Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Nashr qilingan: 2025-09-02

ҚОРАҚАЛПОҚ ТИЛИДА СЎЗЛАШУВЧИ ТАЛАБАЛАР УЧУН ТУРК ТИЛИНИ МОБИЛ ИЛОВАЛАР ВА ОВОЗЛИ ТАРЖИМОНЛАР ЁРДАМИДА ЎРГАТИШ ИМКОНИЯТЛАРИ

Бугунги кунда глобаллашув жараёнида хорижий тилларни, айниқса қардош турк тилини ўрганишга талаб ошиб бормоқда. Турк тили Қорақалпоқ жамияти учун нафақат маданий яқинлиги, балки иқтисодий ва таълимий алоқалар нуқтаи назаридан ҳам муҳим аҳамиятга эга. Шу боис Қорақалпоқ тилида сўзлашувчи талабаларнинг турк тилини самарали ўрганиш усулларини излаш долзарб вазифалардан бири саналади.

Меҳрибан Алланиязова

4-5

2025-08-31

MUAYYAN HUQUQDAN MAHRUM QILISH QOʻSHIMCHA JAZO TURI SIFATIDA

Maqolada muayyan huquqdan mahrum qilishni qo‘shimcha jazo sifatida tayinlashning bahsli masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Sud amaliyoti misollarida uni qo‘llashning izchil bo‘lmagan amaliyoti aniqlanmoqda. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalarining kumulyativ sanksiyalarini birxillashtirish bo‘yicha mulohazalar bildirilmoqda. Ushbu jazoning muddatlari va ularning sudlanganlik, da’vo muddatlari bilan o‘zaro nisbati tahlil qilinmoqda.

Nurjamal Ametova

6-11

2025-08-31

BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA TALAB VA TAKLIF MUVOZANATI

Ushbu maqolada bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklif muvozanatining mohiyati, shakllanish mexanizmlari va iqtisodiy jarayonlarga ta’siri uzviy tarzda tahlil qilinadi. Talab va taklif tushunchalari, ularni shakllantiruvchi ichki va tashqi omillar, muvozanat narxi va iqtisodiyotdagi roli empirik misollar bilan birga ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, iqtisodchilarning fikrlari asosida bozor mexanizmining samaradorligi va barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati yoritiladi.

Alim Baxiev

12-13

2025-08-31

ENHANCING SPEAKING PROFICIENCY OF B1-LEVEL LEARNERS IN SECOND LANGUAGE ACQUISITION: STRATEGIES, INTERVENTIONS, AND PEDAGOGICAL IMPLICATIONS

Speaking is widely recognized as one of the most challenging skills in second language acquisition (SLA). While learners at the B1 level have reached an intermediate stage of competence, they often struggle with fluency, accuracy, and confidence. This research aims to explore effective pedagogical and technological interventions to improve B1 learners’ speaking performance. The study will employ a mixed-methods approach, comparing traditional instruction with communicative, task-based, and technology-supported strategies. Pre- and post-test speaking assessments, classroom observations, learner reflections, and teacher feedback will be used to evaluate effectiveness. The outcomes are expected to contribute to SLA theory and provide actionable guidelines for educators and curriculum designers.

Zarina Dilmurotova

14-15

2025-08-31

“YASHIL IQTISODIYOT”NI RIVOJLANTIRISHDA STARTAP-INNOVATSION G‘OYALAR VA ULARNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida startaplarning tutgan o‘rni, ularning innovatsion g‘oyalari orqali xalqaro investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari tahlil qilingan, xulosalar shakllantirilgan.

Jasur Omandavlatov

16-19

2025-08-31

SILYBUM MARIANUM URUG‘LARI QURUQ EKSTRAKTI TARKIBIDAGI AMINOKISLOTALARNI YUQORI SAMARALI SUYUQLIK XROMATOGRAFIYASI (HPLC) YORDAMIDA TAHLIL QILISH

Silybum marianum, odatda sutxil (milk thistle) deb ataladi, turli kasalliklarni davolash uchun an’anaviy tibbiyotda uzoq tarixga ega. O‘zbekistonning zamonaviy farmatsevtik tadqiqotlari Al-Beruniy, Al-Xorazmiy va Abu Ali ibn Sina kabi olimlarning merosiga tayangan holda o‘simliklardan biofaol moddalarning ilmiy asosda o‘rganilishiga qaratilgan. Aminokislotalar inson sog‘lig‘i uchun muhim bo‘lib, terapevtik ta’sirga ega va organizmda boshqa moddalar o‘zlashtirilishini kuchaytiradi. Silybum marianum urug‘lari quruq ekstrakti jigarga foydali bo‘lgan xususiyatlari bilan mashhur bo‘lib, oqsillar va aminokislotalarni o‘z ichiga oladi, ular turli fiziologik funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

N.A. Akbarov, F.S. Kayumov, G.G. Qayumova, Z.U. Mamatkulov

20-21

2025-08-31

KO'KRAK SARATONINI ERTA ANIQLASHDA YANGI TEXNOLOGIYA – ONCOVISION AI

Ko'krak saratoni ayollar o'rtasida eng keng tarqalgan onkologik kasallik bo'lib, 2022-yilda dunyo bo'ylab 2,3 million yangi holat qayd etilgan. Erta aniqlash 5 yillik omon qolish ehtimolini 95%gacha oshiradi, ammo mammografiya diagnostikasida 10-20% xato salbiy natijalar kuzatiladi. Ushbu tadqiqot deep learning texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan Oncovision AI tizimini taqdim etadi. 50,000 mammografiya tasviri bazasida o'qitilgan tizim 97,3% aniqlik va 42% xato salbiy natijalar kamayishiga erishdi. Natijalar Oncovision AI ning radiologlar bilan birgalikda ishlashda diagnostika samaradorligini sezilarli oshirishini ko'rsatadi.

Mohichehra Saloxiddinova

22-23

2025-08-31

JISMONIY TARBIYA VA SOG‘LOMLASHTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN PEDAGOGIK JARAYONLAR

Ushbu maqolada jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish jarayonlarining pedagogik asoslari, ularni amalga oshirishda qo‘llaniladigan metodlar, omillar va natijadorlik mezonlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, yosh avlodning jismoniy, psixologik va ma’naviy rivojida jismoniy tarbiyaning ahamiyati, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi.

Umida Maxramova

24-25

2025-08-31

NUTQ NUQSONLARI VA ULARNING BARTARAF ETISH YO‘LLARI

Maqolada nutq nuqsonlarining kelib chiqish mexanizmlari, tasnifi, diagnostika yondashuvlari va korreksion-pedagogik hamda klinik reabilitatsiya strategiyalarining ilmiy asoslari yoritiladi. Adabiyotlar sharhi va amaliy tajriba umumlashtirishga tayangan holda, artikulyatsion-fonologik buzilishlar, dizartriya, apraksiya, duduqlanish, klattering, rinolaliya, afaziya hamda ikki tillilik sharoitida uchraydigan nutq rivojlanishi kechikishlari kabi holatlarning psixolingvistik, neyropsixologik va audiologik omillar bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tadqiqot dizayni sifatida tizimli adabiyotlar sharhi, klinik-amaliy kuzatishlar va ta’lim muassasalari sharoitida olib borilgan logopedik mashg‘ulotlar monitoringi tanlandi; qo‘llanilgan metodlar tarkibida standartlashtirilgan skrining, fonetik-fonologik tahlil, akustik kuzatish, motor rejalashtirishni baholash, shuningdek, oqilona dalillarga asoslangan terapiya protokollari monitoringi mavjud. Natijalarda zamonaviy yondashuvlar – fonologik sikllar, minimal juftliklar, yadro lug‘at interven­siyasi, motor nutq uchun sensor-motor qo‘llab-quvvatlash, duduqlanishda erta yosh uchun Lidcombe, o‘smir va kattalarda xulq-atvor-terapevtik va nutq tezligini modulyatsiya qiluvchi dasturlar, AAC (augmentativ va alternativ kommunikatsiya), oilaviy-partnerlik va inkluziv sinf hamkorligi – samarali deb baholanadi.

