Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-05-30

SIMULATION OF SOLAR PANELS TO IMPROVE ENERGY EFFICIENCY

In recent years, the demand for renewable energy sources has significantly increased due to global concerns over environmental sustainability and the depletion of fossil fuels. Among the various renewable sources, solar energy stands out as one of the most promising and widely accessible options. This thesis focuses on the simulation of solar photovoltaic (PV) systems to enhance their efficiency and reliability under different environmental conditions.

Adhamjon Toʻxtamurotov , Iqboljon Anarboyev

4-6

2025-05-29

QUYOSH PANELLARI YORDAMIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA ENERGIYA TEJAMKORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI

Mazkur maqolada quyosh energiyasidan foydalanish orqali qishloq xo‘jaligi sohasida energiya tejamkorligini oshirish masalalari yoritilgan. Sug‘orish, issiqxona isitish, sovitish, yoritish va boshqa jarayonlarda quyosh panellarini qo‘llash usullari, ularning iqtisodiy samaradorligi, ekologik foydasi hamda simulyatsiya asosida tahlil qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Anarboyev Iqboljon, To'xtamurotov Adhamjon

7-9

2025-05-29

XAMSA – O‘ZBEK BADIYIY TAFAKKUR CHO‘QQISI

Mazkur maqolada Sharq adabiyotidagi xamsanavislik an’anasi, uning tarixiy ildizlari va o‘zbek adabiyotidagi taraqqiyoti xususida fikr yuritilgan. Alisher Navoiyning “Xamsa” majmuasi o‘zbek badiiy tafakkurining eng yuksak cho‘qqisi sifatida baholangan. Har bir doston — “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” — alohida badiiy-falsafiy tahlilga tortilgan. Navoiy asarlari orqali yuksak axloqiy, ijtimoiy va estetik g‘oyalar ilgari surilgani ko‘rsatilgan. Shuningdek, shoirning til boyligi, badiiy uslubi va ramziy obrazlari o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rni yoritilgan. Maqolada Navoiy “Xamsa” sining keyingi avlod xamsanavislariga ko‘rsatgan ta’siri ham tahlil qilinadi.

Olimova Ruxshona Ravshan qizi

10-13

2025-05-29

NAVOIY IJODIDA JANRLARNING O‘RNI

Ushbu maqolada, Alisher Navoiy ijodida adabiy janrlarning tutgan o‘rni va badiiy imkoniyatlari tahlil etiladi. Lirik janrlar (g‘azal, ruboiy, tuyuq, fard), epik janrlar (masnaviy, doston), didaktik hamda ilmiy-publitsistik janrlar doirasidagi asarlar ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, Navoiy tomonidan janrlar imkoniyatlarining kengaytirilgani, ularga falsafiy, tasavvufiy va axloqiy g‘oyalarning singdirilgani alohida ta’kidlanadi. Maqolada janrlar orqali Navoiy badiiy fikrning shakli va mazmunini mukammal ifoda etgani, adabiy an’anaga ulkan ta’sir ko‘rsatgani asoslab beriladi.

Olimova Ruxshona Ravshan qizi

14-16

2025-05-29

NOYOB VA YOʻQOLIB KETISH XAVFI OSTIDA TURGAN OʻSIMLIK TURLARINI REINTRODUKSIYA QILISH

Ushbu maqolada noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimlik turlarini saqlab qolishning muhim usullaridan biri boʻlgan reintroduksiya jarayoni yoritilgan bo’lib, bu usul orqali genetik xilma-xillikni saqlab qolish va ekologik muvozanatni tiklash muhimligi ko‘rsatib o‘tiladi.

Rejabaliyeva Madinaxon Tursunboy qizi, Tojiboyev Murodali Umaraliyevich

17-19

2025-05-30

TIJORAT BANKLARIDA KREDITLASH AMALIYOTINI TASHKIL QILISHDA KREDIT SIYOSATINI AHAMIYATI

Ushbu tezisda tijorat banklarida kredit siyosatining mazmuni, ahamiyati va amaliy jihatlari keng tahlil etilgan. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda banklarning iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishdagi roli, xususan, kredit siyosati orqali moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari, tamoyillari, turlari hamda bank faoliyatining barqarorligi va foydaliligiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda amal qilgan normativ hujjatlar asosida kredit siyosatining tartibga solinishi va zamonaviy texnologiyalarning bu jarayonga ta’siri ochib berilgan.

Shokirova Gulbahor Mo‘mindjanovna, Sobirov Luqmonbek Xabibullo o‘g‘li

20-22

2025-05-30

KREDIT REYTING TIZIMINI JORIY ETISH ORQALI KREDITLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Ushbu maqolada kredit reyting tizimini joriy etish orqali kreditlash samaradorligini oshirish muammolari va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kredit reyting tizimining asosiy tamoyillari, uning tijorat banklari faoliyatidagi ahamiyati, banklarning kredit risklarini kamaytirishdagi roli va mijozlar bilan shaffof munosabatlarni ta’minlashdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi.

Shokirova Gulbahor Mo‘mindjanovna, Sobirov Luqmonbek Xabibullo o‘g‘li

23-26

2025-05-30

TIJORAT BANKLARIDA KREDITLASH AMALIYOTLARINI TASHKILLASHTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBA

Ushbu maqolada tez sur’atlarda rivojlanayotgan global moliya bozorlarida tijorat banklarining kreditlash amaliyotlarini takomillashtirish bo‘yicha xorijiy tajribalar tahlil qilinadi. AQSh, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarning kreditlash jarayonlari, texnologik innovatsiyalari, risklarni boshqarish strategiyalari hamda mijozga yo‘naltirilgan kreditlash modellari o‘rganiladi

Shokirova Gulbahor Mo‘mindjanovna, Sobirov Luqmonbek Xabibullo o‘g‘li

27-31

2025-05-30

«BOZUǴLAN» DÁSTANINDA ANTROPONIM HÁM TOPONIMLER

Maqalada «Bozuǵlan» dástanı tilinde antroponim,  toponimlerlerdiń qollanıw ózgeshelikleri úyrenilgen.

Kadirniyazova Biybijamal

32-33

2025-05-30

BOSHLANGʻICH SINF FANLARINING TABIIY FANLAR BILAN OʻZARO INTEGRATSIYASI

Maqolada boshlangʻich sinf dasturidagi fanlarni oʻzaro integratsiya qilib oʻrgatish, fanlarni oson va qiziqarli tarzda oʻtish, rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan holda taʼlim jarayonini tashkillashtirish boʻyicha tushunchalar berilgan.

Mamatova Kamola Fayziyevna

34-35

2025-05-31

GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARI (GIS) ORQALI EKOLOGIK MONITORINGNI O‘RGANISH METODIKASI

Ushbu tezisda geografik axborot tizimlari (GIS) asosida atrof-muhit monitoringini o‘rganishning ilmiy-nazariy tamoyillari va amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda masofadan zondlash, yer usti kuzatuv stansiyalari va ijtimoiy geoma’lumotlar integratsiyasi yo‘lga qo‘yilib, Zarafshon–Qashqadaryo havzalari misolida sinovdan o‘tkazildi. Modellash jarayonida ochiq Sentinel-2 tasvirlari, Landsat 8 OLI/TIRS ma’lumotlari hamda mahalliy ekostansiyalardan olingan atmosfera parametrlari GeoServer platformasida birlashtirildi. Analitik blok sifatida Google Earth Engine va ArcGIS Pro muhiti tanlanib, o‘rmon degradatsiyasi indekslari, suv sifati ko‘rsatkichlari va aerozol optik qalinliklari dinamikasi tahlil qilindi. Natijalar invasiv o‘simliklar areali 2017–2024 yillarda 14,6 % ga kengayganini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi hududlarida yer namligi ko‘rsatkichlari o‘rtacha 9 % ga pasayganini ko‘rsatdi. Muhokamada GIS-monitoringning rejalashtirish, qaror qabul qilish va ekologik xavfsizlik strategiyalarini ishlab chiqishdagi o‘rni yoritildi. Xulosa sifatida integratsiyalashgan GIS metodikasi ekologik jarayonlarni real vaqt rejimida kuzatish, antropogen bosimni erta aniqlash va barqaror boshqaruv choralarini belgilashda samarali vosita bo‘lishi isbotlandi.

