SHARQ XALQLARI DUNYOQARASHIDA AXLOQIY ONG VA ADDIKTIV ODATLAR

Main Article Content

Аннотация:

Ushbu maqola O‘rta asr Sharq mutafakkirlari, xususan, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino va Abdurauf Fitratning addiktiv axloq masalasiga oid qarashlarini tahlil qiladi. Mualliflar bekorchilik, aysh-ishrat, qimor o‘yinlari, ichkilikbozlik va isrofgarchilik kabi g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlarni shaxsiy va ijtimoiy barqarorlikka tahdid sifatida ko‘rgan. Forobiy va Ibn Sino nazariyalarida shaxsning ma’naviy kamoloti, irodaviy barqarorligi va aql ustuvorligi addiktiv xulqni oldini olishning asosiy falsafiy mexanizmi sifatida ifodalanadi. Fitrat esa zamonaviy misollar orqali shaxsning irratsional istaklarga berilishi va ma’naviy zaiflikning ijtimoiy oqibatlarini yoritadi. Maqola sharqiy falsafiy tafakkurda shaxsning axloqiy tarbiyasi va jamiyat barqarorligi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib beradi hamda addiktiv xatti-harakatlarning oldini olishda ma’rifat, ta’lim va ichki ruhiy intilishning ahamiyatini ta’kidlaydi.

Article Details

Как цитировать:

Toshpo‘latov, D. . (2026). SHARQ XALQLARI DUNYOQARASHIDA AXLOQIY ONG VA ADDIKTIV ODATLAR. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 5(7), 11–14. извлечено от https://www.in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/77217

Библиографические ссылки:

Hasanov M.N. Abu Nasr Forobiy falsafiy antropologiyasining axloqiy tamoyillari. Fal.fan.bo’y.fal.dok.diss. avtoreferati. -Andijon: 2024. 15-bet.

Qurbonova O’.U. Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida ta’lim-tarbiya masalalari // BuxDU axboroti. 2018/2. B-257-262.

Shamsuddinova N.K. Abu Ali inb Sinoning tasavvufiy qarashlari. Fal.fan.dok.diss. avtoreferat. Buxoro: 2025. 21-bet.

Abdurauf Fitrat “Najot yo’li”. -Toshkent: “Ma’naviyat”, 2022. 34-bet