We are pleased to inform you that the Research Support Center "Innovative Academy" has organized the Republican Conference "Science and Innovation". This is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research.
Published: 2026-02-13
Articles
O’ZBEK VA KOREYS TILLARIDA KELISHIK KATEGORIYASI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Ushbu maqolamizda O’zbek va koreys tillarida kelishik kategoriyasi masalasi, O’zbek va koreys tillarida kelishik kategoriyasi haqida umumiy tushuncha, O’zbek va koreys tillarida kelishik kategoriyasining lisoniy mohiyati, O’zbek va koreys tillarida kelishik kategoriyasining variantliligi, O’zbek va koreys tilida bosh, qaratqich, tushum kelishiklarinig tahlili, O’zbek va koreys tilida jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklarinig tahlili, Kelishik affikslari sinonimiyasi, Kelishik kategoriyasining sintaktik vazifalari, Kelishik kategoriyasi uslubiy vazifalari, tahlili berilgan.
2026-02-12
INNOVATION MANAGEMENT AND ITS IMPACT ON ENTERPRISE PERFORMANCE IN EMERGING ECONOMIES
This thesis examines the role of innovation management in enhancing enterprise performance in emerging economies, with particular focus on startups, research and development (R&D), and technological management practices. Drawing on empirical data from the World Bank Enterprise Surveys, the OECD Oslo Manual, the Global Innovation Index, and peer-reviewed studies, the paper analyzes how structured innovation strategies influence productivity, revenue growth, export performance, and firm survival. Statistical findings indicate that enterprises investing in R&D demonstrate significantly higher labor productivity and sales growth compared to non-innovative firms. Furthermore, innovation-oriented startups exhibit higher survival rates in dynamic markets when supported by institutional frameworks and digital infrastructure. The study integrates quantitative findings from cross-country datasets and firm-level analyses to highlight measurable impacts of innovation governance on enterprise competitiveness in emerging economies.
2026-02-12
KO‘CHMAS MULKNI BAHOLASHNING HUQUQIY ASOSLARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI
Mazkur ilmiy tezisda O‘zbekiston Respublikasida ko‘chmas mulkni baholashning huquqiy asoslari Fuqarolik kodeksi hamda “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi qonun normalari asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, baholash institutining sud-amaliyotdagi o‘rni, mulk huquqi bilan bog‘liq nizolarda baholash natijalarining isbot kuchi, davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish jarayonida kompensatsiya miqdorini aniqlash mexanizmlari va baholovchilarning javobgarlik masalalari o‘rganiladi. Amaldagi normativ-huquqiy bazada mavjud bo‘lgan kolliziyalar hamda ularni takomillashtirish yo‘nalishlari faktik ma’lumotlar asosida yoritiladi.
2026-02-12
ҲУҚУҚНИ МУҲОФАЗА ҚИЛУВЧИ ОРГАНЛАРНИНГ ЖИНОЯТЧИЛИККА ҚАРШИ КУРАШ БОРАСИДАГИ ФАОЛИЯТИНИ МУВОФИҚЛАШТИРИШ
Қонун устуворлигини таъминлаш, ҳуқуқ-тартиботни мустаҳкамлаш, ҳуқуқбузарликларга қарши кураш борасидаги фаолият самарадорлиги давлат органлари, шу жумладан ҳуқуқни муҳофа қилувчи органлар ва фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари, жамоат бирлашмалари, корхоналар, муассасалар, ташкилотларнинг ҳамкорликдаги сайъи-ҳаракатларига ҳам бевосита боғлиқ.
2026-02-12
АДВОКАТ МАҚОМИ ВА МЕҲНАТ МУНОСАБАТЛАРИ МАСАЛАЛАРИ
Адвокатлик тузилмаларини фаолиятини ташкил этиш ва амалга ошириш жараёнида турли хил ҳуқуқий масалалар юзага келади. Булар орасида адвокат билан адвокатлик тузилмаси ўртасидаги муносабатларни расмийлаштириш алоҳида аҳамият касб этади. Бундай расмийлаштириш адвокат мақомига қандай таъсир кўрсатиши муҳим ўрин эгаллайди.
2026-02-12
O’SIMLIKLARDA CHANGLANISH JARAYONI
Ushbu moqolani yozishimdan maqsad o’simliklarni changlanish jarayonini o’rganish. CHanglanish jarayonini insoniyatga tabiatga qanchalik tasirini o’rganish. Gullash jarayoni o'simlik laming katta guruhiga xos bo‘lgan xususiyat bo!lib, u ontogenezda alohida davr sifatida ajratiladi. Gullash o‘simlikni generetiv bosqichga o‘tganidan dalolat beradi. Gul miqyosida urug‘chi tumshuqchasi va changchi gulning yetilishi natijasida changlanish hamda urug'lanish jarayoni amalga oshadi. O'simlikka ekologo-morfologik tavsif berilganda uning hayotiy shakli, areali, yoshi, ekologiyasi, biometrik (o'lchami soni) va morfologik (shakl, ko'rinishi. rangi) belgilari qayd etiladi. Uning qisqa yoki to'Iiq bayon etilishi tadqiqotchi oldiga qo'yilgan vazifalariga qarab belgilanadi.
2026-02-12
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА БАНК ФИЛИАЛЛАРИ ФАОЛИЯТИНИ ТАШКИЛ ЭТИШНИНГ НАЗАРИЙ-ҲУҚУҚИЙ ЖИҲАТЛАРИ
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 12 майдаги ПФ-5992-сон «2020-2025 йилларга мўлжалланган Ўзбекистон Республикасининг банк тизимини ислоҳ қилиш стратегияси тўғрисида»ги фармонига асосан банкларнинг молиявий хизматлар оммабоплигини ошириш мақсадида: “Банкларнинг ҳудудлардаги иштироки базавий банк хизматлари тўпламини кўрсатувчи ва кўп сонли бошқарув ходимларини талаб қилмайдиган ихчам «банк хизматлари офислари» тармоғини барча ҳудудларда кенгайтирган ҳолда мавжуд филиаллар тармоғини мақбуллаштириш, шунингдек, «мобил банкинг» хизматларини кенг жорий қилиш ҳисобига таъминлаш” вазифасининг белгиланиши банкларнинг филиал тармоқларини яратиш орқали ҳудудларда банк хизматларига бўлган эҳтиёжларни қондириш мумкин бўлади. Шу билан бирга банкларда филиаллар тармоғининг кенгайиши келажакда улар фаолиятининг қанчалик даражада самарали ишлаётганини баҳолаш каби долзарб масалани ечишни талаб этади.
2026-02-12
XITOY TILI FRAZEOLOGIYASIDA MADANIY MA’NONING AHAMIYATI
Xitoycha frazeologiyalar o'zining chuqur ma'nolari, ixcham va takomillashtirilgan tili hamda qat'iy tuzilishi bilan an'anaviy Xitoy madaniyatining mohiyati va xitoy tili lug'atining muhim tarkibiy qismidir. Xitoycha frazeologiyalarning ahamiyati ko'p qirrali bo'lib, boy madaniy ma'nolarni, pragmatik ehtiyojlar amaliy talablarini o'z ichiga oladi. Xitoycha frazeologiyalarni o'qitishga jiddiy yondashuvda Xitoy madaniyatini rang-barangligiga urg'u berish, semantika, grammatika va pragmatika bo'yicha kompleks ta'lim berish hamda an'anaviy va innovatsion o'qitish usullarini birlashtirish tamoyillariga amal qilinishi ahamiyatlidir. Morfemaga asoslangan usullar, etimologik va kontekstual usullar - bularning barchasi chet ellik o'quvchilarga xitoycha frazeologiyalarni o'qitishda keng qo'llaniladigan o'qitish usullaridir. Bir nechta usullarni integratsiyalashgan holda qo'llash ̶ xitoycha frazeologiyalarni kompleks o'qitish maqsadiga erishishga yordam beradi.
2026-02-12
КОНЦЕПТ «ЖЕНЩИНА» В ЛИНГВОКУЛЬТУРНОЙ ПАРАДИГМЕ АНГЛИЙСКОГО И УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКОВ
Данная статья анализирует лингвистическое выражение концепта «женщина» в английском и узбекском языках на основе когнитивно-семантического и лингвокультурного подходов. Цель исследования –сопоставление номинативных слоёв концепта, метафорических моделей и выражений в паремиологических единицах. Методы включают компонентный анализ, концептуальную метафору, контекстуальный и сопоставительный анализ. Научная новизна заключается в интегрированном описании индикаторов ценностей концепта и его дискурсивного профиля на материалах двух языков.
2026-02-12
T.QAYIPBERGENOVNING “RAXMAT, MUALLIM” POVESTI ASLIYAT VA O‘ZBEK TILI TARJIMASIDAGI MAZMUNIY SODIQLIK, LEKSIK VA STILISTIK MOSLIK
Mazkur maqolada qoraqalpoq adabiyotining yirik namoyandasi To‘lepbergen Qayipbergenovning “Raxmet mug‘allim” qissasi va uning o‘zbek tiliga “Raxmat, muallim” nomi bilan tarjima qilinishi qiyosiy-lingvistik va madaniy-semantik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida asliyat va tarjima matnlari o‘rtasidagi mazmuniy sodiqlik, leksik va stilistik moslik, muallif uslubining saqlanish darajasi hamda milliy koloritning uzatilishi masalalari yoritiladi.
2026-02-12
UNABI (ZIZIPHUS) CHELONJIYDA YETISHTIRISH VA MEVASINING XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada unabi(ziziphus)chelonjiyda bog’larini tashkil qilish,dunyo mevachiligida unabi ko’chatlarini yetishtirish,yalpi hosil miqdorini oshirishimiz hamda chelonjiyda o’simligidan tayyorlanadigan preparatlar va damlamalarining inson organizmidagi har xil kasalliklarning oldini olish, ularning qo’llanilishi va tasirini o’rganib yo’lga qo’yishdan iborat.
2026-02-12
NEGA BIZNING TALABALAR ACADEMIC WRITING’DA QIYNALISHADI? O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI MANTIQIY TAFAKKUR FARQLARI (TANQIDIY FIKRLASH ASOSIDA)
Ushbu maqolada talabalarning Academic Writing jarayonida duch keladigan qiyinchiliklari tanqidiy fikrlash nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Xususan, o‘zbek va ingliz tillaridagi mantiqiy tafakkur farqlari yozma akademik nutqqa qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritib beriladi. Academic Writing faqat grammatik jihatdan to‘g‘ri yozish emas, balki mantiqiy izchillik, dalillash, tahlil va xulosalash kabi ko‘nikmalarni talab qiladi. O‘zbek tilida fikrni ifodalashda ko‘proq bilvosita va tavsifiy yondashuv ustun bo‘lsa, ingliz tilida aniq tuzilma, tezisga asoslangan dalillash va tanqidiy tahlil muhim hisoblanadi. Ushbu tafakkur farqi talabalarning ingliz tilida akademik matn yozishda qiynalishiga sabab bo‘lmoqda. Maqolada tanqidiy fikrlashni rivojlantirish orqali Academic Writing ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari ingliz tilini o‘qitishda mantiqiy tafakkur va yozma nutqni uyg‘un rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi.
2026-02-12
TIBBIY XODIMLARNI OIV INFEKSIYASI BILAN ZARARLANISHINI EPIDEMIOLOGIK BAXOLASH
Maqola tibbiyot xodimlari o‘rtasida OIV infeksiyasidan kasallanish holati, yuqish yo‘llari va profilaktika ishlarini tashkil etishning dolzarb muammolari to‘g‘ridagi ma’lumotlarni o‘rganishga bag‘ishlangan.
2026-02-12
TRANSFORMATSIYA TUSHUNCHASINING FALSAFIY KATEGORIYALAR TIZIMIDAGI O‘RNI
Transformatsiya tushunchasi falsafada borliqning o‘zgarish, rivojlanish va yangilanish jarayonlarini ifodalovchi asosiy kategoriyalardan biri sifatida muhim o‘rin tutadi. U nafaqat sotsiologik yoki iqtisodiy tushuncha, balki falsafiy tafakkurda insoniyotning dinamik mohiyatini anglashning markaziy vositasi sifatida qaraladi. “Transformatsiya” atamasi lotincha “transformare” — shaklni o‘zgartirish”, “ko‘rinishni almashtirish” ma’nosini bildiradi. Falsafiy jihatdan bu tushuncha mavjud bir holatdan boshqasiga o‘tish, mazmuniy sifat o‘zgarishlarini amalga oshirish jarayonini anglatadi. Shu bois transformatsiya kategoriyasi “rivojlanish”, “o‘zgarish”, “harakat”, “evolyutsiya”, “inqilob” kabi boshqa falsafiy tushunchalar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etiladi.
2026-02-12
SIANID QATLAMLARNI HIMOYA QILISH UCHUN TOMCHITUVCHI ALYUMINIY OKSID ADSORBENTLARINING TA’SIRI
Mazkur ishda gazlarni quritish jarayonlarida qo‘llaniladigan aktivlangan alyuminiy oksid adsorbent granulalarining mexanik va siklli barqarorligini oshirish maqsadida ularning sirtiga alyuminiy oksid (Al₂O₃) asosidagi himoya qatlami qo‘llash imkoniyatlari o‘rganildi. Sol-gel usuli yordamida hosil qilingan 3 mkm qalinlikdagi himoya qatlami adsorbentning yemirilishga chidamliligini sezilarli darajada oshirishi, adsorbsion faollikka esa minimal ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Olingan natijalar laboratoriya va yarim-sanoat sharoitida tasdiqlandi.
2026-02-12
MARKAZIY OSIYA IQLIM SHAROITIDA MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISHNING XOZIRGI KUNDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI
Maqolada bugungi kunda muqobil energiya manbalaridan foydalinish bo‘yicha dunyo amaliyoti va bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar katta ahamiyatga ega ekanligi, tabiiy resurslarning dunyo bo‘yicha zaxiralarining kamaiyb borayotganligi, shuningdek respublikamizda energiya samaradorligiga erishish maqsadida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
2026-02-13
ЭРКИН ИҚТИСОДИЙ МУНОСАБАТЛАР ШАРОИТИДА МОЛИЯВИЙ НАТИЖАЛАРНИ ШАКЛЛАНИШИНИНГ АСОСИЙ ОМИЛЛАРИ
Бозор иқтисодиёти қарор топиб, ривожланиб бориш шартларидан энг муҳими фойда олиб ишлаш ҳисобланади. Шу маънода ҳар қандай иқтисодий ҳаракат натижаси албатта фойдалиликни, манфаатликни таьминлаш керак. Эркин бозор мунособатларига асосланган шароитда ишлаб чиқариш, тижорат ва тадбиркорлик фаолиятини йўлга кўйиш ва юритишдан энг асосий мақсад юқори натижавийликга эришиш ҳисобланади. Фаолият натижаси - бу фаолият асосида олинган даромадлар билан қилинган харажатлар фарқланишидаги куйи ёки юқори ўзгаришни ифодалайди. Қуйи чегара зарар, юқори чегара эса фойдага эришилганини билдиради. Яъни фаолият натижаси, олинган даромадлардан қилинган харажатларни мутлоқ фарқлаш асосида аниқланади.
2026-02-13
BO‘LAJAK INFORMATIKA O‘QITUVCHILARIDA MODELLASHTIRISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI PEDAGOGIK VOSITALARDAN FOYDALANISH
Zamonaviy axborotlashgan jamiyat sharoitida ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan talablar keskin o‘zgarib bormoqda. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi informatika fanining mazmunini boyitib, o‘qituvchilardan zamonaviy kompetensiyalarni egallashni talab qilmoqda. Ayniqsa, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining modellashtirish kompetensiyasini rivojlantirish muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Modellashtirish kompetensiyasi murakkab jarayon va hodisalarni tahlil qilish, ularning matematik yoki kompyuter modelini yaratish hamda natijalarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi. Ushbu kompetensiya o‘qituvchining kasbiy faoliyatida innovatsion yondashuvni ta’minlaydi va ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
2026-02-13
ГЛОБАЛЛАШУВ ШАРОИТИДА РАКАМЛИ ИКТИСОДИЁТ, ИННОВАЦИЯ ВА АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ УРНИ ВА РОЛИ
Мақолада рақамли иқтисодиёт, инновация ва ахборот технологияларининг иқтисодий моҳияти ҳамда уларни ривожлантириш масалалари, шунингдек, ракамли иктисодиёт, ахборот технологияларининг иктисодий тараккиётга таьсири ва ахамияти ёритиб утилган. Рақамли технологиялар нафақат маҳсулот ва хизматлар сифатини оширади, балки ортиқча харажатларни ҳам камайтиради. Шу билан бирга, мамлакат ривожланишига тўсқинлик қилаётган энг оғир иллат – коррупция балосини йўқотишда ҳам катта роль ўйнайди. Саноат иқтисодиёти телекоммуникация қоидаларини белгилашда ҳам эътибори каттадир.