Qudratov Shahboz

36-38

2025-05-31

SHAVKAT RAHMON SHE’RIYATIDA RAMZLAR

Ushbu maqolada ramz tushunchasi va uni Shavkat Rahmon she’riyatidagi tadrijiga urg‘u berildi. Shavkat Rahmon she’riyatida ramzlarning obrazliligi va ma’noviy yangilanish hodisasi, uning ijodiyotidagi muhit va davr munosabatlariga bog‘liq holda amalga oshadi. Ramzlarning tag ma’nosi shoirning g‘oya va istaklarini bayon qilibgina qolmay, she’r badiiy ta’sirchanligi, jozibadorligini oshiradi.

Mo‘minova Gavharoy

39-42

2025-05-31

XAYRIDDIN SULTON ASARLARIDA QO‘LLANGAN KASB-HUNARGA OID ATAMALARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI

Maqolada kasb-hunarga oid atamalarning lingvopoetik xususiyatlari, ijodkorning poetik maqsadini amalga oshirishdagi ahamiyati yoritilgan.

Gazibekova Sohiba Yusupovna

43-45

2025-05-31

YOZUVCHI GʻOYASI VA FOLKLORIZM

Ushbu maqolada folklor va folklorizmning badiiy asarlardagi o‘rni va folklor janrining Erkin A’zam qissalari bilan o‘zaro uyg‘unligiga urg‘u berildi. Erkin A’zam asarlarida folklorizm tushunchasining mutanosibligi,yozuvchi folklor  namunalarini qo‘llashdagi hayotiylik uslubi, ortiqcha soxtalik va jimjimadorlikdan holi holda xalqimiz merosini badiiy sindirish mahorati bilan zamonaviy o‘zbek adabiyotiga katta hissa qo‘shdi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari asrlar davomida bizga yetib kelgan milliy qadriyatlarimiz timsoli bo‘lib, ularning jozibadorligi, bebaho tasviri adib asarlarida alohida yoritib berilgan.

Botirova Feruza

46-48

2025-05-31

FARMASEVTIKADA GMP (GOOD MANUFACTURING PRACTICE) STANDARTLARINING AHAMIYATI

Mazkur maqolada farmatsevtik sanoatda GMP (Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti) tamoyillarining ahamiyati va ularning sifatli, xavfsiz dori vositalarini ishlab chiqarishdagi o‘rni yoritib berilgan. GMP tamoyillarining har bir bosqichi: standartlashtirilgan protseduralar, xodimlar malakasi, ishlab chiqarish hududi, xomashyo sifati, mahsulotni hujjatlashtirish, test va nazorat jarayonlari, mahsulotni kuzatish va qaytarib olish tizimi hamda ichki auditlar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Maqolada xalqaro tashkilotlarning ma’lumotlari, O‘zbekistondagi holat bo‘yicha statistikalar va ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. Kelajakda GMP talablarining yanada keng joriy etilishi farmatsevtik mahsulotlar sifatining oshishiga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Shuningdek, muallifning ushbu sohaga oid shaxsiy kuzatuv va umidlari ham bayon etilgan.

Ro’ziyeva Sohiba

49-52

2025-05-31

DEVELOPING MOBILE APPLICATIONS FOR VARIOUS PLATFORMS AND VIRTUAL ONLINE PLATFORMS FOR TEACHING MOBILE APP DEVELOPMENT

This article explores modern approaches to mobile application development across multiple platforms, with a particular focus on cross-platform technologies. Furthermore, it discusses virtual online platforms designed for teaching mobile app development. The paper reviews the benefits and challenges of cross-platform frameworks and investigates educational tools that help beginners and professionals learn mobile development efficiently. Several popular virtual learning platforms are analyzed, emphasizing their role in fostering practical programming skills and innovation in mobile technology.

Olyorbek Mannobjonov, Mirzohid Yuldashev

53-55

2025-05-31

THE ROLE OF GAMES AND ACTIVITIES IN KINDERGARTEN

The article explores the educational, developmental, and social importance of incorporating structured games and interactive activities into early childhood education. It emphasizes that play is not merely a form of entertainment but a crucial element in the physical, cognitive, emotional, and social development of young children. Through a combination of theoretical perspectives and practical examples, the article illustrates how games foster creativity, enhance communication skills, improve fine and gross motor abilities, and promote problem-solving and cooperation among peers.

Oʻgʻilxon Madazimova

56-60

2025-05-31

СРЕДСТВА ОБУЧЕНИЯ РУССКОМУ ЯЗЫКУ

В этой статье рассказывается о средстве обучения – способ взаимодействия учителя и учащихся на уроке, направленный на выполнение учебно-воспитательных задач.

