni qo‘ymoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, nazariya va amaliyot uyg‘unligi ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni ilmiy asosda hal etish imkonini beradi.

Dilmurod Mirzaumarov

12-14

2026-02-04

IQLIM O‘ZGARISHI VA EKOLOGIK MUAMMOLAR: SABABLARI, OQIBATLARI VA YECHIMLARI

Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishi va ekologik muammolar global miqyosda eng dolzarb muammolar sifatida ko‘rib chiqiladi. Iqlim o‘zgarishining asosiy sabablariga, jumladan, fosil yoqilg‘ilarning haddan tashqari ishlatilishi, o‘rmonlarning kesilishi va sanoatlashtirish jarayonlariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, ushbu jarayonning oqibatlari – tabiiy ofatlar, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi, oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy yo‘qotishlar kabi muammolar tahlil qilinadi. Maqolada ekologik barqarorlikni ta’minlash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro va mahalliy darajadagi yechimlar taklif etilgan. Xulosa qismida iqlim muammolariga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik va har bir insonning faol ishtiroki zarurligi ta’kidlangan.

Nigina Qiyomova

15-18

2026-02-05

ALEKSANDR FAYENBERGNING O’ZBEKISTON MADANIYATIDAGI O’RNI: CHEGARASIZ IJOD.MILLATLARARO DO’STLIK VA BAG’RIKENGLIK

Ushbu maqolada muhim o‘rin egallagan , millatlararo ko’prik vazifasini o’tagan shoir, tarjimon va ijtimoiy arbob Aleksandr Faynbergning ijodiy merosi va shaxsiy faoliyati bo’yicha qarashlar yoritiladi va o’z navbatida tahlil qilinadi. Maqolada  Faynberg hayoti misolida millatlararo do‘stlik, bag‘rikenglik va insoniy qadriyatlarga sodiqlik g‘oyalarining namoyon bo‘lishi yoritiladi. Maqolada shoirning o‘zbek va rus adabiyotlari o‘rtasidagi madaniy ko‘prik sifatidagi roli, uning Toshkent ijodiy muhitiga qo‘shgan hissasi hamda turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmatni mustahkamlashdagi xizmatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, Faynberg ijodining bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab qolayotgan gumanistik qarashlari, erkin fikr va inson qadrini ulug‘lovchi she’rlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida Aleksandr Faynbergning O‘zbekiston madaniyati tarixida millatlararo totuvlik va madaniy bag‘rikenglik ramzi sifatida tutgan o‘rni yoritiladi.

Azizabonu Zoirova

19-22

2026-02-05

TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA MUAMMOLI TA’LIM VA MILLIY ILMIY MEROSNING METODIK IMKONIYATLARI

Ushbu maqolada globallashuv va raqamli taraqqiyot sharoitida talabalarda mustaqil hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari yoritiladi. Mustaqil fikrlashning psixologik-mantiqiy mexanizmlari, muammoli vaziyatlarda fikr yuritish bosqichlari, interfaol metodlar orqali fikrlashni faollashtirish hamda muammoli ta’limning tanqidiy fikrlashni shakllantirishdagi roli ilmiy tahlil qilinadi. Shuningdek, Forobiy, Beruniy va Ibn Sino merosining zamonaviy ta’lim jarayonida fikrlash metodologiyasi sifatidagi ahamiyati asoslanadi.

Gulsevar Norqulova

23-27

2026-02-05

BOLA AXLOQIY QADRIYATLARNING SHAKLLANISHIDA TAʼLIMNING OʻRNI

Mazkur maqolada bola axloqiy qadriyatlarining shakllanishida ta’limning o‘rni ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda bola tarbiyasining jamiyat barqarorligi va taraqqiyotidagi ahamiyati yoritilib, mazkur masalaning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan huquqiy asoslari ochib berilgan. Shuningdek, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino va Alisher Navoiy kabi Sharq mutafakkirlarining ta’lim va axloqiy tarbiya haqidagi qarashlari ilmiy-falsafiy jihatdan tahlil qilinib, ularning zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unligi asoslangan. Maqolada ta’lim jarayonida axloqiy ong, mas’uliyat hissi va ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarining shakllanishida o‘qituvchi shaxsining namunaviyligi muhim pedagogik omil sifatida talqin etiladi.

Maftuna Yoqubova

28-30

2026-02-05

MIRZACHORBOG‘ SAROY REZIDENSIYASI TURIZM MANZILI

ushbu maqolada Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 1900-1905 yillarda Buxoro amirligi tomonidan qurilgan “Mirzachorbog‘” saroyi,  saroyning o‘ziga xos arxitekturasi hamda mazkur tarixiy obidaning hudud turizm salohiyatini oshirishdagi o‘ziga xos jihatlari haqida yozilgan.

Jonibek Shuhratov

31-32

2026-02-05

JADID MA’RIFATPARVARLARINING PEDAGOGIK QARASHLARI VA TURKISTON JAMIYATI TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI

Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda shakllangan jadidchilik harakatining pedagogik faoliyati ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Jadid ma’rifatparvarlarining ta’lim va tarbiyaga oid qarashlari, “usuli jadid” maktablarining vujudga kelishi hamda ta’limning jamiyat taraqqiyotidagi hal qiluvchi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, jadid pedagogikasining zamonaviy ta’lim siyosati va ma’naviy taraqqiyot uchun ahamiyati asoslab beriladi.

Shahlo Ibragimova

33-35

2026-02-06

O‘RTA OSIYODA JOYLASHGAN QADIMGI SUV INSHOOTLARI VA ULARNING AHAMIYATI (QUMLOQLI LOYQALAR HAMDA SUV TO‘G‘ONLARI)

maqolada O‘rta Osiyo aholisining mintaqada o‘z davrining yirik va mustahkam suv inshootlarini barpo etish sabablari, ushbu inshootlarning qurilish texnologiyasini o‘rganish hamda inshootlarning insonlar hayotida tutgan o‘rnini aniqlash, qumloqli loyqalar va suv to‘g‘onlarining ahamiyati.

To‘lqin Abdullayev

36-39

2026-02-06

TURKISTONDA MAʼRIFATGA CHORLOVCHI JADIDLAR HARAKATI

Ushbu maqolada jadidlar harakatining mohiyati va jadidlarning xalqni ma’rifatga chorlovchi shaxslar sifatidagi faoliyati yoritiladi. Ular ta’limni isloh qilish, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirish orqali jamiyatni uyg‘otishga intildilar. Jadidlarning milliy taraqqiyotdagi o‘rni va tarixiy ahamiyati qisqacha tahlil qilinadi.

Salohiddin Usmonov , E’zoza Normurodova

40-42

2026-02-06

MUSTAQILLIK DAVRIDA BUXORO TURIZM INFRATUZILMASINING RIVOJLANISHI VA ZAMONAVIY OBYEKTLAR

Mazkur maqolada O‘zbekiston mustaqilligi yillarida Buxoro viloyatida turizm infratuzilmasining rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Xususan, tarixiy-madaniy meros obyektlarini saqlash va ulardan samarali foydalanish, zamonaviy mehmonxonalar, transport va servis xizmatlarining shakllanishi hamda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining ahamiyati yoritiladi.

Tolib Sirojov

43-45

2026-02-09

JADID MAKTABLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI (ILMIY-TAHLILIY YONDASHUV)

Maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda shakllangan jadid maktablarining tarbiyaviy ahamiyati ilmiy-tahliliy yondashuv asosida yoritiladi. Jadidchilik harakatining maqsad va vazifalari, usuli jadid maktablarining mazmuni hamda milliy ong va ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Jadid maktablarining jamiyatni ma’rifat orqali yangilashdagi tarixiy roli asoslab beriladi.

Shohruza Mamatova

46-48

2026-02-09

ВЛИЯНИЕ ПРОЦЕССОВ ЦИФРОВИЗАЦИИ НА ЛИТЕРАТУРУ

Статья посвящена влиянию процессов цифровизации на литературу. Рассматриваются трансформации, затрагивающие чтение, производство художественных текстов, формы взаимодействия с литературой и способы ее распространения. Анализируются возможности, которые открывают цифровые технологии, а также проблемы, возникающие в связи с изменением читательских практик, утратой традиционных культурных моделей и ростом цифровой зависимости. Делается вывод о необходимости поиска баланса между новыми и классическими формами существования литературы.

Маргуба Садбарова, Ф.К. Хабибуллаева

49-52

2026-02-09

TURIZMDA MARKETING TADQIQOTLARI: NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY YONDASHUVLAR

Mazkur maqolada marketing tadqiqotlarining nazariy asoslari va amaliy yondashuvlari atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida marketing tadqiqotlarining mohiyati, vazifalari hamda ularning biznes qarorlarini qabul qilishdagi ahamiyati yoritib beriladi. Shuningdek, marketing tadqiqotlarining asosiy turlari — kabinet, dala, kazual va shu kabi tadqiqotlari, ularning usullari va qo‘llanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Amaliy qismda so‘rovnoma, intervyu va kuzatuv kabi dala tadqiqotlari misolida birlamchi ma’lumotlar yig‘ish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari marketing strategiyasini ishlab chiqishda nazariy va amaliy yondashuvlarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatib beradi.

