TURAR JOY DAHALARIDA HARKATLANISHDA HARAKAT XAVFSIZLIGI TALABLARI

Main Article Content

Аннотация:

Xavfsizlikni ta’minlashga oid masalalar bugungi kunda nafaqat huquq-tartibot organlarining, balki mahalliy hokimiyatlar, dizayn va qurilish tashkilotlarining ham asosiy vazifalari hisoblanadi. Bunday xavfsizlikka nafaqat yong‘in xavfsizligi balki ko‘chalar, yo‘l belgilarining to‘g‘ri joylashuvi, harakatni boshqarish tizimlari, piyodalar va transport vositalarining uyg‘un harakatlanishi kiradi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi turar joy dahalarida xavfsizlikni ta’minlash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Xususan, yangi qabul qilingan qarorlar va normativ-huquqiy hujjatlar asosida, xavfsizlikni ta’minlashga doir bir qator muhim qadamlar tashlandi. Misol uchun, zamonaviy texnologiyalar, video monitoring tizimlari, sensorli qurilmalar va avtomatik boshqaruv tizimlari orqali xavfsizlikni samarali tarzda ta’minlash imkoniyatlari yaratilmoqda. Bundan tashqari, harakat xavfsizligini ta’minlashda fuqarolarning ongli ishtiroki, yuridik va ijtimoiy chora-tadbirlar ham muhim rol o‘ynaydi. Piyodalar va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash uchun yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurati kundan-kunga ortib bormoqda. Turar joy dahalarida harakat xavfsizligini ta’minlash jarayonida bir qancha muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bu muammolar nafaqat mavjud tizimlarning samaradorligini pasaytiradi, balki aholi uchun xavf-xatarlarni keltirib chiqaradi.

Article Details

Как цитировать:

Xamroqulov, R. . (2026). TURAR JOY DAHALARIDA HARKATLANISHDA HARAKAT XAVFSIZLIGI TALABLARI. Наука и инновация, 4(24), 71–73. извлечено от https://www.in-academy.uz/index.php/si/article/view/79203

Библиографические ссылки:

Azizov.Q.X “Avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash”. O‘quv qo‘llanma Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya institutining Ilmiy Kengashi tomonidan 2019 yil 26 dekabrda tasdiqlangan.

Yo‘l harakati qoidalariga batafsil sharhlar. A.A Nazarov, N.F Muhitdinov, A.R. Yusupov, I.M. Niyazmetov: -Toshkent; “ZUKKO KITOBXON” nashriyot-matbaa uyi, 2022 yil, 256 bet.

SHNQ 2.05.02-2023. Avtomobil yo‘llari. Loyihalash talablari.

Aliyev.A.A “Yo‘l harakatini tashkil etish”. Uslubiy ko‘rsatma.

O‘zDSt 3283-2019. Yo‘l belgilari. Texnikaviy shartlar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 15 noyabrdagi 303-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi qarori.