Исраилова Гулнара Мамаджановна , Ярматова Рухшона, Гаффарова Шахзода, Саминова Фотима

61-63

2025-05-31

BOSHLANGʻICH TAʼLIMDA TARBIYA FANINING MAQSADI VA VAZIFALAR

Asosan ushbu maqolada ayniqsa boshlangʻich sinflarga tarbiya fanining maqsadi hamda vazifalarini oʻrganish bilan bir qatorda shaxs tarbiyasi hamda pedagogik tarbiya haqida ham alohida to'xtalib oʻtiladi.

Kakabayeva Gurbanjemal

64-65

2025-05-31

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA IJTIMOIY MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHDA OʻQITUVCHINING OʻRNI VA ROLI

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf o'quvchilarining ijtimoiy motivlarini shakllantirishda o'qituvchining roli kattaligi. Asosan,  ijtimoiy motivlarni shakllantirishda o'qituvchining ularga ta'sir koʻrsatishi  va ularni har tomonlama rivojlantirishi haqida.

Kakabayeva Gurbanjemal

66-67

2025-05-31

IMPROVING SPEAKING SKILLS BY THE HELP OF RETELLING STORIES

Speaking is an effective language talent in verbal exchange that is incorporated collectively with the opposite language competencies consisting of listening,writing, and analyzing despite of the grammar,pronunciation and vocabulary. especially in language . This article explores how the act of retelling stories can develop various aspects of oral communication, including fluency, vocabulary, grammar, pronunciation, and confidence. Drawing from pedagogical theory and classroom practice, it presents the benefits, strategies, and practical activities that educators can employ to help learners become more proficient and confident speakers.

Mohidil Omonboyeva , Shodiya Ismoilova

68-71

2025-05-31

ПРАВОВЫЕ АСПЕКТЫ ЗАЩИТЫ ПОТРЕБИТЕЛЕЙ ОТ КОНТРАФАКТНОЙ ПРОДУКЦИИ В СФЕРЕ ТОВАРНЫХ ЗНАКОВ

Данная работа посвящена анализу правовых механизмов защиты потребителей от контрафактной продукции в сфере товарных знаков в Республике Узбекистан. Проведен комплексный анализ национального законодательства в контексте международных стандартов, включая Соглашение ТРИПС и Парижскую конвенцию. Выявлены ключевые проблемы: недостаточная осведомленность потребителей, сложности выявления контрафакта, слабое межведомственное взаимодействие. На основе зарубежного опыта предложены рекомендации по гармонизации законодательства с международными стандартами, усилению ответственности за производство и реализацию контрафакта, развитию альтернативных способов защиты прав потребителей и созданию эффективной системы информирования.

Балтабаева Жасмина Меирхатовна

72-82

2025-05-31

KICHIK QUYOSH ELEKTR STANSIYALARINI TADBIQ QILISH VA LOYIHALASH

Maqolada KQESni joriy etish bosqichlari, hudud tanlashdan boshlab qurilish va ekspluatatsiyaga qadar, batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, energiya ehtiyojlarini aniqlash, texnologiyalarni tanlash va tizimni optimallashtirish kabi loyihalash elementlariga alohida e’tibor qaratilgan.

To’lashboyev Dostonbek Azizbek o‘g‘li, Oybek Bozorov

83-85

2025-05-31

QUYOSH ELEKTR STANSIYASI TURLARI VA ISHLASH REJIMLARI

Ushbu maqolada quyosh elektr stansiyalarining asosiy turlari va ularning ishlash rejimlari ko‘rib chiqiladi. Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish texnologiyalari, ularning afzallik va kamchiliklari tahlil qilinadi. Mavzuning dolzarbligi energiya xavfsizligi va ekologik barqarorlik bilan bog‘liq. Maqola davomida quyosh panellari asosidagi fotovoltaik tizimlar, konsentratli quyosh stansiyalari va ularning ishlash tartiblari o‘rganiladi.

