Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2026-03-14
Статьи
BRAILLE NOTA TIZIMI VA UNING MUSIQIY TAFAKKUR SHAKLLANISHIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada professional musiqa ta'limida Brayl nota tizimining tarixiy shakllanishi, institutsional rivojlanishi va metodologik ahamiyati tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor ko‘zi ojiz musiqachilarning musiqiy tafakkurini shakllantirishda Brayl nota tizimining roliga qaratiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, Brayl nota tizimi shunchaki yozuvning moslashtirilgan shakli emas, balki musiqiy materialni o'rganish, tahlil qilish va o'zlashtirish uchun noyob kognitiv modeldir. Uning chiziqli va ketma-ket tuzilishi musiqiy tafakkurning analitik, interval-strukturaviy va mantiqiy jihatlarini rivojlantiradi. Shuning uchun, Brayl nota tizimini professional musiqa ta'limi o’quv dasturlariga joriy etish inklyuziv ta'lim metodologiyasining muhim jihati deb hisoblanishi kerak.
2026-03-13
UNIVERSAL TENDENCIES IN THE SEMANTIC STRUCTURING OF THE NUMBER CATEGORY IN ENGLISH AND UZBEK PROVERBS
This article explores the role of the category of number in the formation of meaning in English and Uzbek proverbs. Proverbs, as a reflection of the cultural and cognitive worldview of societies, utilize numerical expressions to convey complex ideas. The research identifies common tendencies in the use of numbers to express intensification, quantification, and generalization in both English and Uzbek proverbs. While these tendencies are shared across languages, cultural differences influence the interpretation and application of numbers, leading to unique semantic structures. The paper contributes to a deeper understanding of how the category of number shapes meaning in different linguistic and cultural contexts. This comparative analysis sheds light on the cognitive role of numbers in language and how they reflect universal and culture-specific cognitive processes.
2026-03-13
OLIY TA’LIMDA "SMART-UNIVERSITET" MODELINI SHAKLLANTIRISHNING TASHKILIY-METODIK ASOSLARI VA RAQAMLI DIDAKTIKASI
Ushbu maqola pedagogik OTMning bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari uchun mo‘ljallangan. Talabalar kreativ kompetensiyalarini raqamli texnologiyalar asosida metodik takomillashtirishda taʼlimning innovatsion tashkiliy-didaktik shakllarini qoʻllashning pedagogik shart-sharoitlari va sifat koʻrsatgichlari, axborot-didaktik taʼminoti tavsiflangan. Talabalarning kreativ kompetensiyalarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish metodikasi, innovatsion yondashuv asosida yoritilgan.
2026-03-16
INNOVATIONS AND CHALLENGES IN THE DEVELOPMENT OF THE MODERN EDUCATIONAL SYSTEM
This article analyzes the role, significance, and promising possibilities of artificial intelligence (AI) technologies in the education system in the context of modern digital transformation. The article covers the issues of personalizing the educational process, improving curricula, introducing virtual assistants, and expanding the possibilities of distance learning. Also, based on foreign experience, the influence of AI technologies on the activities of teachers, the automation of assessment processes, and their role in the democratization of global education are considered. The article substantiates that AI is an innovative and effective factor in improving the quality of education and focuses on ethical aspects in the field.
2026-03-16
ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBUR SHAXSIYATIDA INSONPARVARLIK G’OYALARI
Ushbu Maqolada buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning dunyo sivilizatsiyasidagi o‘rni, shaxsiyatida o‘ziga xos xislatlari, hayotiy prinsiplari, xalqparvar amallari haqida fikr yuritiladi. Boburning insonparvarlik g‘oyalari uning Hindistondagi bunyodkorlik ishlari, mamlakatni gullab-yashnatishi va sharqona madaniyatni olib kirishdagi xizmatlari orqali ochib berilgan.
2026-03-16
BOLALAR SEREBRAL FALAJIDA DIZARTRIYA NUTQ BUZILISHINI O‘RGANISHNING KLINIK VA LOGOPEDIK ASOSLARI
Mazkur maqolada bolalar serebral falaji (BSF) bilan og‘rigan bolalarda dizartriya nutq buzilishining kelib chiqish omillari, klinik belgilari hamda logopedik diagnostika jarayoni yoritilgan. Tadqiqotda nutq apparati motorikasining buzilishi, artikulyatsiya jarayonining yetarli shakllanmasligi hamda nutqning fonetik va prosodik komponentlaridagi kamchiliklar tahlil qilindi. Shuningdek, BSF bilan kasallangan bolalarda nutq buzilishlarini korreksiyalash jarayonida qo‘llaniladigan logopedik usullar ilmiy manbalar asosida ko‘rib chiqildi.
