Joriy son
Jild 3 Nomeri 3 (2026): New Uzbekistan Journal of Academic Research
"New Uzbekistan Journal of Academic Research" is an open access, peer-reviewed international journal that publishes original research and review articles related to diverse areas. The main objective is to offer an intellectual platform to the international scholars and it aims to promote interdisciplinary studies in applied sciences. All manuscripts must be prepared in Uzbek, English or Russian languages and subject to a rigorous peer-review process.
Nashr qilingan: 2026-03-09
Maqolalar
KORXONA RAQOBAT STRATEGIYASINI TUZIB CHIQISH VA TADBIQ QILISH
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona o’z faoliyatini samarali tashkil etishi va bozorda mustahkam o’rin egallashi uchun aniq raqobat strategiyasiga ega bo’lishi zarur. Raqobat kuchayib borayotgan global iqtisodiy muhitda korxonalarning muvaffaqiyati ularning strategik rejalashtirish darajasiga bevosita bog’liqdir. To’g’ri ishlab chiqilgan va samarali tatbiq etilgan strategiya korxonaga uzoq muddatli barqarorlik va yuqori rentabellikni ta’minlaydi.
2026-03-09
MAGTYMGULY PYRAGYNYŇ ŞYGYRLARYNYŇ ÇEPERÇILIGI
Bu makalada Magtymguly Pyragy şygyrlarynyň çeperçilik aýratynlyklary ylmy taýdan seljerilýär. Şahyryň milli dili ösdürmekdäki hyzmaty, bogun we aruz ölçegleriniň ulanylyşy, kapyýa ulgamy hem-de çeperçilik serişdeleri baradaky aýratynlyklar giňden açylyp görkezilýär. Şeýle-de onuň goşuk (murapbag) görnüşini kämilleşdirmegi we halkylyk ýörelgesini berkitmegi barada anyk mysallar arkaly düşündirilýär.
2026-03-09
ENERGY POLICY OF UZBEKISTAN AND KAZAKHSTAN IN THE CONTEXT OF ECONOMIC SECURITY IN CENTRAL ASIA
This article provides a comprehensive analysis of the energy policies of Uzbekistan and Kazakhstan in the context of economic security in Central Asia. The study examines the strategies for managing oil, natural gas, and electricity resources in both countries, political initiatives aimed at ensuring energy independence, and opportunities for regional cooperation. Furthermore, the article analyzes mechanisms for strengthening economic security through the energy sector, reducing competition, and mitigating risks. The findings demonstrate how the energy policies of Uzbekistan and Kazakhstan influence regional stability, economic development, and integration with global energy markets.
2026-03-09
O‘ZBEKISTON BANK TIZIMIDA MIJOZLARNING KIBERXAVFSIZLIK SAVODXONLIGINI OSHIRISH: TASHKILIY VA AMALIY MUAMMOLAR HAMDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Mazkur maqolada O‘zbekiston bank tizimida mijozlarning kiberxavfsizlik savodxonligini oshirishning dolzarb masalalari tahlil qilinadi. Raqamli bank xizmatlari va masofaviy to‘lov tizimlarining keng joriy etilishi sharoitida mijozlarning axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari bank tizimi barqarorligining muhim omiliga aylanmoqda. Tadqiqot davomida kiberxavfsizlik savodxonligi tushunchasining nazariy asoslari yoritilib, uning tarkibiy elementlari va funksional ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, O‘zbekiston bank tizimida mijozlar savodxonligining hozirgi holati tahlil qilinib, tashkiliy va amaliy muammolar aniqlanadi. Xususan, axborot-tushuntirish ishlarining yetarli darajada tizimlashtirilmaganligi, raqamli xavfsizlik madaniyatining pastligi hamda ijtimoiy muhandislik bilan bog‘liq xatarlar asosiy omillar sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada mijozlarning kiberxavfsizlik savodxonligini oshirishga qaratilgan tashkiliy mexanizmlarni takomillashtirish, profilaktik choralarni kuchaytirish va zamonaviy raqamli vositalardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari bank tizimida kiberxavfsizlikni mustahkamlash va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
2026-03-09
AGRAR SEKTORDA EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA HUDUDLAR IMKONIYATLARI
Mazkur maqolada O‘zbekiston agrar sektorida eksport salohiyatini oshirishda hududiy imkoniyatlar va ularning iqtisodiy ahamiyati tahlil qilinadi. Mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasining milliy iqtisodiyotdagi o‘rni, hududlar kesimida ishlab chiqarish ixtisoslashuvi hamda eksportni rivojlantirish omillari statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda agrar mahsulotlar eksportining o‘sish dinamikasi, hududiy resurslar, logistika tizimi hamda klaster tizimining roli ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, agrar eksportni rivojlantirishda hududiy infratuzilma, qayta ishlash sanoati va xalqaro savdo aloqalarining ahamiyati yoritilgan.
2026-03-10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA MANTIQIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ O‘ZAKI IJODI NAMUNALARINING O‘RNI VA AHAMIYATI
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining psixologik rivojlanishi va mantiqiy tafakkurini shakllantirish jarayonida xalq og‘zaki ijodi namunalarining pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirish zarurati hamda folklor namunalarining tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlari ilmiy manbalar asosida o‘rganiladi. Shuningdek, boshlang‘ich ta’lim jarayonida ertaklar, maqollar, topishmoqlar, rivoyatlar va dostonlardan foydalanish orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tasavvur qilish, nutq madaniyati va ijtimoiy munosabat ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yoritiladi. Interfaol va interaktiv metodlar yordamida folklor materiallarini o‘qitish samaradorligi ham tahlil qilinadi.
2026-03-10
JAZOLASH EMAS, JAMIYATGA QAYTARISH
Ko‘p hollarda huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llaniladigan javobgarlik choralarini og‘irlashtirish va buning natijasida ularni bir qancha huquqlardan mahrum etish ularni jazolashning eng yaxshi vositasi deb qarash ustuvor ekanligi kuzatiladi. Ya’ni jazo choralari qilmishi uchun huquqbuzarlarni pushaymon qildirish, tavbasiga tayantirish va qilmishiga mutanosib “xo‘rlash” uchun qo‘llaniladi, degan fikr ustuvorligiga bot-bot duch kelamiz.
2026-03-10
ЖЕНСКОЕ БЕСПЛОДИЕ: СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ДИАГНОСТИКИ И ЛЕЧЕНИЯ
В настоящем исследовании изучены особенности диагностики и лечения женского бесплодия в Ферганском регионе. Проведён анализ 186 пациенток репродуктивного возраста (20-39 лет), проходивших обследование и лечение в гинекологических учреждениях региона. Оценивались причины бесплодия, эффективность диагностических методов и результаты различных терапевтических подходов. Установлено, что наиболее частыми причинами бесплодия являются эндокринные нарушения, воспалительные заболевания органов малого таза и синдром поликистозных яичников. Полученные результаты свидетельствуют о необходимости ранней диагностики, комплексного обследования и применения современных репродуктивных технологий.
2026-03-10
ALEKSANDR FAYNBERGNING “SUZAYAPMAN, MUHABBAT, OLIS…” SHE’RI BADIIY VA FALSAFIY TAHLILI
Ushbu maqolada rus va o‘zbek xalq shoiri Aleksandr Faynberg qalamiga mansub “Suzayapman, muhabbat, olis…” she’ri chuqur badiiy va falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Bundan tashqari, shoirning tabiat bilan inson ruhiy kechinmalarini satrlarda ifoda etishi va jonlantirish san’atidan mahoratli foydalanishi muhokama qilinadi.
2026-03-12
ALEXANDER FAYNBERG SHE’RIYATIDA VAQT KONSEPSIYASI VA INSON HAYOTI FALSAFASI
Ushbu maqolada mashhur shoir Alexander Faynberg she’riyatida vaqt konsepsiyasi hamda inson hayoti falsafasining badiiy talqini tahlil qilinadi. Shoir ijodida vaqtning o‘tkinchiligi, inson umrining ma’naviy mazmuni, xotira, sog‘inch va hayotiy tajribalar poetik ifoda vositalari orqali yoritib beriladi. Faynberg she’riyatida vaqt faqat kronologik jarayon sifatida emas, balki inson ruhiyati va hayotiy tajribasi bilan chambarchas bog‘liq falsafiy kategoriya sifatida namoyon bo‘lishi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada shoir ijodidagi badiiy obrazlar, metaforalar va falsafiy qarashlar tahlil qilinib, ularning zamonaviy adabiyotdagi ahamiyati ochib beriladi.
2026-03-12
ALEXANDER FAYNBERG LIRIKASIDA ODDIY INSON HAYOTINING POETIK ESTETIKASI.
Ushbu maqolada shoir Alexander Faynberg lirikasida oddiy inson hayotining poetik-estetik talqini tahlil qilinadi. Shoir ijodida kundalik hayot manzaralari, insoniy tuyg‘ular, mehnat, muhabbat va hayotiy tajribalar badiiy obrazlar orqali ifodalanishi yoritib beriladi. Faynberg she’riyatida oddiy inson hayoti yuksak badiiy darajaga ko‘tarilib, insoniy qadriyatlar, samimiyat va ruhiy kechinmalar orqali tasvirlanadi. Maqolada shoir lirikasidagi estetik qarashlar, badiiy tasvir vositalari hamda inson hayotiga bo‘lgan falsafiy munosabat tahlil qilinadi.
