Qadriyat – bu shaxs yoki jamiyat tomonidan muhim sanalgan, qo‘llab‑quvvatlanadigan, maʼnaviy va ijtimoiy jihatdan qiymatga ega tamoyillar, qoida va qarashlar, eʼtirof etilgan meʼyorlar yig‘indisidir. “Qadriyat” so‘zi arabcha “qadr” yoki “qimmat” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, maʼnolari “baho”, “qiymat”, “ahamiyat”, “eʼzozli narsa”, “hurmatga sazovor narsa” kabi tushunchalarni anglatadi. O‘zbek tilining izohli lugʼatida “qadriyat” – «qiymat», «ahamiyat», «qimmatbaho buyumlar», «xalq boyligi» kabi maʼnolarni anglatishi koʻrsatilgan. Umuman olganda, qadriyat jamiyat va inson hayotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan maʼnaviy, axloqiy, madaniy, iqtisodiy, siyosiy, diniy, milliy va umuminsoniy ahamiyatga ega boʻlgan qadr-qimmatliklar yigʻindisi sifatida taʼriflanadi.