2026-03-16
BOLALAR SEREBRAL FALAJI BILAN OG‘RIGAN BOLALARDA DIZARTRIYA NUTQ BUZILISHINI ANIQLASH VA LOGOPEDIK KORREKSIYA JARAYONINING ILMIY ASOSLARI
Ushbu maqolada bolalar serebral falaji (BSF) bilan og‘rigan bolalarda uchraydigan dizartriya nutq buzilishining klinik va logopedik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda nutq apparati motorikasining buzilishi, artikulyatsion harakatlarning koordinatsiyasi yetarli shakllanmaganligi hamda nutqning fonetik-prosodik tomonlaridagi o‘zgarishlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, dizartriya nutq buzilishini aniqlash jarayonida qo‘llaniladigan diagnostik metodlar va logopedik korreksiya yo‘nalishlari ilmiy manbalar asosida tahlil etilgan.
2026-03-16
XALQ AMALIY SAN’ATI VOSITASIDA O‘QUVCHILARNING IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Mazkur maqolada xalq amaliy san’ati vositasida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim jarayonida milliy amaliy san’at elementlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning estetik didi, mustaqil fikrlashi hamda ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish imkoniyatlari yoritib beriladi. Maqolada o‘quvchilarning ijodiy faolligini rivojlantirishda pedagogik muhit, o‘qitish metodlari va amaliy mashg‘ulotlarning ahamiyati ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan.
2026-03-16
РАЗВИТИЕ ФЛЕЙТОВОГО ИСКУССТВА ВО ФРАНЦУЗСКОЙ МУЗЫКАЛЬНОЙ ТРАДИЦИИ
Ушбу мақолада XVIII–XX асрларда француз мусиқа маданиятида флейта ижрочилик санъатининг ривожланиши атрофлича таҳлил қилинади. Асосий эътибор француз флейта мактабининг шаклланиши, оркестровка услуби ва тембр эстетикасининг ўзига хос хус ижрочилик хусиятларига қаратилган. Шунингдек, Клод Дебюсси, Морис Равель, Камий Сен-Санс, Франсис Пуленк каби машҳур композиторларнинг флейта чолғусининг техник ва бадиий-ифодавий имкониятларини кенгайтиришдаги ҳиссаси ёритилади. Тадқиқотда флейта ижрочилик репертуарида муҳим ўрин тутадиган асарлар таҳлил қилиниб, уларда флейтанинг етакчи соло ва колористик чолғу сифатидаги ўрни очиб берилади. Шу билан бирга, француз ижрочилик анъанасининг аҳамияти ва унинг жаҳон мусиқа амалиётига кўрсатган таъсири таъкидланади.
2026-03-16
ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA MA’NAVIY–MA’RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISH KONSEPSIYASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada ichki ishlar organlarida ma’naviy–ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolada ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish, xizmat etikasi va kasbiy madaniyatini rivojlantirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘rni yoritilgan. Shuningdek, konsepsiyaning asosiy yo‘nalishlari, tamoyillari va vazifalari hamda xodimlarning vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, fuqarolar bilan muloqot madaniyatini oshirish va xizmat intizomini kuchaytirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan.