2026-03-12
ALEKSANDR FAYNBERGNING “OY MANZARASI” SHE’RIDA TABIAT TASVIRI VA FALSAFIY MUSHOHADA
Mazkur maqolada Aleksandr Faynbergning “Oy manzarasi” she’ri badiiy tahlil qilinadi. Asarda tabiat manzaralari orqali inson ruhiyati, tafakkur jarayoni hamda falsafiy mushohadalar ifodalanishi yoritiladi. She’rda qo‘llangan obrazlar tizimi, metafora, epitet va tasviriy vositalar tahlil qilinib, shoirning poetik mahorati ochib beriladi.
2026-03-12
BEYOND POETRY: THE CULTURAL AND LITERARY LEGACY OF ALEKSANDR FAYNBERG
Less known dimensions of Aleksandr Faynberg are discussed in this paper by providing detailed information about each field. Moreover, the poet’s role as a cultural bridge between Uzbek and Russian literature is clearly evaluated.
2026-03-12
ИЗУЧЕНИЕ ЯВЛЕНИЯ СИНТАКСИЧЕСКОЙ ДЕРИВАЦИИ В МИРОВОЙ ЛИНГВИСТИКЕ
В данной статье рассматривается изучение явления синтаксической деривации в мировой лингвистике, а также освещаются вопросы исследования принципов синтаксической деривации в настоящее время.
2026-03-12
APPLIKATIV MODEL VA SO‘Z BIRIKMALARI SHAKLLANISHI
Ushbu maqolada applikativ model vas so‘z birikmalari shakllanishi xususida fikr yuritilgan. Rus tilshunoslarining tadqiqotlari hozirgi kungacha so‘z birikmasining lingvistik maqomi, faqat mustaqil so‘zlar emas, balki, nomustaqil so‘z bilan mustaqil so‘z munosabatidan ham so‘z birikmasi shakllanishi mumkin ekanligi borasida to‘xtalib o‘tilgan.
2026-03-12
FARG’ONADA XALQ TA’LIMI MAKTABLARINING MODDIY-TEXNIK BAZASI VA AHVOLI
Mazkur maqola mustaqillikkacha bo‘lgan davr ya’ni XX asr 80-yillaridan boshlab Farg’ona xalq ta’limining maktablari va unda faoliyat yurituvchi o‘qituvchilarning moddiy ahvoli haqida qisqacha ma’lumot beradi. 1991-yildan keyingi dastlabki davrlar xalq ta’limi moddiy ahvoli haqida ayrim fikr mulohazalar berib o‘tilgan.
2026-03-12
JINOYAT PROTSESSIDA DALILLARNING MAQBULLIGI MEZONLARI VA MASALALARI
Mazkur ilmiy maqolada jinoyat protsessida dalillarning maqbulligi tushunchasi, uning nazariy-huquqiy asoslari hamda amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Dalillarning maqbulligi jinoyat sudlovining adolatli va qonuniy amalga oshirilishini ta’minlovchi muhim shartlardan biri hisoblanadi. Maqolada dalillarni maqbul deb topish mezonlari, xususan, ularning qonuniy manbadan olinishi, protsessual tartibga rioya qilinishi, shaxsning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga zarar yetkazilmasligi kabi talablar ilmiy jihatdan asoslab berilgan
2026-03-13
BETONNING REOLOGIK VA MUSTAHKAMLIK XOSSALARINI TAJRIBAVIY TADQIQ ETISH
Ushbu maqolada B25 sinfli betonning reologik va mustahkamlik xossalari laboratoriya sharoitida tajribaviy ravishda tadqiq etildi. Beton tarkibida M500 markali sement va kimyoviy plastifikator qo‘llanildi. Beton qorishmasining reologik xossalari konus cho‘kishi usuli yordamida, mustahkamlik ko‘rsatkichlari esa 7 va 28 sutkalik kub namunalarni siqilishga sinash orqali aniqlandi. Olingan natijalar betonning yuqori oquvchanligi bilan birga talab etilgan mustahkamlikni ta’minlash mumkinligini ko‘rsatdi.
2026-03-13
INGLIZ TILIDA MATN TURLARI
The aim of the article is to find out the importance of texts in teaching foreign languages at some age. To improve learners’ knowledge a lot of texts ought to be exploited. The article focuses on the types of texts in English and try to depict broader.