Malika Abduxakimova

53-57

2026-02-09

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA SOGʻLOM TURMUSH TARZINI TASHKIL ETISH

Maktabgacha ta’lim muassasalarida (MTM) sog‘lom turmush tarzini tashkil etish bolalarda erta yoshdan to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, shaxsiy gigiyena va tartib-intizom ko‘nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi. Bu jarayon ertalabki badantarbiya, ochiq havoda sayrlar, vitaminli taomnomalar va sog‘lom muhitni ta’minlash orqali amalga oshiriladi, bu esa bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishi uchun zamin yaratadi.

Shohista Yo‘ldasheva

58-59

2026-02-09

TURKISTONLIK JADID

Ushbu maqolada ma’rifatparvar o‘qituvchi, jurnalist, muharrir hamda shahar ijroiya qo‘mitasi kotibi bo‘lib faoliyat yuritgan Lutfulla Olimiyning hayot yo‘li, ilmiy va ma’rifatparvarlik faoliyati keng yoritiladi. Maqolada uning ta’lim sohasidagi xizmatlari, matbuot va jurnalistika rivojiga qo‘shgan hissasi, muharrirlik faoliyati hamda jamiyatda ma’rifat va madaniyatni yuksaltirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Lutfulla Olimiyning ijtimoiy-siyosiy faoliyati, shahar boshqaruvidagi mas’ul lavozimdagi ishlari va o‘z davri ziyolilari orasidagi o‘rni tarixiy manbalar asosida yoritib beriladi. Maqola ma’rifatparvarlik harakatining mahalliy taraqqiyotdagi ahamiyatini ochib berishga xizmat qiladi.

Sarvinozxon Boqijonova, Gulchehra Dadamirzayeva

60-62

2026-02-09

TA'LIM JARAYONIDAMULOQAT ORQALI ONGLI FIKRLASHNI SHAKLLANTRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida muloqot orqali o‘quvchilarda ongli fikrlashni shakllantirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Unda zamonaviy ta’lim sharoitida mustaqil va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning dolzarbligi asoslab berilgan. Ongli fikrlash tushunchasi, uning pedagogik xususiyatlari hamda ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilingan. Muloqotning o‘qituvchi–o‘quvchi, o‘quvchilar o‘rtasidagi va guruhiy shakllari orqali fikrlash jarayonini faollashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Xususan, STAD (Student Teams–Achievement Divisions) metodi va interaktiv ta’lim usullarining o‘quvchilarning muloqot, hamkorlik, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli ochib berilgan. Shuningdek, ongli fikrlashni shakllantirishda shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga asoslangan va integrativ yondashuvlarning pedagogik ahamiyati asoslangan. Maqolada berilgan tavsiyalar ta’lim amaliyotida qo‘llash uchun metodik jihatdan muhim bo‘lib, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Nigora Sulaymonova

63-65

2026-02-09

ОСОБЕННОСТИ ЗАЩИТЫ ПЕРСОНАЛЬНЫХ ДАННЫХ В УГОЛОВНОМ ПРАВЕ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

В условиях цифровизации общественных отношений и активного внедрения информационно-коммуникационных технологий защита персональных данных приобретает особую значимость. Уголовное право Республики Узбекистан выступает одним из ключевых инструментов охраны персональных данных от наиболее опасных посягательств. В настоящем тезисе рассматриваются особенности уголовно-правовой защиты персональных данных, анализируются действующие нормы уголовного законодательства, а также выявляются основные проблемы и направления их совершенствования.

Икбола Баходирова

66-68

2026-02-09

XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARIDA MONOPOLIYAGA QARSHI SIYOSATNING O‘ZBEKISTON SHAROITIGA MOSLASHTIRILGAN KONSEPTUALYONDASHUVINI TAHLIL QILISH

O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va raqobat muhitini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlat xizmatlari, moliyaviy xizmatlar, savdo, transport-logistika, turizm va aloqa sohalarida raqamli platformalar va onlayn xizmatlar ulushi ortib bormoqda. Shu bilan birga, raqamli xizmatlar bozorida ayrim yirik subyektlarning ustun mavqega ega bo‘lishi, bozorga kirish to‘siqlarining kuchayishi va raqobat cheklanishi xavfi ham kuzatilmoqda. Bu holat monopoliyaga qarshi nazoratning samaradorligini oshirish va uni raqamli sharoitga moslashtirish zaruratini yuzaga keltiradi.

