YOZUVCHI LISONIY SHAXSINING VOQELANISHIDA – INDIVIDUAL USLUB
Main Article Content
Abstract:
Lisoniy shaxs til imkoniyatlaridan to‘liq foydalanuvchi, lisoniy bilimini amalda nutqi orqali namoyon eta oluvchi, tilga ta’sirini o‘tkazuvchi shaxsdir. Rus tilshunosi Y.N.Karaulov “Har qanday matn ortida lisoniy tizimlarni egallagan shaxs turadi”, – deya ta’kidlaydi. Badiiy matn boshqa matn turlaridan imkoniyatining kengligi bilan ajralib turadi. Yozuvchining ijodiy mahsuli bo‘lmish badiiy matn til va shaxs munosabatlarini o‘rganishdagi asosiy manba bo‘lib, unda shaxsning, ya’ni yozuvchining lisoniy bilimi, salohiyati, so‘z qo‘llash mahorati, olamni anglashi va uni ifodalashi yaqqol namoyon bo‘ladi. Lisoniy shaxs tushunchasiga D.Niyazova “Badiiy matnda lisoniy shaxs tiplari” deb nomlangan dissertatsiyasida “Lisoniy shaxs nutq tuzuvchi va uni idrok etuvchi, tildan foydalanish jarayonida unga o‘z shaxsiy sifatlari bilan ta’sir ko‘rsatuvchi, jamiyatda shakllangan milliy-madaniy qarashlarni tilda namoyon etuvchi shaxsdir”, – deya baholaydi.
Article Details
How to Cite:
References:
Караулов Ю.Н. Русская языковая личность и задача её изучения // Язык и личность. – М.: Наука, 1989. – С. 3-8.
Ниязова Д. Бадиий матнда лисоний шахс типлари: Филол. фан. б. фалс. док. (РhD) дисс. автореф. ‒ Қарши, 2020. ‒ B. 21.
Қаландаров Ш. Ўзбек лингвомаданий муҳитида халқ мақоллари эвфемизацияси: Филол. фан. б. фалс. док. (PhD) дисс. – Фарғона, 2019. – Б. 109.
Saatova S. O‘zbek tilida lisoniy shaxs shakllanishining ijtimoiy omillari. Filol. fan. b. fals. dok. (PhD) diss. avtoref. ‒ Toshkent, 2025. ‒ 59 b.
Umurzoqova M. Badiiy matnda lisoniy shaxs voqelanishining sotsiopragmatik va lingvomadaniy aspekti: Filol. fan. dok. (DSc)… diss. – Toshkent, 2024. – B. 23.
Yo‘ldasheva X. Badiiy matnning sotsiopragmatik tadqiqi: Filol. fan. dok. (DSc)… diss. – Qarshi, 2023. – B. 133.
