RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SOLIQ TIZIMINING RIVOJLANISHI VA UNING MAKROIQTISODIYOTGA TA’SIRI
Main Article Content
Аннотация:
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida soliq tizimining rivojlanish jarayonlari tahlil qilinib, uning makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati yoritiladi. Iqtisodiyotda raqamlashtirish jarayonlarining jadallashuvi natijasida soliq ma’murchiligida yuzaga kelayotgan muammolar, jumladan yashirin iqtisodiyot ulushining mavjudligi, soliq nazoratining yetarli darajada avtomatlashtirilmaganligi hamda raqamli xizmatlarni soliqqa tortishdagi murakkabliklar iqtisodiy rivojlanishga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar asosida soliq tizimini raqamlashtirishning samarali mexanizmlari tahlil etiladi. Tadqiqot doirasida elektron soliq xizmatlarini kengaytirish, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar asosida soliq nazoratini kuchaytirish hamda raqamli soliq infratuzilmasini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Olingan natijalar fiskal siyosat samaradorligini oshirish, davlat byudjeti daromadlarini ko‘paytirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
Gulyamov S.S., Qodirov A.B., To‘xtayev M.I. – Raqamli iqtisodiyot asoslari, Toshkent, 2020.
Khusanov N.A., Yusupov D.R. – Tsifrovaya ekonomika, Toshkent, 2019.
Yunusov S.S., Abdullaxodjayeva D. et al. – Raqamli iqtisodiyot (kriptovalyuta va blokcheyn), Toshkent, 2019.
Bobojonov A.B. – Raqamli biznes modellar, Toshkent, 2021.
Abdullaxodjayeva D. – Interaktiv va raqamli marketing, Toshkent, 2020.