Nodirjon Bekbutayev

69-70

2026-02-09

XALQARO HUQUQIY NORMALARNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT QONUNCHILIGIGA TATBIQ ETISH MASALALARI

Globallashuv va xalqaro integratsiya jarayonlarining chuqurlashuvi sharoitida xalqaro huquq normalarining milliy huquq tizimlariga, xususan jinoyat qonunchiligiga tatbiq etilishi alohida ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda genotsid, terrorizm, odam savdosi, qiynoq va boshqa xalqaro xarakterga ega jinoyatlar alohida davlat doirasidan chiqib, butun insoniyat manfaatlariga tahdid solmoqda. Shu sababli davlatlar o‘z jinoyat qonunchiligini xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga muvofiqlashtirishga majbur bo‘lmoqda

Jaloliddin Normo‘minov

71-73

2026-02-09

ZO'RLIK ISHLATIB SODIR ETILADIGAN TALON-TOROJNING JINOYAT-HUQUQIY JIHATLARI

Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlatning eng asosiy vazifalaridan biri bo’lib, xususiy mulkka ega bo’lish ham boshqa shaxsiy huquqlar singari muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin so‘nggi vaqtlarda, o‘zga shaxsning mulkiga nisbatan o‘zboshimchalik bilan, zo‘rlik ishlatib tajovuz qilish holatlari ko‘payib bormoqda. Shu munosabat bilan zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan, talon-toroj jinoyatlarni jinoiy-huquqiy nuqtayi nazardan tadqiq qilish va xorijiy va milliy tajriba asosida takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda va quyida uning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida umumiy yondashuvlar berib o‘tilgan.

Domullojon Bahodirov

74-76

2026-02-09

ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ТОМОНИДАН СОДИР ЭТИЛГАН ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИ ОЛДИНИ ОЛИШ ЧОРАЛАРИНИ САМАРАЛИ ҚЎЛЛАШ МУАММОЛАРИ

Мақолада вояга етмаганлар томонидан содир этилган ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш чораларини самарали қўллаш билан боғлиқ муаммоларни ҳуқуқий таҳлил қилиш масалалар муҳокама қилинади. Муаллиф вояга етмаганлар томонидан содир этилган ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш чораларини ташкил этиш механизми тўғрисида ўзининг ва олимларнинг фикрларини келтириб ўтган. Муаллифнинг хулосалари асосида ҳуқуқни муҳофаза қилиш органларининг ҳуқуқни қўллаш фаолиятида вояга етмаганлар ҳуқуқбузарлигининг олдини олишни самарали ташкил этишнинг ўзига хос хусусиятлари бўйича тегишли илмий асосланган таклифлар ишлаб чиқилган.

Ш.Б. Ешмуратов

77-82

2026-02-09

САВДО МОЛИЯЛАШТИРИШДА АККРЕДИТИВ ТЎЛОВ МЕХАНИЗМИГА БЛОКЧЕЙН ТЕХНОЛОГИЯСИНИ ЖОРИЙ ЭТИШ ИМКОНИЯТЛАРИ: ЎЗБЕКИСТОН МИСОЛИДА

Жаҳон савдо ҳажмининг кенгайиши ва трансчегаравий операцияларнинг мураккаблашуви савдо молиялаштириш жараёнларини тезкор, ишончли ва арзон механизмлар асосида ташкил этишни талаб қилмоқда. Анъанавий аккредитив (Letter of Credit) тўлов усули ортиқча ҳужжат айланмаси, юқори транзакцион харажатлар ва вақт йўқотишлари билан тавсифланади, шу боис блокчейн технологиясини жорий этиш ушбу муаммоларни бартараф этишнинг долзарб йўналиши ҳисобланади.

Амур Жалилов

83-85

2026-02-09

РIRIMQUL QОDIRОVNING “YULDUZLI TUNLАR” АSАRIDА TАRIXIY SО‘ZLАRNING BАDIIY VА LINGVОРОЕTIK XUSUSIYАTLАRI

Mаzkur tеzisdа Рirimqul Qоdirоvning “Yulduzli tunlаr” rоmаnidа qо‘llаngаn tаrixiy sо‘zlаr tizimi lingvistik vа bаdiiy jihаtdаn tаhlil qilinаdi.