2026-03-16
OG‘IR ATLETIKA SPORT TURIDA KUCH VA TEXNIK TAYYORGARLIKNI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Mazkur maqolada og‘ir atletika sport turida sportchilarning kuch va texnik tayyorgarligini rivojlantirishning samarali usullari tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida zamonaviy mashg‘ulot metodlari, yuklama hajmi va mashg‘ulot samaradorligi o‘rganildi. O‘tkazilgan pedagogik tajriba natijalariga ko‘ra, kompleks mashg‘ulot dasturidan foydalanish sportchilarning kuch ko‘rsatkichlarini oshirish va texnik harakatlarni to‘g‘ri bajarish darajasini yaxshilashga xizmat qilishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari murabbiylar va sportchilar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
2026-03-16
RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA "AXBOROT TIZIMLARI" FANINI O'QITISH METODIKASINI INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Maqolada raqamli ta'lim sharoitida "Axborot tizimlari" fanini o'qitishning innovatsion metodlari va yondashuvlari ko'rib chiqilgan. Sun'iy intellekt, virtual va kengaytirilgan reallik, blockchain texnologiyasi, IoT laboratoriyalari va boshqa zamonaviy vositalarni o'quv jarayoniga integratsiya qilish yo'llari tahlil etilgan. Maqolada mikro-modulli ta'lim tizimi, immersiv texnologiyalar, shaxsiylashtirilgan ta'lim platformalari va DevOps madaniyatini joriy etish masalalari tadqiq etilgan. Spiral-Interaktiv-Adaptiv (SIA) kompleks metodika modeli taklif etilgan bo'lib, u talabalarning nazariy bilimlarini 5.9%, amaliy ko'nikmalarini 34.4%, muammolarni yechish qobiliyatini esa 31.3% ga oshirish imkonini beradi. Eksperimental tadqiqot 90 talaba ishtirokida bir yil davomida olib borilgan va barcha ko'rsatkichlar statistik jihatdan ahamiyatli (p<0.01) natijalar ko'rsatgan. Taklif etilgan innovatsion metodika talabalarning mustaqil ta'lim olish qobiliyatlarini oshirish va zamonaviy axborot tizimlarini loyihalash, joriy etish hamda boshqarish kompetensiyalarini shakllantirish uchun samarali vositadir.
2026-03-16
PSEVDABULBAR DIZARTRIYA VA UNING TURLARI
Ushbu maqolada psevdabulbar dizartriya nutq buzilishining klinik-logopedik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Psevdabulbar dizartriyaning kelib chiqish sabablari, asosiy belgilar hamda turlari yoritilgan. Mazkur nutq buzilishining spastik, spastik–giperkinezli va spastik–ataktik turlari yetakchi olimlar – M.E. Xvattsev, L.S. Volkova, E.M. Mastyukova, N.S. Jukova va L.V. Lopatina tadqiqotlari asosida tavsiflangan. Shuningdek, psevdabulbar dizartriyaning og‘irlik darajalari va ularni aniqlashning logopedik ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Maqola natijalari psevdabulbar dizartriyani tashxislash va korreksion ishlarni samarali tashkil etishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
2026-03-16
КЛИНИЧЕСКАЯ ОЦЕНКА ЭФФЕКТИВНОСТИ ЭКСИМЕРНОГО ЛАЗЕРА ПРИ ВИТИЛИГО
Витилиго является хроническим депигментирующим заболеванием кожи, характеризующимся появлением очагов утраты меланина и выраженным косметическим дефектом. Заболевание существенно снижает качество жизни пациентов и требует длительного лечения. Одним из перспективных методов локальной терапии является эксимерный лазер с длиной волны 308 нм, обладающий селективным воздействием на поражённые участки кожи.
2026-03-16
SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “O‘N SAKKIZGA KIRMAGAN KIM BOR?” QISSASINING BADIIY TAHLILI
Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayevning “O‘n sakkizga kirmagan kim bor?” qissasining badiiy-estetik xususiyatlari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida asardagi yetimlik motivlari, urushdan keyingi davr ijtimoiy manzarasi va yoshlar psixologiyasining tahliliy tasviri olingan. Muallifning badiiy tasvir vositalaridan foydalanish mahorati, xususan, toponimlar va tarixiy rivoyatlarning syujet rivojidagi funksional vazifalari yoritilgan. Maqolada, shuningdek, inson hayotidagi o‘n sakkiz yosh — o‘tish davrining qismat va shaxs kamolotidagi o‘rni falsafiy-adabiy jihatdan asoslab beriladi.
2026-03-16
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING SIYOSIY ONNGA TA’SIRI
Ushbu tezisda ommaviy axborot vositalarining jamiyat, jamoatchilik psixologiyasi va siyosiy jarayonlarga ta’siri tahlil qilinadi. Tezisda televideniye, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqaladigan axborotlarning inson ongiga, dunyoqarashiga va xulq-atvoriga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, agenda-setting, framing va persuasion kabi media mexanizmlar jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari OAV jamiyat ongini shakllantirishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.
2026-03-16
ФУНКЦИИ ПОРТРЕТА В ХУДОЖЕСТВЕННОМ ТЕКСТЕ
В статье рассматривается портрет как важный элемент поэтики художественного текста. Анализируются основные функции портретного описания в литературном произведении: характерологическая, психологическая, социальная, идеологическая и эстетическая. Показано, что портрет является средством раскрытия характера персонажа, передачи его внутреннего состояния, обозначения социальной принадлежности и выражения авторской позиции. Особое внимание уделяется взаимосвязи внешнего облика героя и его внутреннего мира, а также роли портретных деталей в создании художественного образа. Отмечается, что в художественной практике перечисленные функции портрета тесно взаимодействуют и формируют целостный художественный эффект.
2026-03-16
LEKSIK KOMPETENSIYANING MAZMUNI VA UNING INGLIZ TILINI O'RGATISHDAGI O'RNI
Ushbu maqola leksik kompetensiyaning nazariy-metodologik asoslarini, uning tarkibiy tuzilishi va ingliz tilini o'qitish jarayonidagi markaziy o'rnini o'zbekistonlik hamda xorijiy tadqiqotchilarning ishlari kontekstida ilmiy-tahliliy tarzda yoritadi. Tadqiqot faol va passiv lug'atning pedagogik ahamiyati, CEFR doirasidagi miqdoriy ko'rsatkichlar, zamonaviy o'qitish metodlarining qiyosiy tahlili va leksik kompetensiyani baholash muammolarini qamrab oladi. Empirik ma'lumotlar va ilmiy adabiyotlar sintezi asosida leksik boylikning kommunikativ muvaffaqiyatdagi etakchi roli asoslanadi.
2026-03-16
IQTISODIY TA’LIMDA ETNOPEDAGOGIK YONDASHUVNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI
Mazkur maqolada iqtisodiy ta’limda etnopedagogik yondashuvning nazariy-metodik asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda milliy pedagogik qadriyatlarni iqtisodiy savodxonlikni shakllantirish jarayoni bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlari asoslanadi. Iqtisodiy ta’limni qadriyat–bilim–ko‘nikma izchilligida tashkil etish o‘quvchilarda ongli iqtisodiy tafakkur va mas’uliyatli qaror qabul qilish kompetensiyasini rivojlantirishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, kontekstual va faol metodlarning didaktik samaradorligi yoritiladi. Natijada iqtisodiy ta’limni milliy pedagogik meros asosida takomillashtirishga qaratilgan integrativ model taklif etiladi.
2026-03-16
TIBBIYOT SOHASIDA ROBOTOTEXNIKA TEXNOLOGIYALARINING QO’LLANILISHI
Ushbu maqolada tibbiyot sohasida robototexnika texnologiyalarining qo‘llanilishi, ularning zamonaviy tibbiyotdagi ahamiyati hamda bemorlarni davolash jarayonidagi samaradorligi yoritiladi. Shuningdek, robotlashtirilgan jarrohlik tizimlari, diagnostika jarayonida qo‘llaniladigan aqlli qurilmalar va reabilitatsiya robotlarining ishlash prinsiplari tahlil qilinadi. Robototexnika texnologiyalarining tibbiyot amaliyotiga joriy etilishi jarrohlik operatsiyalarining aniqligini oshirishi, inson omili bilan bog‘liq xatolarni kamaytirishi hamda bemorlarning tezroq sog‘ayishiga xizmat qilishi ko‘rsatib beriladi. Maqolada ushbu texnologiyalarning afzalliklari, imkoniyatlari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ham muhokama qilinadi.
2026-03-16
GENDER STEREOTYPES IN THE USE OF AFFECTIONATE LANGUAGE IN ENGLISH AND UZBEK SOCIETY
This thesis explores gender stereotypes in the use of affectionate language in English and Uzbek societies. It investigates how social expectations, cultural norms, and interpersonal relationships influence the ways men and women express affection through language. The study examines a variety of contexts, including family communication, friendships, romantic relationships, and public discourse, to identify differences in the frequency, choice, and pragmatic functions of affectionate expressions. Drawing on examples from literary texts, everyday conversations, social media, and media content, the research demonstrates that women tend to use more emotionally expressive and relational language, while men often employ affectionate expressions more selectively, reflecting broader societal expectations regarding masculinity and emotional restraint.
2026-03-16
OGAHIYNING IJODIDA KITOBAT (HARFIY SAN’AT) SAN’ATINING QO‘LLANILISHI
Ushbu maqolada Muhammad Rizo Ogahiyning ijodida muhim she’riy san’atlardan biri kitobat (harfiy) san‘atining keng qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Garchi uning poetikasida boshqa she’riy san’atlar foydalanilgan bo‘lsada, kitobat san’atiga urg‘u berilishi va uning badiiy tahlili yoritilgan. Tadqiqotda Ogahiyning ijodidagi mukammalik bir she’riy san’at orqali bayon qilingan.
2026-03-16
TALABALARNING INDIVIDUAL TA’LIM SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK AHAMIYATI
Ushbu maqolada kredit modul tizimida talabalarning individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirish haqida ma’lumot berilgan bo’lib, kredit modul tizimi haqida tushunchalar yoritilganlik bilan bir qatorda ushbu tizimda talabalar shaxshini individual yo‘nalganligini oshirish, ta’limni talaba shaxsi o‘zlashtirish qobiliyatiga moslashtirib tashkil etish haqida so‘z boradi. Ushbu maqoladan tegishli soha vakillari nazariy ma’lumot sifatida foydalanishlari mumkin.
2026-03-16
MILLIY TARBIYANING MAZMUNI VA MOHIYATI
Milliy tarbiya – shaxsni milliy qadriyatlar, an'analar, madaniyat, til va tarix ruhida kamol toptirishga qaratilgan kompleks jarayondir. Uning mohiyati – har bir individda milliy o'ziga xoslikni shakllantirish, Vatanga muhabbat, xalqiga sadoqat, milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini uyg'otishdan iborat. Milliy tarbiyaning mazmuni esa yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, ota-bobolar merosiga hurmatni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o'zida mujassam etgan barkamol avlodni voyaga yetkazishni qamrab oladi. Ushbu tarbiya jamiyatda ijtimoiy totuvlik, barqarorlik va rivojlanishning fundamental asosidir.
2026-03-16
JAMOA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA. JAMOANI TASHKIL ETISH METODIKASI
Ushbu maqolada jamoa tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari yoritib berilgan. Shuningdek, jamoani shakllantirish va uni samarali tashkil etish metodikasi haqida fikr yuritilgan. Jamoaning ta’lim jarayonidagi o‘rni, o‘quvchilar shaxsini rivojlantirishdagi ahamiyati ham tahlil qilingan. Maqolada jamoaviy faoliyat orqali hamkorlik, mas’uliyat va o‘zaro hurmat kabi sifatlarni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
2026-03-16
ARTIFICIAL INTELLIGENCE TECHNOLOGIES IN SMART ROBOT DEVELOPMENT: CURRENT TRENDS, ARCHITECTURES, AND APPLICATIONS
The integration of artificial intelligence (AI) into robotics represents one of the most transformative technological shifts of the twenty-first century. This paper provides a comprehensive review of how AI technologies — including machine learning, deep learning, computer vision, natural language processing (NLP), and reinforcement learning — are being deployed to design, train, and enhance intelligent robots. We examine the principal AI architectures adopted across key industry verticals (manufacturing, healthcare, agriculture, logistics, and education), analyse comparative performance metrics between traditional and AI-powered robots, and survey current market statistics. The paper also discusses ethical considerations, open research challenges, and future directions, drawing on a broad spectrum of peer-reviewed literature and industry reports. Our review confirms that AI-powered robots substantially outperform rule-based counterparts across accuracy, adaptability, and energy efficiency, while simultaneously raising important questions about safety and human-robot interaction.
2026-03-16
AUTOMATED WAREHOUSE SYSTEMS AND THEIR ECONOMIC EFFICIENCY
The rapid digitalization of global supply chains has accelerated the adoption of automated warehouse systems (AWS) across diverse industrial sectors. This paper presents a systematic review and empirical analysis of robotic and automated warehouse technologies, examining their technical capabilities, implementation costs, and measurable economic outcomes. Drawing on data from 14 peer-reviewed studies, 6 major industry case studies, and primary market research spanning 2018–2024, we demonstrate that AWS adoption yields an average labor cost reduction of 38.6%, an order accuracy improvement of 3.4 percentage points, and a space utilization gain of 35–45% compared to manual operations [1]. Our findings indicate that the global AS/RS (Automated Storage and Retrieval Systems) market reached USD 27.1 billion in 2023 and is projected to surpass USD 52.4 billion by 2028 at a compound annual growth rate (CAGR) of 14.1% [2]. The payback period for a well-implemented AWS ranges from 2.5 to 6.5 years depending on technology class and operational volume [3]. We further identify key enabling factors—including artificial intelligence-driven warehouse management systems (WMS), collaborative robots (cobots), and goods-to-person (GtP) fulfillment architectures—as primary economic drivers. Policy implications for developing economies, including Uzbekistan and Central Asian markets, are discussed in the context of Industry 4.0 readiness and workforce transition.
2026-03-16
BIOLOGIK OBYEKTDAN AJRATIB OLINGAN LOZARTANNI YUPQA QATLAM XROMATOGRAFIYA USULIDA TAHLIL QILISH USLUBINI ISHLAB CHIQISH
Hozirgi kunda yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda keng qo‘llanilayotgan dori vositalaridan biri bo‘lgan lozartan tibbiyot amaliyotda yuqori ahamiyatga ega hisoblanadi. Uning keng qo‘llanilishi, uzoq muddat qabul qilinishi va ayrim hollarda dozani oshirib yuborish ehtimoli kimyo-toksikologik tahlilda ushbu moddaning biologik obyektlar tarkibidan aniqlanishiga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirmoqda. Shu sababli lozartanni biologik obyektlardan ishonchli va tezkor aniqlash usullarini ishlab chiqish dolzarb ilmiy-amaliy masala hisoblanadi [1].
2026-03-16
FOYDA VA ZARARLAR HISOBOTI MA’LUMOTLARI ASOSIDA AUDITORLIK TAHLILINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VOSITALARI YORDAMIDA TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada foyda va zararlar hisoboti ma’lumotlarini auditorlik tahlili jarayonida raqamli transformatsiya vositalari yordamida samarali qo‘llash imkoniyatlari o‘rganildi. An’anaviy auditorlik usullari va zamonaviy raqamli texnologiyalar (Big Data, sun’iy intellekt, RPA va moliyaviy analitik dasturlar) integratsiyasi orqali moliyaviy ma’lumotlarni tezkor va to‘liq tahlil qilish imkoniyatlari tahlil qilindi. Shuningdek, raqamli transformatsiya auditorlik sifatini oshirish, xatoliklarni kamaytirish va qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirishdagi roliga e’tibor qaratildi.
2026-03-16
FILM ISHLAB CHIQARISH VA PROKAT TIZIMINING MILLIY KINO JARAYONIGA TA’SIRI
Ushbu tezisda film ishlab chiqarish va prokat tizimining milliy kino jarayoniga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda kino mahsulotini yaratishdan boshlab uni tomoshabinga yetkazishgacha bo‘lgan jarayonning tashkiliy, iqtisodiy va madaniy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, film ishlab chiqarish mexanizmlari, prokat siyosati hamda distribyutsiya tizimining milliy kino rivojiga ta’siri ilmiy jihatdan yoritiladi. Natijada ushbu tizimlarning milliy kino industriyasining shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni asoslab beriladi.
2026-03-17
KOMPARATIVISTIK PEDAGOGIKANING ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Ushbu tezisda komparativistik pedagogikaning zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot jarayonida turli mamlakatlar ta’lim tizimlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning o‘ziga xos jihatlari va ilg‘or pedagogik tajribalari aniqlangan. Xususan, Finlandiya, Singapur va Janubiy Koreya ta’lim tizimlari misolida o‘quvchi markazli yondashuv, innovatsion metodlar hamda raqamli texnologiyalarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xorijiy ilg‘or tajribalarni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning raqobatbardoshligini kuchaytirishda muhim omil hisoblanadi.
