IQTISODIY PROTSESSUAL HUQUQI VA UNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI

Main Article Content

Abstract:

Mazkur maqolada iqtisodiy protsessual huquq fanining nazariy va amaliy ahamiyati, uni o‘qitish jarayonida yuzaga kelayotgan zamonaviy muammolar hamda ularni bartaraf etishning ilmiy-huquqiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Xususan, iqtisodiy sudlar faoliyatining kengayishi, tadbirkorlik subyektlari bilan davlat organlari o‘rtasidagi nizolarning murakkablashuvi hamda huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash bilan bog‘liq ishlarning ko‘payishi iqtisodiy protsessual huquq fanining ta’lim tizimidagi o‘rnini yanada muhimlashtirmoqda. Maqolada iqtisodiy protsessual huquqni o‘qitishda nazariya va sud amaliyoti o‘rtasidagi tafovut, normativ-huquqiy bazaning murakkabligi, sud amaliyoti asosida o‘qitish metodikasining yetarli darajada shakllanmaganligi kabi muammolar yoritiladi. Shuningdek, iqtisodiy protsessual huquqni o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish, sud amaliyotiga asoslangan “case-study” metodini joriy etish, raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.

Article Details

How to Cite:

Abdullayev, B. . (2026). IQTISODIY PROTSESSUAL HUQUQI VA UNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI. Central Asian Journal of Academic Research, 4(3), 54–59. Retrieved from https://www.in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/76232

References:

O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi. – T.: Adolat, 2018.

Shorahmetov Sh. Iqtisodiy protsessual huquq. Darslik. – T.: TDYU nashriyoti, 2019.

Oqyulov O. Fuqarolik protsessual huquqi. – T.: Adolat, 2017.

Abdujalilov B., Abdukarimov M. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish nazariyasi va amaliyoti. – T.: Yuridik adabiyotlar nashriyoti, 2021.

Yarkov V.V. Арбитражный процесс. Учебник. – Москва: Статут, 2020.

Osokina G.L. Гражданский процесс. Учебник. – Москва: Норма, 2018.

Yeazell S.C. Civil Procedure. – New York: Wolters Kluwer, 2019.

Cappelletti M. The Judicial Process in Comparative Perspective. – Oxford: Oxford University Press, 2017.

Stuckey R. va boshqalar. Best Practices for Legal Education: A Vision and a Road Map. – Columbia: Clinical Legal Education Association, 2007.

Schwartz M.H., Hess G.F., Sparrow S. Teaching Law by Design: Engaging Students from the Syllabus to the Final Exam. – San Francisco: Jossey-Bass, 2011.