2026-02-13
REYNOLDS SONI BO‘YICHA ISHQALANISH KOEFFITSENTINING O‘ZGARISHINI TAJRIBA VA SONLI MODELLASH NATIJALARINI SOLISHTIRISH
Ushbu ishda quvurdagi turbulent oqim uchun ishqalanish koeffitsenti λ ning Reynolds soni (Re) ga bog‘liq holda o‘zgarishi tajriba natijalari va sonli modellashtirish orqali solishtirildi. 400–1∙10⁶ oralig‘idagi Reynolds sonlari uchun lg(100λ) qiymatlari, tajriba nuqtalari va sonli model egri chizig‘i olingan. O‘tish rejimida sezilarli tafovutlar kuzatildi, yuqori Reynolds sonlarida esa natijalar mosligi kuchaydi. Nisbiy xatolikning Re oshishi bilan kamayishi sonli modelning turbulent rejimda yuqori aniqlikda ishlashini ko‘rsatdi. Tadqiqot ishqalanish koeffitsentini aniqlashda sonli usullarning qo‘llanish imkoniyatlarini baholashga yordam beradi.
2026-02-13
ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLAR VA ULARNING TA’LIM SIFATIGA TASIRI
Ushbu maqolada zamonaviy pedagogik yondashuv mohiyati, turlari hamda ularning ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy, interfaol, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan va muammoli ta’lim yondashuvlarining samaradorligi yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy yondashuvlar ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi. Qolaversa, pedagogika fanini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rnini oshirish bo‘yicha xulosa va takliflar ushbu maqolada to‘laqonli ravishda ochib berilgan.
2026-02-13
РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТ ШАРОИТИДА ИННОВАСИОН БАНК ХИЗМАТЛАРИНИ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ
Дунё млакатларининг банк амалиёти тажрибаси кўрсатадики, тижорат банкларининг ликвидлилиги ва молиявий барқарорлигини таъминлаш бевосита улар активларининг даромадлилиги ва ликвидлилиги ўртасидаги мутаносибликни таъминлашга боғлиқ. Ўз навбатида, тижорат банклари активларининг даромадлилиги ва ликвидлилиги ўртасидаги мутаносибликни таъминлаш актив операциялар билан боғлиқ бўлган рискларнинг даражаларини минималлаштириш заруриятини юзага келтиради. Хусусан, “Бэнк оф Америка (АҚШ) активларининг умумий ҳажмига нисбатан кредитлардан кўриладиган зарарларни қоплашга мўлжалланган захира ажратмалари даражаси 2021 йилда 0,7 фоизни ташкил этди”. “Барклайс банк мажбуриятларининг ҳажмида регулятив капиталнинг салмоғи 2021 йилда 2017 йилга нисбатан 1,3 фоизга ошганлиги ликвидлилик рискини пасайтиришда муҳим роль ўйнади”
2026-02-13
RATSIONALLIK VA IRRATSIONALLIK KONSEPSIYALARI: EVOLYUTSIYA VA ZAMONAVIY TAHLIL
Ushbu maqolada ratsionallik va irratsionallik kontseptsiyalari tarixiy rivojlanish jarayoni va zamonaviy tahlil kontekstida o‘rganiladi. Maqolada inson tafakkuri va qaror qabul qilishdagi mantiqiy va mantiqsiz jarayonlarning evolyutsion asoslari, shuningdek, turli falsafiy va psixologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Zamonaviy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ratsionallik va irratsionallik inson xulq-atvorida bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, qaror qabul qilish jarayonlarini yaxlit tushunishda muhim rol o‘ynaydi. Maqola shuningdek, ilmiy metod va tafakkur nazariyalarining integratsiyalashuvi orqali ratsionallikning evolyutsion modelini ko‘rsatadi.
2026-02-13
ILMIY METOD VA RATSIONAL FIKRLASH: TARIXIY VA METODOLOGIK ASPEKTLAR
Maqolada ilmiy metod va ratsional fikrlash tushunchalari tarixiy rivojlanish va metodologik kontekstda o‘rganiladi. Tadqiqot davomida klassik va zamonaviy falsafiy manbalar tahlil qilinib, ilmiy tadqiqotlarda ratsionallik printsiplari, mantiqiy tafakkur va qaror qabul qilish jarayonlari o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada ilmiy metod va ratsional fikrlashning evolyutsion xarakteri, ularning jamiyat va shaxs tafakkuriga ta’siri hamda zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda qo‘llanilishi muhokama qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ratsional fikrlash va ilmiy metod bir-birini to‘ldiruvchi element sifatida ilmiy faoliyatning asosiy metodologik tamoyillarini tashkil qiladi.
2026-02-13
MAKTABGACHA TA’LIM JARAYONIDA INTERAKTIV TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING ZARURIYATLARI
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim tizimi inson kapitalini shakllantirishning boshlang‘ich bosqichi sifatida strategik ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy jamiyatning texnologik rivojlanishi, raqamli iqtisodiyotning shakllanishi hamda global ta’lim muhitiga integratsiya zarurati maktabgacha ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik va interaktiv texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.
2026-02-13
INVESTITSION RISKLARNI BOSHQARISH ORQALI MINTAQALARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI
Mazkur tadqiqot investitsion risklarni boshqarish orqali mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash mexanizmlarini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqot doirasida investitsion risk tushunchasining mazmun-mohiyati, uning turlari va manbalari, shuningdek, hududiy investitsiya jarayonlarida risklarni boshqarishning zamonaviy usullari tizimli ravishda o'rganiladi. Mintaqalarda investitsion risklarni kamaytirish va boshqarish orqali investitsion muhitni yaxshilash, investorlar ishonchini mustahkamlash hamda investitsiya faolligini oshirish mexanizmlari baholanadi.
2026-02-13
MANZARA JANRI VA UNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada tasviriy san’atning manzara (peyzaj) janri, uning shakllanish tarixi, estetik funksiyalari hamda hozirgi davrdagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Manzara janri tabiat go‘zalligini aks ettirish, inson va tabiat uyg‘unligini ifodalashda muhim vosita bo‘lib, ijodkorning dunyoqarashi va ruhiy holatini yoritishda katta o‘rin tutadi.
2026-02-16
MILLIY MADANIY MEROSNI SAQLASHDA KUTUBXONANING O‘RNI
Mazkur maqolada kutubxonalarning milliy madaniy merosni saqlash, asrash va kelajak avlodlarga yetkazishdagi o‘rni yoritiladi. Kutubxonalar fondlarida jamlangan qo‘lyozmalar, nodir nashrlar, tarixiy hujjatlar hamda elektron resurslar milliy madaniyatning muhim tarkibiy qismi sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, merosni kataloglashtirish, konservatsiya qilish va raqamlashtirish jarayonlari orqali uning saqlanishi hamda keng jamoatchilikka yetkazilishi masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida kutubxonalarning tarixiy xotirani asrash, milliy o‘zlikni mustahkamlash va ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishdagi muhim ijtimoiy-madaniy institut sifatidagi roli asoslab beriladi.
2026-02-16
ДИАГНОСТИКА И ЛЕЧЕНИЕ РАЗЛИЧНЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ БИОАКТИВНЫХ ТОЧЕК И МЕРИДИАН В ОРГАНИЗМЕ
Акупунктура (или иглоукалывание) — один из традиционных китайских методов, представляющий собой способ лечения заболеваний путем введения тонких игл в биологически активные точки человеческого тела. Согласно философии восточных целителей, любое заболевание возникает в результате застоя жизненной энергии Ци. Если энергетический баланс не восстановлен, вылечить его абсолютно невозможно. Акупунктуру иногда также называют иглоукалыванием. Точки акупунктуры — это точки на теле, нажатие на которые позволяет расслабить мышцы и улучшить кровообращение. Это также помогает облегчить многие побочные эффекты химиотерапии, такие как головные боли и другие боли.
2026-02-16
СВЯЗЬ УРОВНЯ МОЧЕВОЙ КИСЛОТЫ С ТЯЖЕСТЬЮ ХПН У ПАЦИЕНТОВ С РАЗЛИЧНЫМИ СТАДИЯМИ ЗАБОЛЕВАНИЯ
Настоящее исследование посвящено изучению связи уровня мочевой кислоты с тяжестью хронической болезни почек (ХБП) у пациентов с различными стадиями заболевания. Анализ патофизиологических механизмов показал, что повышение уровня мочевой кислоты связано с прогрессированием ХБП через эндотелиальную дисфункцию, оксидативный стресс и воспалительные процессы в почечной ткани. Клинические наблюдения выявили отрицательную корреляцию между уровнем мочевой кислоты и скоростью клубочковой фильтрации, что подтверждает её роль как биомаркера тяжести заболевания. В работе рассмотрены подходы к терапии гиперурикемии, включая диетические рекомендации, фармакологическое лечение и постоянный мониторинг состояния пациента. Контроль уровня мочевой кислоты позволяет замедлить прогрессирование ХБП, снизить риск осложнений и улучшить качество жизни пациентов. Полученные данные подтверждают необходимость регулярного наблюдения за уровнем мочевой кислоты при ведении пациентов с ХБП.
2026-02-16
QARAQALPAQLAR TARIYХÍN ÚYRENIWDE XALÍQ QOSÍQLARÍNÍŃ ORNÍ
Maqolada qoraqalpoqlar хalq oǵzi ijodida saqlanib qolgan folklor asarlari, jumladan tariхiy qo’shiqlar va ularning ahamiyati xaqida so’z boradi.
2026-02-16
1925-1940 YILLARDAGI SURXONDARYO OKRUGIDA IQTISODIY JARAYONLAR VA QISHLOQ XO‘JALIGINI TEXNIKA BILAN TA’MINLANISHI
Ushbu maqolada 1925–1940-yillar oralig‘ida Surxondaryo okrugida kechgan iqtisodiy transformatsiyalar va agrar sektorni texnik modernizatsiyalash jarayonlari tahlil qilingan. Tadqiqotda Sherobod agromarkazining institutsional asos sifatida shakllanishi, Mashina-traktor stansiyalari (MTS) parklarining kengayishi hamda "Toshselmash" zavodi tomonidan yetkazib berilgan texnikalarning hudud iqtisodiyotidagi roli yoritilgan. Muallif tomonidan qishloq xo‘jaligining an’anaviy usullardan industrial ishlab chiqarishga o‘tishi, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish va sug‘orish tizimlarining takomillashishi arxiv materiallari hamda davriy matbuot manbalari asosida o‘rganilgan. Maqolada paxtachilikni mexanizatsiyalash darajasining dinamik o‘sishi, xususan, yer haydash, chigit ekish va kultivatsiya jarayonlarining avtomatlashuvi natijasida erishilgan iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari keltirilgan. Xulosa qismida Surxondaryo vohasining respublika iqtisodiy qudratini oshirishdagi strategik ahamiyati asoslab berilgan.
2026-02-16
YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA TARBIYANING O‘RNI YUZASIDAN NAZARIY QARASHLARNING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI
Ushbu maqolada yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda tarbiyaning tutgan o‘rni, uning tarixiy ildizlari va nazariy qarashlar asosida shakllanishi tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, yoshlar tarbiyasini samarali tashkil etish uchun nazariy va amaliy asoslar, milliy va zamonaviy yondashuvlarning integratsiyasi taklif etiladi. Tadqiqot natijalari yoshlar bilan ishlashda yangi, innovatsion tarbiyaviy yondashuvlar ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi.
2026-02-16
LESSONS FROM SOUTH KOREA’S EDUCATION DEVELOPMENT FOR UZBEKISTAN: POLICY IMPLICATIONS FOR HUMAN CAPITAL GROWTH
Education is a key factor in socio-economic development and human capital formation. South Korea’s transformation from a low-income agrarian society to a global knowledge economy demonstrates the long-term impact of strategic investments in education. This article analyzes the main features of the South Korean education development model and assesses their relevance for Uzbekistan. Using qualitative analysis of secondary sources, the study examines education policies, vocational education systems, and human capital outcomes. The results highlight structural problems in Uzbekistan’s education sector, including quality disparities, limited technical training capacity, and labor market misallocation. Drawing on comparative insights, the article offers policy recommendations to enhance human capital development and support sustainable national growth.
2026-02-16
ЖИГАР ЦИРРОЗИ БЎЛГАН БЕМОРЛАРДА ЎТКИР АППЕНДИЦИТ ДИАГНОСТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
жигар циррози билан оғриган беморларда ўткир аппендицит диагностикасининг аниқлигини оширишдан иборат эди.
2026-02-16
ЎТ ЙЎЛЛАРИГА ЁРИЛГАН ЖИГАР ЭХИНОКОККОЗИНИ ДАВОЛАШДА ЭНДОСКОПИК ТЕХНОЛОГИЯЛАР
Эндоскопик ретроград усулларни жорий этиш орқали ўт йўлларига ёриб ўтиш билан асоратланган жигар эхинококкозини даволаш натижаларини яхшилаш.
2026-02-16
ALEKSANDR FAYNBERGNING “OYNA” SHE’RI TALQINI
Ushbu maqolada Aleksandr Faynbergning “Oyna” she’ri tahlil qilinadi. Asarda oyna obrazi orqali insonning vaqt bilan munosabati, o‘z-o‘zini anglash jarayoni hamda ichki dunyoning barqarorligi masalalari yoritilgan. She’rda tashqi eskirish va ichki o‘zgarmaslik o‘rtasidagi qarama-qarshilik chuqur falsafiy ma’no kasb etadi. Tahlil davomida obrazlar tizimi, ruhiy kechinmalar va poetik vositalar izchil ochib beriladi.
2026-02-16
IQTISODIY NIZOLAR BO‘YICHA UNDIRUVNI MOL-MULKKA QARATISHNING HUQUQIY JIHATLARI
Ushbu tadqiqot ishida iqtisodiy sudlar tomonidan qabul qilingan qarorlarni ijro etish jarayonida qarzdorning mol-mulkiga undiruvni qaratishning huquqiy asoslari, protsessual tartibi va ushbu sohadagi xalqaro tajriba tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida amaldagi qonunchilikdagi bo‘shliqlar, xususan, mol-mulkni xatlash, baholash va realizatsiya qilish bosqichlaridagi murakkabliklar, shuningdek, raqamli aktivlar va intellektual mulkka undiruv qaratish masalalari ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganilgan. Maqolada rivojlangan davlatlar (Germaniya, Fransiya, AQSh) tajribasidan kelib chiqib, sud ijrochilari faoliyatining samaradorligini oshirish va kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
2026-02-16
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN ALOQA SOHASINI MOLIYALASHTIRISHNING IQTISODIY AHAMIYATI
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hamda zamonaviy aloqa infratuzilmasini shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu jarayonda bank tizimining real sektorni, xususan, yuqori texnologik va infratuzilmaviy tarmoqlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdagi roli tobora ortib bormoqda. Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yondashuvlarga ko‘ra, tijorat banklari nafaqat kredit beruvchi institut, balki iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi strategik moliyaviy hamkor sifatida faoliyat yuritishi lozim. Ayniqsa, infratuzilmaviy va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish bank tizimining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
2026-02-16
O‘RTA ASR ISLOM TAFAKKURIDA ILM VA AXLOQ DIALEKTIKASI: IBN HAJAR AL-ASQALANI MEROSI MISOLIDA
Maqolada XIV–XV asrlar islom ilmiy tafakkuri doirasida ilm va axloq o‘rtasidagi munosabat masalasi Ibn Hajar al-Asqalani merosi asosida tahlil qilinadi. Xususan, “Fath al-Bārī bi Sharh Sahih al-Bukhārī” asari misolida ilmiy-axloqiy tarbiya konsepsiyasining metodologik va ma’naviy asoslari ochib beriladi. Tadqiqotda ilmiy halollik, rivoyat zanjirini tekshirish, ustoz-shogird silsilasi, niyat pokligi va sabr tamoyillari ilmiy jarayonning ajralmas tarkibiy qismlari sifatida yoritiladi. Muallif Ibn Hajar ilmni faqat bilish vositasi emas, balki ma’naviy kamolot va ijtimoiy mas’uliyat mezoni sifatida talqin qilganini asoslaydi.
2026-02-16