2026-03-17
SUN'IY INTELKEKTNI TA'LIM JARAYONIGA TADBIQ ETISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada ta’lim tizimini sun’iy intellekt texnologiyalari bilan integratsiya qilishning pedagogik va psixologik imkoniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar rivojlanib borayotgan zamonaviy sharoitda ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt asosidagi tizimlarni joriy etish ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish hamda o‘quv jarayonini optimallashtirish imkonini yaratadi. Tadqiqot davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘quvchilarning motivatsiyasi, kognitiv rivojlanishi va ta’lim jarayonini tashkil etishga ta’siri tahlil qilindi. Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan pedagogik va psixologik muammolar ham ko‘rib chiqildi.
2026-03-17
НЕКОТОРЫЕ ВОПРОСЫ ЗАЩИТЫ ПРАВ ПОТРЕБИТЕЛЕЙ В ЭЛЕКТРОННОЙ КОММЕРЦИИ
Защита прав потребителей в сфере B2C (бизнес для потребителей) в электронной коммерции сталкивается с многочисленными серьёзными угрозами, такими как нарушение конфиденциальности, нарушение прав интеллектуальной собственности, онлайн-пиратство, нежелательная коммерческая электронная реклама и спам, ограничения свободы слова и цензура, а также другие мошеннические действия. Несмотря на существование множества преимуществ электронной коммерции, таких как лёгкий доступ к виртуальному глобальному рынку, сокращение затрат на дистрибуцию, экономия времени, установление более прочных отношений с потребителями, правовые и вопросы безопасности остаются серьёзной угрозой на цифровом рынке. Поэтому для правильного функционирования электронной коммерции безопасность потребителей и продавцов имеет первостепенное значение.
2026-03-17
ROBOTOTEXNIKA ORQALI TALABALARNING MUHANDISLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida robototexnika texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalarning muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirish muammolari, uslublari va samaradorligi yoritilgan. Pedagogika bilim yurti talabalarining texnik ijodkorlik, muammoli yechish, loyiha boshqaruvi va jamoaviy ish kompetensiyalarini rivojlantirishda robototexnika fanining o’rni tahlil qilingan. Amaliy tadqiqotlar natijalari va xorijiy tajribalar asosida samarali o’qitish modeli taklif etilgan.
2026-03-17
QARINDOSHLIK TERMINLARIDA AKS ETGAN UMUMINSONIY QADRIYATLARNING LINGVOMADANIY TAHLILI
Mazkur maqolada qarindoshlik terminlarining umuminsoniy qadriyatlarni ifodalashdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada qarindoshlik terminlarining semantik va madaniy qatlamlari o‘rganilib, ular orqali insoniy fazilatlarning til tizimida qanday aks etishi lingvomadaniy yondashuv asosida yoritilgan.
2026-03-17
PSIXOFIZIKA FANI PAYDO BO‘LISHI HAMDA SHAKLLANISHIDA E. VEBER VA T. FEXNER TADQIQOTLARINING O‘RNI
Ushbu maqolada psixofizika fanining paydo bo‘lishi va ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanishida nemis olimlari E. Veber va T. Fexner tadqiqotlarining o‘rni tahlil qilinadi. Psixofizika inson sezgi jarayonlari bilan tashqi muhitdagi fizik ta’sirlar o‘rtasidagi munosabatni o‘rganadigan ilmiy yo‘nalish sifatida XIX asrda shakllana boshlagan. Mazkur jarayonda E. Veber tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar sezgi sezuvchanligining miqdoriy jihatdan o‘lchanishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Uning tajribalari natijasida sezgi farqlanishining nisbiy chegaralari aniqlanib, keyinchalik Veber qonuni sifatida ilmiy adabiyotlarda mustahkam o‘rin egalladi. T. Fexner esa Veberning eksperimental natijalarini nazariy jihatdan umumlashtirib, psixik sezgilar bilan fizik stimullar o‘rtasidagi miqdoriy bog‘lanishni ifodalovchi matematik modelni ishlab chiqdi. Fexner tomonidan taklif etilgan psixofizik qonuniyatlar psixologiyada eksperimental metodlarning keng qo‘llanilishiga asos yaratdi hamda psixologiyani mustaqil ilmiy fan sifatida shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Maqolada ushbu olimlarning ilmiy qarashlari, tajribalari hamda psixofizika rivojiga qo‘shgan nazariy va amaliy hissasi ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, psixofizik tadqiqotlarning zamonaviy psixologiya va neyropsixologiya rivojidagi ahamiyati ham tahlil qilinadi.