2026-03-13
O‘TKAZGICHLARDA ELEKTR ZARYADLARNING TAQSIMLANISHI MAVZUSINI 4K YONDASHUVI ASOSIDA O‘QITISH METODIKASI
Ushbu maqolada o‘tkazgichlarda elektr zaryadlarning taqsimlanishi mavzusini 4K kompetensiyalari (kritik fikrlash, kreativlik, kommunikatsiya va kollaboratsiya) asosida o‘qitish metodikasi ishlab chiqilgan. Tadqiqotda muammoli o‘qitish, modellashtirish, guruhli muhokama va reflektiv topshiriqlarni o‘z ichiga olgan didaktik model taklif qilinadi. Pedagogik tajriba 8-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazildi. Tajriba guruhi (8A – 22 nafar o‘quvchi) 4K yondashuvi asosida o‘qitildi, nazorat guruhi (8B – 20 nafar o‘quvchi) esa an’anaviy metodika asosida ta’lim oldi. Tadqiqot natijalari 4K metodikasidan foydalangan holda o‘quvchilarning konseptual tushunish darajasi, muammo yechish ko‘nikmalari hamda ilmiy muloqot qobiliyati sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi. Taklif etilgan metodika fizika ta’limida kompetensiyaviy yondashuvni rivojlantirish va murakkab elektrostatik tushunchalarni samarali o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
2026-03-13
AGRAR SOHADA BOZOR MUNOSABATLARINI BOSQICHMA-BOSQICH JORIY QILISH MEXANIZMLARI
Ushbu maqolada agrar sohada bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich joriy etishning nazariy-uslubiy asoslari, institutsional mexanizmlari va amaliy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, agrar tarmoq milliy iqtisodiyotning strategik sektori bo‘lib, unda samarali bozor mexanizmlarini shakllantirish oziq-ovqat xavfsizligi, bandlik va hududiy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Maqolada agrar islohotlarning evolyutsion modeli asoslab berilib, davlat tomonidan tartibga solishdan bozor tamoyillariga o‘tish jarayoni bosqichlar kesimida yoritilgan. Tadqiqotda agrar bozorda mulkchilik munosabatlarini diversifikatsiya qilish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, narx erkinligini ta’minlash hamda infratuzilmani rivojlantirish kabi yo‘nalishlar tahlil etilgan. Xususan, O‘zbekiston agrar siyosatida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida klaster tizimi, kooperatsiya munosabatlari va davlat subsidiyalari mexanizmlarining o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, maqolada xalqaro tajriba, jumladan, rivojlangan mamlakatlarda agrar bozorni tartibga solish usullari qiyosiy tahlil asosida ko‘rib chiqilgan. Maqolada iqtisodiy-statistik usullar, tizimli tahlil va mantiqiy umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, agrar sohada bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich joriy qilish barqarorlikni saqlagan holda samaradorlikni oshirish, ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish va raqobat muhitini shakllantirish imkonini beradi. Shu bilan birga, davlatning muvozanatlashtiruvchi roli saqlanib qolishi zarurligi asoslab berilgan.
2026-03-13
PLYOMETRIK MASHQLAR TIZIMINING YOSH FUTBOLCHILAR PORTLOVCHI KUCHIGA TA'SIRI
Plyometrik mashqlar bu mushaklarning choʻzilish-qisqarish tsiklidan (SSC stretch-shortening cycle) foydalanib, portlovchi kuchni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar tizimi hisoblanadi. Sport biomexanikasi sohasidagi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, plyometrik mashqlar neyromuskular tizimga an'anaviy kuch mashqlariga qaraganda sifatli jihatdan farqli stimul beradi: ular markaziy asab tizimining mushaklar qisqarishini boshqarish samaradorligini oshiradi, muskullararo koordinatsiyani yaxshilaydi va reaktiv kuch qobiliyatini rivojlantiradi [1].
2026-03-13
MAMLAKATIMIZDA QONUNCHILIK MANBALARIDA HUQUQIY TAʼLIM VA TARBIYANI AKS ETIB BORISHI
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida huquqiy ta’lim va tarbiyaning shakllanishi hamda uning qonunchilik manbalarida aks etishi masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Huquqiy madaniyatni shakllantirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rib chiqilib, mamlakatimiz Konstitutsiyasi, ta’limga oid qonunlar, davlat dasturlari hamda normativ-huquqiy hujjatlarda huquqiy ta’lim va tarbiya masalasining qanday ifodalanganligi o‘rganiladi. Shuningdek, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, ta’lim tizimida huquqiy bilimlarni oshirish mexanizmlari hamda yosh avlodni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashning ijtimoiy ahamiyati tahlil qilinadi.
2026-03-13