Аnvаr Jumаyеv , Xurshid Mаxаmmаdiyеv

86-88

2026-02-09

O‘ZBEK TILIDA “MELIORATSIYA”NING SEMANTIK KENGAYISHI: ILMIY-TEXNIK TERMINNING OMMAVIY NUTQQA KO‘CHISHI

Mazkur tezisda o‘zbek tilidagi “melioratsiya” terminining semantik evolyutsiyasi va, ayniqsa, ilmiy-texnik soha doirasidan ommaviy nutqqa ko‘chishi natijasida yuzaga kelgan semantik kengayish hodisasi tahlil qilinadi. Tadqiqot “melioratsiya”ning dastlabki terminologik yadrosi (yer-suv rejimini yaxshilashga qaratilgan muhandislik va agrotexnik chora-tadbirlar majmui) bilan ommaviy diskursda shakllangan periferik ma’nolar (umumiy “yaxshilash”, “tartibga keltirish”, “ta’mirlash”, “modernizatsiya”) o‘rtasidagi farqni ochib beradi. Natijada, terminning ommaviy nutqda qo‘llanishi ilmiy aniqlikni pasaytirishi, biroq kommunikativ iqtisod va institutsional ramkalashni kuchaytirishi ko‘rsatildi. Xulosada ilmiy matn va ommaviy matnlar uchun termin qo‘llash mezonlari taklif etiladi.

Sayyora Nazarova

89-91

2026-02-09

RAQAMLI DAVRDA SHAXS PSIXOLOGIYASI: TELEFON VA IJTIMOIY TARMOQLARNING TA’SIRI

Mazkur maqolada raqamli davr sharoitida mobil telefonlar va ijtimoiy tarmoqlarning shaxs psixologiyasiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Virtual muloqotning kengayishi, o‘z-o‘zini baholashdagi o‘zgarishlar, psixologik qaramlik, diqqat va uyqu buzilishlari kabi muammolar yoritilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalarning ijobiy jihatlari va ulardan ongli foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Feruza Urazboyeva

92-93

2026-02-09

SOVET HOKIMIYATI DAVRIDA NAVOIY VILOYAT MOLIYA BO‘LIMINING KADRLAR TAYYORLASH MASALASINING MILLIY ARXIV HUJJATLARIDA YORITILISHI (R-93-FOND MISOLIDA)

O‘zbekiston SSR moliya tizimining barqaror faoliyat yuritishi ko‘p jihatdan malakali kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq edi. Xususan, 1982–1988-yillarda iqtisodiy boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliya nazorati va rejalashtirish jarayonlarini kuchaytirish maqsadida moliya sohasida kadrlar tayyorlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Moliya organlarida kadrlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish bo‘yicha SSSR Moliya vazirining 1981-yil 8-maydagi 88-sonli “KPSS XXVI syezdi talablaridan kelib chiqib, moliya tizimi organlarida kadrlar bilan ishlashni yanada yaxshilash vazifalari to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda qisqa muddatli malaka oshirish kurslari orqali moliya xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash ishlari amalga oshirildi.

 

Go‘zal Sulaymonova

94-101

2026-02-09

MULTIMODAL TASHUVLARINING RIVOJLANISHI VA JAHON TAJRIBASI

Ushbu ilmiy ishimizda logistik operatsiyalarni amalga oshirishda samaradorlikka erishish, xarajatlarni kamaytirish va yuklarni o‘z vaqtida va sifatli holatda yetkazib berishda multimodal tizimlarini qo‘llashni iqtisodiy mazmuni tahlil etilgan. Shuningdek, jahon tajribalarini nazariy jihatdan o’rganilgan va mamlakatimizda multimodal tizimlarini rivojlantirishning istiqbollari o‘rganilgan.

Azizbek Tursinbayev

102-105

2026-02-11

KURSANTLAR MULOQOT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

Mazkur maqolada favqulodda vaziyatlar yoʻnalishi kursantlarida muloqot madaniyatini shakllantirish, muloqot jarayonida kommunikativ madaniyat, ularning asosiy vazifalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

B.Y. Boltayev

106-108

2026-02-11

CORPUS‑FOCUSED INSIGHTS INTO EMOTIONAL LEXICON IN ENGLISH AND UZBEK

Corpus evidence shows that English encodes emotional granularity through a dense network of near‑synonyms, each occupying slightly different semantic and pragmatic space. For example, sadness can be expressed as sad, upset, miserable, heartbroken, devastated, or down, with each word reflecting intensity, duration, or cause. Anger ranges from annoyed and irritated to furious and outraged, while happiness includes happy, joyful, delighted, thrilled, and content.

Abduramanova Nezire Enverovna

109-110

2026-02-11

View All Issues