To'lashboyev Dostonbek Azizbek o'gʻli

86-92

2025-05-31

MATNLARNI LINGVOSTATISTIK TAHLIL QILISHDA KORPUS USULLARIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada matnlarni xronologik tahlil qilishda zamonaviy korpus lingvistikasi usullaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqiladi. Korpus usullarining matnlar vaqt bo‘yicha rivojlanishini aniqlashdagi o‘rni, lingvistik birliklarning tarixiy o‘zgarishini aniqlash va matnlarni davriy guruhlarga ajratish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muallif lingvistik korpuslar asosida tanlangan matnlar ustida xronologik tahlil olib borib, natijalarga empirik yondashuv asosida ilmiy izohlar beradi. Tadqiqot davomida elektron korpus vositalari, avtomatlashtirilgan tahlil dasturlari va statistik metodlar qo‘llanildi.

Nuritdinov Abrorbek Sayfiddin o‘g‘li

93-97

2025-05-31

BOLALAR VA O’SMOIRLARGA KUTUBXONA – AXBOROT XIZMATINI KO’RSATISH TAMOYILLARI

Mazkur maqolada kutubxona-axborot faoliyati tizimida bolalar va o’smirlarga xizmat ko’rsatishdagi yo’l-yo’riqlar, kutubxonachilardagi pedogogik mahoratning naqadar dolzarbligi, sohadagi muammo, kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari ko’rsatilgan.

Izzatillo Olimov Saidmurod o‘gli, Mirsoat Is’hoqov

98-101

2025-05-31

SHARQNI O’RGANISH KUTUBXONALARDAN BOSHLANADI

Ushbu maqolada axborot - kutubxona tizimi rivoji, ilm-fanda ta’limda, axborotlar yetkazib beruvchi, dunyo tillari, adabiyotini, tarixini o’rganishda – Sharqshunoslik universiteti kutubxonasining faoliyati bilan tanishasiz.

Izzatillo Olimov Saidmurod o‘gli

102-105

2025-05-31

KUTUBXONA – AXBOROT MUASSASALARIDA FOYDALANUVCHILARGA XIZMAT KO’RSATISHNING TAMOYILLARI

Ushbu maqolada foydalanuvchilarni bibliografik manbalar; ensklopediya, lugg’at, yo’l ko’rsatkichlari. taqvimlar yordamida ma'lumotlar bilan ta'minlash borasida kutubxonachilarning salohiyati, foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatishning yangi turlari, sifat samaradorligini oshirish va manbalarni baholay olish qobiliyatiga ega bo’lish nechog’lik zarur ekanligi tahqiq etilgan.

Izzatillo Olimov Saidmurod o‘gli

106-109

2025-05-31

TELEVIDENIYEDA JONLI EFIR: QORAQALPOG`ISTON TELEKANALLARI MISOLIDA

Ushbu ilmiy ishda asosan biz telekanallardagi jonli efirda beriladigan ko`rsatuvlarga to`xtaldik. Umuman jonli efirga qo`yilgan talablar, uning o`ziga xos xususiyatlari va Qoraqalpog`iston telekallarida jonli efir tarzida berilgan ko`rsatuvlarni sharhladik. Bugungi telekanallar jonli efir talablariga javob bera oladimi? Mazkur savolga atroflicha javob izladik.

Muxtar Umbetov

110-111

2025-05-31

ONA TILI TA’LIMIDA TASVIRIY IFODALARNI O‘QITISH

Ushbu maqolada tasviriy ifodalarning o‘quvchi nutqidagi ahamiyati,  ularni o‘qitish metodikasi bo‘yicha darsliklarda aks etishi va qo‘shimcha tavsiyalar berilgan.

Nasimova Odina

112-115

2025-05-31

ZAMONAVIY AVTOMOBIL SHASSISI: GENTRA MISOLIDA TEXNIK TALABLAR VA EKOLOGIK MATERIALLAR QO‘LLANILISHI

Mazkur bitiruv malakaviy ishda zamonaviy avtomobillarning shassi tizimiga qo‘yiladigan texnik talablar, konstruktiv yechimlar va ekologik talablar chuqur o‘rganilgan. Asosiy e’tibor Chevrolet Gentra avtomobili misolida shassi tizimining konstruksiyasi, materiallar tanlovi, ekspluatatsion ishonchliligi, xavfsizlik darajasi va ekologik jihatlari tahliliga qaratilgan.

Qurbonaliyev Elyorbek , M.Botirov

116-118

2025-05-31

A COMPARATIVE DEPICTION OF FIGURATIVE IMAGES IN ENGLISH AND UZBEK LITERARY WORKS

This article presents a comparative analysis of figurative (symbolic) images in English and Uzbek folk tales. The research focuses on the English folk tale “Jack and the Beanstalk” and the Uzbek folk tale “Rustamxon”. Both stories are examined through the lens of their main characters, magical helpers, evil forces, and the trials faced by the heroes, each interpreted as figurative images. These elements are explored to understand the moral, ethical, and educational values conveyed through them.

Solihabonu Tilavoldiyeva, Shodiya Ismoilova

119-123

2025-05-31

“THE ROLE OF CREATIVITY IN THE TEACHING PROCESS”

In the context of modern education, creativity has emerged as a fundamental component of effective teaching and learning. This paper examines the multifaceted role of creativity in the teaching process, emphasizing its significance in enhancing student engagement, motivation, and academic performance. Creativity in education is not limited to the use of artistic expression, but encompasses innovative teaching strategies, flexible thinking, and the ability to adapt lessons to suit diverse learners’ needs and interests. The research investigates how creative teaching methods—such as collaborative learning, experiential activities, problem-based tasks, and the integration of digital tools—can foster a more dynamic and student-centered classroom environment.

Muxlisaxon Abdullayeva , Sh. Ismoilova

124-129

2025-05-31

TAKRORLASH OPERATORLARIDA BREAK VA CONTINUE BUYRUQLARIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada dasturlashdagi takrorlash operatorlarida qo‘llaniladigan break va continue buyruqlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Bu buyruqlar takrorlanuvchi jarayonlarni boshqarish, kerakli shart bajarilganda sikldan chiqish yoki siklning ayrim iteratsiyalarini o‘tkazib yuborish imkonini beradi. Misollar orqali break va continue buyrug‘ining amaliy ishlatilishi yoritilgan. Shuningdek, bu buyruqlar dastur ishlash tezligini optimallashtirish va tushunarli kod yozishda muhim rol o‘ynashi ko‘rsatilgan. Takrorlash operati (looping) dasturlashda ma’lum bir kod qismidagi ifodalarni bir necha marta bajarish imkonini beradi. Takrorlash operatlari orqali dasturchi kodni samarali va qisqa yozish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Python dasturlash tilida takrorlash operatlari uchta asosiy turdan iborat: for, while, va do while (bu Pythonda yo‘q, lekin boshqa tillarda mavjud).

Arabova Farzonabonu Akmaljon qizi, Onarkulov Maksadjon Karimberdiyevich, Yusupov Mirsaid Abdulaziz o‘g‘li

130-134

2025-05-31

O‘QUVCHILARDA MOTIVATSIYANI SHAKLLANTIRISHDA O‘QITUVCHI VA PSIXOLOG HAMKORLIGI

Maktab ta’limi tizimida o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini shakllantirish va uni doimiy tarzda qo‘llab-quvvatlash ta’lim sifatini oshirishning muhim shartlaridan biridir. Motivatsiya — bu o‘quvchini bilim olishga, o‘z ustida ishlashga, o‘zini rivojlantirishga undovchi ichki kuchdir. Mazkur maqolada o‘quvchilarda motivatsiyani shakllantirish jarayonida o‘qituvchi va psixolog hamkorligining ahamiyati, ularning vazifalari, o‘zaro aloqasi va faoliyatning samarali yo‘llari tahlil qilinadi. Ayniqsa, o‘quvchilar bilan individual ishlash, sinf muhitini psixologik jihatdan sog‘lom saqlash, o‘zini anglash va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishda psixolog va pedagoglarning uzviy hamkorligi dolzarb hisoblanadi. O‘quvchilarning motivatsiya darajasiga ta’sir qiluvchi omillar, xususan, oilaviy muhit, tengdoshlar guruhi, maktab muhiti, o‘qituvchi-psixolog munosabati asosida motivatsion yondashuvlar tavsiflanadi. Shuningdek, maqolada ushbu hamkorlikni tashkil etishning innovatsion usullari, amaliy tavsiyalari va real maktab amaliyotidan misollar asosida ilmiy xulosa va takliflar berilgan.

Soliyeva Aynura Isayevna

135-137

2025-05-31

KVADRAT SHAKLDAGI SIGNALLARNI FURYE QATORI YORDAMIDA HOSIL QILISH

Ushbu ilmiy maqola kvadrat shakldagi signallarni matematik modellashtirish va ularni Furye qatori yordamida hosil qilishni o‘rganishga asoslangan. Kvadrat signalning matematik ifodasi, uning asosiy xususiyatlari signalni sinus va kosinus funksiyalari orqali ifodalashning nazariy asoslari yoritilgan. Furye qatorining tashkil etuvchilari orqali signalning asosiy garmonik komponentlari ajratib ko‘rsatiladi, ularning amplituda va fazalarining o‘zgarishi ko‘rib chiqilgan..

Berdiyev Alisher Alikulovich, Raxmonova Zulayxo Abdulxokim qizi

138-141

2025-05-31

ГЕНЕТИЧЕСКИЕ КОРНИ И РАЗВИТИЕ ДЕТЕКТИВНОГО ЖАНРА В УЗБЕКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ

Эта статья посвящена детективному жанру, который начал появляться в середине XIX века и оказал положительное влияние на развитие мировой литературы. В ней рассматриваются истоки детективной литературы, развитие жанра и важные аспекты науки о слове.

Рузимуродова Зарифа Гафуровна

142-145

2025-05-31

THE ROLE OF CRITICAL THINKING IN ADVANCED LANGUAGE LEARNING

at the C1 level, language learners possess advanced linguistic skills but often need to move beyond rote memorization to achieve true communicative competence. This article explores how critical thinking enhances advanced language learning by fostering deeper comprehension, nuanced expression, and cultural adaptability among C1-level students. Using a mixed-methods study with 40 C1-level EFL learners, we investigated the impact of critical thinking activities (e.g., debates, problem-solving tasks) on linguistic accuracy, discourse competence, and learner autonomy. Results showed significant improvements in analytical writing (18.5%), oral argumentation (20.2%), and self-directed learning behaviors. Qualitative data revealed heightened engagement and confidence. This article synthesizes research on critical thinking and language acquisition, offering practical strategies for teachers to integrate these skills into advanced language classrooms.

SHodiyaxon Ismoilova , Mushtariybegim Umaraliyeva

146-151

2025-05-31

BANK XIZMATLARINING TASNIFLANISHI, TURLARI VA XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada bank xizmatlarining tasnifi, turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari batafsil yoritilgan. Bank xizmatlari nomoddiyligi, ishonchliligi, qonuniy tartibga solinishi hamda raqamli texnologiyalar yordamida rivojlanishi muhim jihatlar sifatida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada bank xizmatlarining iqtisodiyotdagi roli va mijozlar uchun taqdim etilishidagi afzalliklar hamda murakkabliklar tahlil qilingan.

Akramov Xurshidbek Bahrom o‘g‘li

152-155

2025-05-31

BANK XIZMATLARI BOZORINI TAKOMILLASHTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

Mazkur maqolada bank xizmatlari bozorini takomillashtirishda raqamli texnologiyalarning tutgan o‘rni tahlil qilingan. Unda zamonaviy raqamli yechimlarning joriy etilishi orqali bank xizmatlarining sifatini oshirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda qulayliklar yaratish va bank tizimining raqobatbardoshligini ta’minlashdagi imkoniyatlar yoritilgan. Tadqiqot davomida O‘zbekiston bank sektorida raqamli texnologiyalarning joriy etilishi bo‘yicha real misollar keltirilib, xorijiy tajriba ham tahlil qilingan. Shuningdek, kelgusida ushbu sohani yanada rivojlantirish uchun taklif va tavsiyalar berilgan.

Umarov Abdulquddus Abdilxatovich, Akramov Xurshidbek Bahrom o‘g‘li

156-159

2025-05-31

BANK XIZMATLARI BOZORINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY TAJRIBA VA UNI O‘ZBEKISTONGA QO‘LLASH IMKONIYATLARI

Ushbu maqolada bank xizmatlari bozorini rivojlantirishda xorijiy davlatlar tajribasi va uning O‘zbekistonga tatbiq etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy davrda raqamli texnologiyalar, moliyaviy inklyuziya va mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlar bank sektorining samaradorligini oshirishda muhim omil sifatida ko‘rilmoqda. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya va Singapur kabi rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or bank amaliyotlari, shu jumladan “fintech”, “open banking”, “green banking” va raqamli banklash tizimlari misollarida ko‘rib chiqilgan.

Umarov Abdulquddus Abdilxatovich, Akramov Xurshidbek Bahrom o‘g‘li

160-163

2025-05-31