2026-03-17
PSIXOFIZIKA FANI PAYDO BO‘LISHI HAMDA SHAKLLANISHIDA E. VEBER VA T. FEXNER TADQIQOTLARINING O‘RNI
Mazkur maqolada psixofizika fanining paydo bo‘lishi va ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanishida nemis olimlari E. Veber hamda T. Fexner tadqiqotlarining nazariy va metodologik ahamiyati tahlil qilinadi. Psixofizika inson sezgi jarayonlari bilan tashqi muhitdagi fizik qo‘zg‘atuvchilar o‘rtasidagi miqdoriy munosabatlarni o‘rganuvchi muhim ilmiy yo‘nalish sifatida qaraladi. Tadqiqotda E. Veber tomonidan ishlab chiqilgan sezgi chegaralari va farqlash chegarasi haqidagi nazariy qarashlar psixofizik tadqiqotlarning dastlabki empirik asoslarini yaratgani ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, T. Fexner ushbu g‘oyalarni yanada rivojlantirib, psixik hodisalarni matematik va eksperimental usullar yordamida o‘rganish mumkinligini ilmiy jihatdan asoslab bergani tahlil qilinadi. Maqolada Veber–Fexner qonunining shakllanishi, uning psixologiya fanida eksperimental metodologiyaning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi ham yoritiladi. Psixofizika psixologiyani aniq ilmiy tadqiqot usullariga asoslangan mustaqil fan sifatida shakllanishida muhim bosqich bo‘lgani ilmiy dalillar asosida izohlanadi. Tadqiqot natijalari psixologiya tarixida sezgi jarayonlarini ilmiy asosda o‘rganishning shakllanishi va rivojlanishida Veber hamda Fexner ilmiy merosining alohida o‘rin tutishini ko‘rsatadi.
2026-03-17
O‘ZBЕK SHEVALАRI LЕKSIKASINING LINGVОGЕОGRАFIK, LINGVОАRЕАL HАMDА LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada o‘zbеk shevalаri lеksikasining o‘ziga xos ilsoniy belgilari, lingvоgеоgrаfik, lingvоаrеаl hаmdа lingvomadaniy lingvistik xususiyatlari haqida fikr yuritiladi.
2026-03-17
O‘ZBЕK TILIDAGI QIPCHОQ ETNONIMI XUSUSIDA
Mazkur maqolada o‘zbеk shevalаri lеksikasining o‘ziga xos ilsoniy belgilari, lingvоgеоgrаfik, lingvоаrеаl hаmdа lingvomadaniy lingvistik xususiyatlari haqida fikr yuritiladi.
2026-03-17
TIJORAT BANKLARINING LIKVIDLIGINI MONETAR INSTRUMENTLAR ORQALI TARTIBGA SOLISH
Bugungi globallashuv va moliyaviy integratsiya sharoitida bank tizimining barqaror faoliyat yuritishi har bir davlatning makroiqtisodiy siyosatida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, tijorat banklarining likvidligini ta’minlash va uni samarali boshqarish iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya darajasi va moliyaviy barqarorlikka bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bank likvidligi – bu bankning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish qobiliyatidir. Uning yetarli darajada bo‘lishi mijozlar ishonchini mustahkamlab, umumiy moliyaviy tizimga barqarorlik baxsh etadi.
2026-03-17
TIL VA SUN’IY INTELLEKT: YANGI UFQLAR
Bugungi kunda texnologiyalar hayotimizning deyarli barcha sohalariga kirib kelmoqda, va ulardan eng ko‘p e’tibor tortayotgan sohaga sun’iy intellekt (SI) kiradi. Ayniqsa, tilshunoslik sohasida sun’iy intellektning o‘rni tez o‘sib bormoqda, bu esa ilmiy tahlil, tarjima, matnni avtomatik qayta ishlash va tilni o‘rganish jarayonlariga yangi imkoniyatlar yaratmoqda. SI yordamida tilshunoslar endi tahlil jarayonlarini tezlashtirishi, murakkab matnlarni tahlil qilishda avtomatlashtirishni amalga oshirishi va til o‘rganishni interaktiv va samarali qilishda ko‘p muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Maqola, shuningdek, tilshunoslik va AI o‘rtasidagi integratsiyaning kelajagi, imkoniyatlari va cheklovlari haqida fikr yuritadi.
2026-03-17