Sakina Abdullajonova

26-30

2025-08-31

IMTIYOZLAR (TA’LIM, SOLIQ VA BOSHQA SOHALARDA) KERAKMI?

ushbu maqolada Yangi O’zbekiston taraqqiyot bosqichida imtiyozlar institutining dolzarbligi, ularning ijtimoiy adolat, iqtisodiy barqarorlik va huquqiy  tenglikni ta’minlashdagi o’rni tahlil qilinadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, Soliq kodeksi, ta’lim va ijtimoiy himoya sohalaridagi qonunlari asosida imtiyozlarning huquqiy-me’yoriy bazasi o’rganiladi. Ayniqsa, ta’lim konstraktini davlat hisobidan to’lab berish, soliqqa oid yengilliklar va ijtimoiy zaif qatlamlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar bo’yicha amaliy misollar tahlil qilinadi. Maqoladi xalqaro tajriba – AQSH, Germaniya, Rossiya kabi davlatlardagi imtiyoz siyosatining solishtirmali tahlili beriladi hamda mavjud imityozlarning samaradorligi, ularni baholash zarurati va adolatli taqsimlanishini ta’minlash mexanizmlari muhokama qilinadi hamda imityozlar faqatgina maqsadli, shaffof va nazorat qilinadigan shaklda joriy etilishi lozim degan xulosani ilgari suradi.

Bahora Murodova

31-36

2025-08-31

YASSAVIY MEROSI – TURKIY XALQLAR MA’NAVIY UYG‘ONISHINING MANBAI

Xoja Ahmad Yassaviy turkiy xalqlar ma’naviyati va ruhiy hayotida alohida o‘rin tutgan mutasavvif, shoir va murshid sifatida Sharq tafakkuri tarixida chuqur iz qoldirgan. Uning “Hikmatlar”i nafaqat diniy-axloqiy g‘oyalarni targ‘ib qilgan, balki turkiy xalqlarni birlikka, adolat va komillikka da’vat etuvchi ma’naviy dastur vazifasini bajargan. Yassaviy merosi xalq og‘zaki ijodi, diniy ta’limot va tasavvufiy tafakkurning uyg‘unlashuvi asosida shakllanib, keyingi asrlarda turkiy xalqlar madaniyati, adabiyoti va ijtimoiy hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu maqolada Yassaviy asarlarining g‘oyaviy mohiyati, ularning ma’naviy uyg‘onish jarayonidagi roli hamda zamonaviy davr uchun ahamiyati tahlil qilinadi.

Nilufar Sapayeva

37-39

2025-08-31

OROL DENGIZI FOJIASI

Orol dengizi- bir vaqtlar dunyodagi eng katta koʻllardan biri boʻlgan , maydoni 68 kvadrat kilometr boʻlib, uning sohillarida baliqchilik, kemasozlik va port shaharlari Moʻynoq va Aralsh mavjud boʻlgan. Ammo oradan koʻp vaqt oʻtmay Orol dengizi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik fojialardan biriga aylandi. Hozirgi kunda uning oʻrniga vayron boʻlgan kemalar va qishloqlar qolgan. Bu voqea nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo uchun dolzarb muammoga aylangan. Ushbu maqolada Orol dengizining qurish sabablari, insoniyat va tabiatga keltirayotgan zararlari haqida soʻz yuritiladi.

Shabbona Muxammadiyeva

40-41

2025-08-31

BADIIY OLAMDA XRONOTOPNING O‘RNI

Xronotopning badiiy adabiyotdagi funksiyasi, uning asardagi badiiy qahramonlarni ruhiy-ma’naviy olamini ochishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Matn tarkibidagi har bir unsur, asar voqealarini makon va zamondagi dialektik birligini namoyon etuvchi vosita ekanligi, qahramon ma’naviy olamini yuzaga cvhiqishini ta’minlash bilan bir qatorda, ularning botiniy olamini ham ochib beradi. Ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat” romanidagi xronotop talqinlari, roman tarkibidan o‘rin olgan xususiyatlari tahlil qilindi.

Vahabjon Avazov

42-47

2025-08-31