Центральноазиатский журнал академических исследований - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.

Опубликован: 2025-06-14

O‘QUVCHILARDA KIMYOVIY TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI

Mazkur maqolada o‘quvchilarda kimyoviy tushunchalarni shakllantirishning samarali usullari yoritilgan. Kimyo fanida tushunchalarni aniq, izchil va amaliy asosda shakllantirish o‘quvchilarning ilmiy tafakkurini rivojlantirish va fanlarga qiziqishini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Maqolada laboratoriya tajribalari, vizual modellar, interfaol metodlar, hayotiy misollar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘qituvchining roli va metodik yondashuvlari ham batafsil ochib berilgan.

Sultanova Shohsanam

5-7

2025-06-13

LEDIRLIK VA UNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Liderlik inson jamiyatining har bir bosqichida muhim ijtimoiy fenomen sifatida namoyon bo‘ladi. Har qanday jamoa yoki guruhda biror maqsad sari harakatni tashkil etadigan, boshqalarga yo‘l ko‘rsatadigan shaxs — lider sifatida ajralib turadi. Ijtimoiy psixologiyada liderlik ijtimoiy o‘zaro ta’sir, ijtimoiy boshqaruv va shaxslararo munosabatlar kontekstida o‘rganiladi. Yoshlarning jamiyatdagi faolligi, liderligi va  yetakchilik  salohiyati  jamiyat  taraqqiyoti  uchun muhim omil  hisoblanadi. Maqolada liderlik tushunchasi, yoshlar orasida yetakchilik qobiliyatini shakllantirishda, asosan, jamiyatning ahamiyati shuningdek, tarixiy-ma’naviy merosimizga tayanilgan holda ijtimoiy faollikni rivojlantirishda liderlik qobiliyatining tutgan o‘rni haqida ma’lumot berib o‘tilgan.

Narmetova Yulduzxan Karimovna, Eshnorov Jasur

8-11

2025-06-13

ZO'RAVONLIKGA GUVOH BO'LGAN SHAXSLARNING PSIXOLOGIYASI

Ushbu maqolada zo‘ravonlikka guvoh bo‘lgan shaxslarning psixologik holati, ularning boshdan kechiradigan ruhiy kechinmalari va stress holatlari ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Maqolada posttravmatik stress buzilishi (PTSB), guvohlik aybi, xavotir sindromi kabi holatlar tahlil qilinib, zamonaviy psixologik yordam va reabilitatsiya usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotlar va amaliy misollar orqali guvohlikning inson ruhiyatiga uzoq muddatli ta’siri ochib beriladi. Maqola yosh avlodni bu kabi vaziyatlarga nisbatan hushyorlik va tushunish bilan yondashishga undaydi.

Narmetova Yulduzxan Karimovna, Do’stmurotov Lochinbek

12-14

2025-06-13

IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING JAMIYATDAGI AHAMIYATI

Ushbu ishda ijtimoiy psixologiya fanining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Ijtimoiy psixologiya insonlar o‘rtasidagi munosabatlar, guruhdagi xatti-harakatlar, shaxsning ijtimoiy muhitga moslashuvi kabi jarayonlarni o‘rganadi. Mazkur fan nafaqat psixologik bilimlar, balki sotsiologik va madaniy omillarni ham qamrab olgan holda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Ishda ijtimoiy psixologiyaning turli sohalarda — ta’lim, sog‘liqni saqlash, ommaviy axborot vositalari, mehnat munosabatlari va yetakchilik kabi yo‘nalishlardagi roli yoritilgan. Annotatsiyada ijtimoiy psixologik bilimlarning jamiyatdagi barqarorlik, hamkorlik va o‘zaro tushunishni shakllantirishdagi ahamiyati ta’kidlangan.

Narmetova Yulduzxan Karimovna, Normamatov Shaxboz

15-17

2025-06-13

NIKOH VA OILAVIY MUNOSABATLARDA PSIXOLOGIK MOSLIK

Ushbu maqolada nikoh va oilaviy munosabatlar doirasida psixologik moslik tushunchasi, uning mazmuni, ahamiyati hamda unga ta’sir qiluvchi omillar keng yoritilgan. Shuningdek, psixologik moslik darajasining oilaviy hayotga ta’siri, moslik yetishmasligining oqibatlari, bu boradagi zamonaviy ilmiy tadqiqotlar hamda psixologik tavsiyalar chuqur tahlil qilingan. Maqola barqaror va baxtli oila qurishda psixologik moslikning tutgan o‘rni haqida ilmiy asoslangan xulosalarni taqdim etadi. Kalit so‘zlar: nikoh, oila, psixologik moslik, o‘zaro tushunish, oilaviy qadriyatlar, muloqot, murosa.

Narmetova Yulduz Karimovna, Qobilova Madina Yufjonovna

18-20

2025-06-13

YOSH BOKSCHILARDA MAXSUS CHIDAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH

Mazkur maqolada yosh bokschilarda maxsus chidamkorlikni rivojlantirish usullari tadqiq etilgan

Qonirbayev Dastan Mırzabay ulı

21-25

2025-06-16

CHIGITDAN MOMIQ AJRATISH JARAYONINING NAZARIY ASOSLARI

Chigitdan momiq ajratish – bu paxta mahsulotlarining umumiy sifatiga va texnologik jarayonlarning izchil ishlashiga bevosita ta’sir qiluvchi muhim bosqichdir. Ushbu jarayonni mukammallashtirish va samarali tashkil etish orqali paxta xomashyosining har bir qismini to‘liq va iqtisodiy jihatdan foydali tarzda ishlatish mumkin bo‘ladi.

Norboyev O‘tkir Akbaraliyevich, Ungarov Azizbek Abdumo‘min o‘g‘li, Qobilova Diyora Jamshid qizi

26-30

2025-06-16

TRAVELING: A WAY TO LEARN ABOUT THE WORLD

Traveling is one of the most effective ways to gain knowledge about the world. It allows people to experience different cultures, traditions, and perspectives firsthand. Unlike books or documentaries, travel provides real-life exposure to history, geography, and human interactions. Through travel, individuals develop empathy, adaptability, and a deeper appreciation for diversity. This article explores how traveling expands knowledge, improves communication skills, strengthens cultural awareness, and fosters personal growth. It also discusses the challenges of traveling and how overcoming them contributes to lifelong learning.

Laylo Bekmurodova

31-34

2025-06-16

BIYDAY DÁNINIŃ DÚZILISI HÁM XIMIYALÍQ QURAMÍ

Usı maqalada dánniń azıq-awqat ónimlerin islep shıǵarıw ushın áhmiyetli shiyki zat, un hám un ónimleriniń tiykarı bolıp tabıladı. Biydaydıń quramında‒insan organizmi ushın júdá qımbatlı bolǵan organikalıq zatlar bar. Atap aytqanda, biyday quramında kóplegen  qurǵaq zatlar bar bolıp,ol  dán massasınıń 85 procentin quraydı. Biyday dániniń quramında 10‒15%, al sobıqlı eginlerdiń dáninde 28‒30% joqarı sapalı beloklar bar. Belok hám uglevodlardan basqa dán hám onnan alınǵan ónimler vitaminler hám mineral zatlardıń áhmiyetli deregi esaplanadı.

Kurbanbaeva Gulshad Sarsenbaevna

40-43

2025-06-16

KIBER MAKONDA PROTSESSUAL HUJJATLARNI ALMASHISH: XALQARO STANDARTLAR VA AMALIYOT

Mazkur maqola kiber makonda protsessual hujjatlarni almashish masalasini xalqaro standartlar, milliy qonunchilik va ilg‘or amaliyotlar asosida chuqur tahlil qiladi. Global raqamli transformatsiya sharoitida sud-huquq tizimlarining zamonaviylashuvi muhim masalaga aylanib bormoqda. Elektron hujjatlar orqali protsessual harakatlarni amalga oshirish, ayniqsa, transchegaraviy ish yurituvlar, xalqaro arbitraj va davlatlararo huquqiy yordam sohalarida keng qo‘llanmoqda. Maqolada BMT, UNCITRAL, