Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

BOSHLANGICH TA’LIMDA INKLYUZIV TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI

Ushbu tezisda boshlang‘ich ta’limda inklyuziv ta’lim jarayonini tashkil etishning pedagogik-psixologik asoslari o‘rganiladi. Ishda inklyuziv ta’limning nazariy va amaliy jihatlari, pedagogik yondashuvlar, bolalarning psixologik xususiyatlari, o‘qituvchilarning malaka va tayyorgarligi, shuningdek, inklyuziv muhit yaratishning asosiy shartlari tahlil qilinadi. Tezisda natijalar, tahlil va muhokama asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini inklyuziv ta’limga tayyorlashning samarali yo‘llari ko‘rsatib berilgan.

Feruzaxon Abdurashidova

94-96

2025-12-11

O‘QUVCHILARGA KREATIV YONDASHUV ASOSIDA INGLIZ TILI O‘QITISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada umumta’lim maktabi o‘quvchilarini kreativ yondashuv asosida ingliz tilini o‘qitishning pedagogik-psixologik asoslari  ahamiyati va afzalliklari ko‘rsatib berilgan.

Mukaddas Matkarimova

46-47

2024-02-26

O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATINI OSHIRISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING AMALIY AHAMIYATI

So’nggi yillarda maktab ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni ta’lim beruvchi tomonidan o’zlashtirilib va qo’llanib borilishi, ta’lim sifatini, dars samaradorligini oshirishga yanada xizmat qiladi.

O‘g‘iloy Xolbekovа

72-73

2025-10-14

BO‘LAJAK SPORT MURABBIYLARIDA KOGNITIV QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK YONDASHUVI

Maqolada bo‘lajak sport murabbiylarining kognitiv qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari yoritilgan. Kognitiv qobiliyatlar sport murabbiyligidagi muhim psixik jarayonlar – analitik fikrlash, muammoni hal qilish, diqqatni boshqarish kabi jihatlar bilan bog‘liq holda tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu qobiliyatlarni rivojlantirish uchun samarali pedagogik texnologiyalar va psixologik yondashuvlar bayon etilgan. Maqolada amaliy tavsiyalar ham berilgan.

Sherzod Boboyorov

23-24

2025-06-09

TALABALARNI TEXNIK IJODKORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada talabalarni texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash jarayonining pedagogik va psixologik xususiyatlari yoritilgan. Texnik ijodkorlik talabalar dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash, yangilik yaratish hamda amaliy masalalarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, bu jarayon talabalardan yuqori darajadagi intellektual faollik, motivatsiya va ijodiy yondashuvni talab qiladi. Pedagogik nuqtayi nazardan, ta’lim jarayonini texnik ijodkorlik faoliyatiga yo‘naltirishda innovatsion metodlar, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi samarali hamkorlik, muammoli vaziyatlar yaratish muhim sanaladi. Psixologik jihatdan esa, talabalarni texnik ijodkorlikka tayyorlashda motivatsiyani shakllantirish, ijodiy fikrlashni qo‘llab-quvvatlash va stress holatlarini boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi.

Mirjon Sharopov

139-141

2025-09-23

5-9 SINF OʻQUVCHILARI KOGNITIV JARAYONLARI SHAKLLANISHIDA TAʼLIM VA TARBIYANING PEDOGOGIK VA PSIXOLOGIK OʻRNI

Ushbu tezisda Elektron vositalarni integratsiyalash orqali ta'lim jarayonini modernizatsiya qilish zamonaviy hamkorlik tamoyillari, media ta'lim resurslarining pedagogik-psixologik asoslaridan foydalanish va ta'minlash usullarini shakllantirishda kognitiv kompetensiyalardan foydalanishning nazariy asoslari keltirilgan.

Moxira Xudoynazarova

107-110

2024-04-29

BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINING AXBOROT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK YO’NALISHLARI

Hаr bir jаmiyаt uchun tа’lim bilаn birgа bu sоhаdаgi аxlоqiy tаrbiyа vа аxbоrоt mаdаniyаti muаmmоlаri muhim strаtegik аhаmiyаtgа egа mаsаlаlаrdаn biri hisоblаnаdi. Glоbаllаshuv shаrоitidа tа’limdа аxbоrоt mаdаniyаti muаmmоlаri hаr qаchоngidаn dоlzаrb аhаmiyаtgа egа bо‘lib, bu mаsаlаni yetаrlichа ilmiy аsоsdа о‘rgаnishni tаqоzо etаdi. Ushbu tezisda bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarining axborot madaniyatini shakllantirish mohiyati, pedagogik-psixologik yo`nalishlari muhokama etiladi.

Qodirova Manzura Qodirova

138-140

2023-06-14

TALABALARDA REFLEKSIV QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

ushbu maqola talabalarda refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini o‘rganadi. Refleksiv qobiliyatlar talabalarning o‘z-o‘zini anglash, o‘z xatti-harakatlarini tahlil qilish va o‘rganish jarayonida o‘zgarishlarni kuzatish imkonini beradi. Maqolada refleksivlikning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, uning o‘zaro munosabatlar va ijodiy fikrlash bilan bog‘liqligi, shuningdek, talabalarning refleksiv qobiliyatlarini rivojlantirish uchun samarali pedagogik usullar va strategiyalar muhokama qilinadi. Natijada, talabalarning o‘z-o‘zini baholash, tanqidiy fikrlash va muammolarni hal etish qobiliyatlari ortadi, bu esa ularning akademik va shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ra`no Yo`ldasheva

133-136

2025-05-31

“TALABALARDA AXLOQIY O‘ZINI ANGLASH VA BURCH HISSINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI”

Mazkur maqolada talabalarda axloqiy o‘zini anglash va burch hissini shakllantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqotda shaxsning axloqiy ongini rivojlantirish, ichki mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash, qadriyatlar tizimini shakllantirish hamda ijtimoiy-me’yoriy xulqni barqarorlashtirish omillari aniqlangan. Axloqiy o‘zini anglash va burch hissining o‘zaro determinantligi shaxsning motivatsion, kognitiv va affektiv sohalari birligi asosida izohlanadi. Maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning axloqiy rivojlanishini ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlar, interaktiv metodlar va psixologik ta’sir mexanizmlarining samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari talabalarda mas’uliyat, ijtimoiy faollik va axloqiy barqarorlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi konseptual modelni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.

Bobur Davidov

110-114

2026-02-20

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA O‘Z-O‘ZIGA BAHO BERISHNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘z-o‘ziga baho berishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. O‘z-o‘ziga bahoning shaxsiy rivojlanishdagi ahamiyati, unga ta’sir etuvchi asosiy omillar hamda uni rivojlantirish metodlari yoritilgan. Shuningdek, adekvat o‘z-o‘ziga bahoni shakllantirishda uchraydigan dolzarb muammolar, ularning ta’lim jarayoniga ta’siri va amaliy yechimlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Gulnoza Raufova

141-143

2025-09-18

BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARIDA TARBIYASI QIYIN VA BO‘SH O‘ZLASHTIRISH HOLATLARINING OLDINI OLISHDA INDIVIDUAL YONDASHUVNING AHAMIYATI

Mazkur tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tarbiyasi qiyin va bo‘sh o‘zlashtirish holatlarining oldini olishda individual yondashuvning pedagogik-psixologik ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda tarbiyasi qiyin va past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari, ularning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi, diqqat va iroda bilan bog‘liq muammolari tahlil qilingan. Shuningdek, individual yondashuv tamoyillari, ularni amaliyotga tatbiq etish usullari, maktab psixologi va o‘qituvchining hamkorlikdagi faoliyati, ota-ona bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari individual yondashuv o‘quvchilarning o‘quv faolligi, intizomi va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini yaxshilashda samarali omil ekanini ko‘rsatadi. Tezis materiallari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktab psixologlari hamda pedagogika sohasi tadqiqotchilari uchun amaliy ahamiyatga ega.

Feruza Eshboyeva

20-22

2026-01-07

KLASTERLI YONDASHUV ASOSIDA OʻQUVCHILARDA BADIIY ESTETIKLIKNI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY MASALALARI

Klasterli yondashuv asosida oʻquvchilarda badiiy estetiklikni rivojlantirish muammosining pedagogik-psixologik xususiyatlari, texnologiyasi, metodlari, badiiy estetiklikni rivojlantirish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Zarnigor Xayrullayeva

22-24

2022-10-01

DIN VA AXLOQ O‘RTASIDAGI MUNOSABATLARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TAHLILI

Ushbu maqolada din va axloq o‘rtasidagi pedagogik-psixologik xususiyatlarga alohida e’tibor qaratiladi. Din butun insoniyatning ma'naviy evolyutsiyasining bo'g'inlaridan biri bo'lib, jamiyat tarixidagi katta bosqich u bilan bog'liq. U odamlarning tevarak-atrofdagi voqelik va o'zini anglashining tarixiy va ijtimoiy shartli shakli sifatida vujudga kelgan va mavjud bo'lgan. Maqolada mualliflar turli diniy konfessiyalarda ushbu axloqning kelib chiqish tarixi va asoslari haqida fikr va mulohazalar yuritadilar.

Jahongir Ramazonov , Zebuniso Khayrullayeva

160-163

2024-12-30

KLINIK FIKRLASH KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI

Ushbu maqolada zamonaviy tibbiyot ta’limi jarayonida klinik fikrlash kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik hamda psixologik jihatlari tahlil qilinadi. Klinik fikrlash shifokorning kasbiy kompetensiyasining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, nafaqat chuqur nazariy bilimlarga, balki dalillarga asoslangan yondashuv, analitik fikrlash, hissiy barqarorlik, empatik muloqot va reflektiv tafakkurga tayangan holatda qaror qabul qilishga asoslanadi. Maqolada kognitiv, affektiv va metakognitiv salohiyatlarni integrativ tarzda rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari, o‘qitish metodikasi, baholash yondashuvlari va simulyatsion muhitda o‘quv faoliyatini tashkil etish usullari yoritiladi. Shuningdek, interaktiv metodlar, muammoli ta’lim, refleksiya va murabbiylik asosida shaxsiy va kasbiy o‘sish mexanizmlari tahlil etiladi.

Farxodjon Isroilov

54-56

2025-08-25

YANGI AVLOD DARSLIKLARINI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYLARDAN FOYDALANISH 4K BO‘YICHA

Zamonaviy ta'lim jarayoni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion pedagogik yondashuvlarning keng qo‘llanilishi bilan xarakterlanadi. Bu o‘zgartirishlar ta'lim tizimining samaradorligini oshirish, o‘quvchilar va talabalar bilimdarligini, tafakkur qobiliyatini yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Boʻlajak boshlangʻich sinf  oʻqituvchilarini  oʻquvchilarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida 4k modelida kreativlik kompetentligini pedagogik-psixologik omilш ta'lim jarayonida qo‘llanilayotgan texnologiyalar o‘quvchilarning fikrlashini chuqurlashtirish, ularni mustaqil va tanqidiy fikrlashga o‘rgatish, hamda zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishni osonlashtirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ta'lim texnologiyalari ta'lim sifatining oshishi va ilg‘or pedagogik metodlarning joriy etilishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Qo'ysintosh Abdiyeva , Nargiza Rozaliyeva

84-87

2025-11-11

TALABALARDA POZITIV DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK KATEGORIYA SIFATIDA

Ushbu maqolada talaba yoshlarda pozitiv dunyoqarashni shakllnatirishning ahamiyatlilik darajasi, pozitiv dunyoqarashni shakllantirishning o‘ziga hos funksiyalari, pedagogik-psixologik tomonlama tahlili yoritilgan.

Shaxnoza Yakubova

60-64

2024-08-12

TALABALARDA REFLEKSIV POZITSIYANI RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning refleksiv pozitsiyasi falsafiy va pedagogik-psixologik muammo sifatida yoritilgan. Shuningdek, refleksiya, umume’tirof qilingan pedagogik-psixologik hodisa sifatida, bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy-pedagogik pozitsiyasining tarkibiy qismi sifatida tahlil qilingan.

Sherali Jo’rayev

57-59

2024-03-18

O‘SPIRINLARNI KASBGA YO‘NALTIRSHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK AHAMIYATI

Ushbu maqolada o‘spirinlarning psixologik rivojlanishi, ularning ijtimoiy va shaxsiy o‘zgarishlari, shuningdek, kasbga yo‘naltirish jarayonida ularning psixologik ehtiyojlari haqida ma'lumot va tavsiyalar berilgan.

Shahnoza Turabekova

655-657

2025-01-14

BERDAQ POEZIYASIDAGI AXLOQIY QADRIYATLARNI INGLIZ TILI ORQALI O‘RGANISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI

Mazkur tezisda buyuk qoraqalpoq shoiri Berdaq she’riyatida tarannum etilgan axloqiy qadriyatlarni (halollik, adolat, insonparvarlik, vafo) umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilariga ingliz tili vositasida o‘rgatishning pedagogik va psixologik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda axloqiy tushunchalarni chet tili orqali o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keladigan kognitiv va affektiv omillar tahlil qilingan. Shuningdek, Berdaq g‘oyalarini ingliz tilida ifodalash davomida o‘quvchilarda milliy g‘urur va bag‘rikenglik kabi shaxsiy sifatlarning rivojlanish dinamikasi ko‘rsatib berilgan. Muallif tomonidan axloqiy mazmundagi she’riy parchalar asosida ishlab chiqilgan lingvopsixologik mashqlar tizimi va ularning dastlabki natijalari haqida ma’lumot berilgan. Tajriba-sinov ishlari Qoraqalpog‘ston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi shaxsiy maktabning 10-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilib, natijalar Berdaq she’riyatidagi axloqiy qadriyatlarni ingliz tili orqali o‘rganish o‘quvchilarning nafaqat lingvistik, balki axloqiy-psixologik rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.

Azizbek Esemuratov

104-107

2026-02-28

KLASTERLI YONDASHUV ASOSIDA OʻQUVCHILARDA BADIIY ESTETIKLIKNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Klasterli yondashuv asosida oʻquvchilarda badiiy estetiklikni rivojlantirish muammosining pedagogik-psixologik adabiyotlarda oʻrganilishi, pedagogik-psixologik xususiyatlari, texnologiyasi, o’quvchilarda badiiy estetiklikni rivojlantirish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Zarnigor Xayrullayeva

7-9

2022-10-01

TA‘LIM SIFATI VA XALQARO BAHOLASH TIZIMLARI (PISA, TIMSS, PIRLS)GA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK YONDOSHUV

Ushbu maqola ta‘lim sifatini baholashning xalqaro tizimlari-PISA, TIMSS va PIRLS dasturlarining pedagogik-psixologik jihatlari tahlilini o‘z ichiga oladi. Maqolada ushbu baholash tizimlarining o‘quvchilar bilim darajasini aniqlashdagi ahamiyati, ularning metodologik asoslari va ta‘lim jarayoniga ta‘siri ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xalqaro baholash tizimlari o‘quvchilarning kognitiv qobiliyatlari, tanqidiy fikrlash malakasi va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ushbu xalqaro baholash tizimlarining o‘quvchilar bilim darajasini ob‘ektiv baholashdagi afzalliklari va cheklovlari, shuningdek ularni milliy ta‘lim tizimiga integratsiya qilish masalalari ham yoritilgan

Sunbula Achilova

16-18

2025-11-06

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MULOQATCHANLIKNI SHAKLLANTIRISHDA IJODIY O‘YINLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’limning bosh bo‘g‘ini hisoblanadi, maktabgacha yoshdagi  bolalarni har tomonlama yetuk, sog‘lom, ham jismoniy, estetik, mehnat jihatdan voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali tayyorlash, ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashni nazarda tutadi. Ijodiy o‘yinlardan foydalanish bolalarning pedagogik-psixologik jihatlarini ochib berishga yordam beradi. 

Sitora Bo`riyeva

432-434

2024-11-29

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MADANIY IDENTIFIKATSIYA ORQALI IJTIMOIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH

Mazkur tezisda maktabgacha yoshdagi bolalarda madaniy identifikatsiyaning shakllanishi hamda uning ijtimoiylashuv va ijtimoiy ko‘nikmalar rivojidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda identifikatsiyaning shaxsiy, ijtimoiy, madaniy hamda milliy-etnik komponentlari ochib berilib, ularning 5–7 yosh davrida namoyon bo‘lish xususiyatlari yoritilgan. Madaniy identifikatsiyaning ijtimoiylashuv jarayoni bilan uzviy bog‘liqligi, bolaning o‘zini muayyan madaniy va ijtimoiy guruh a’zosi sifatida anglashida tutgan o‘rni asoslab berilgan. Shuningdek, oila va maktabgacha ta’lim muassasalarining madaniy identifikatsiyani shakllantirishdagi ahamiyati hamda ushbu jarayon orqali bolalarda muloqot, hamkorlik, murosa, empatiya kabi ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tezisda madaniy identifikatsiyaga asoslangan tarbiyaviy faoliyat maktabgacha yoshdagi bolalarning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi uchun muhim pedagogik-psixologik omil ekanligi xulosalanadi.

Sitora Yarashova

86-91

2025-12-16

XALQ OG‘ZAKI IJODI VOSITASIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI O‘QUVCHILARNING O‘QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI

Ushbu maqolada hozirgi kunda har bir dars uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda darsning sifatini oshirish haqida so’z yuritiladi. Xalq og‘zaki ijodi orqali o‘quvchilarga axloqiy tarbiya hamda insoniy fazilatlarni singdirish.

N.M. Oxunova

120-121

2025-04-30

OILAVIY MUNOSABATLARDA NIZOLAR SHAKLLANISHINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Maqolada oilaviy munosabatlar, oilada o’smirlarning zo‘ravonlikka moyil bo‘lishi omillari, oilaviy munosabatlarning bola tarbiyasidagi o’rni haqida keltirib o‘tilgan.

Nursulton Rayimov

71-73

2024-12-17

1 - 25 of 91 items 1 2 3 4 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy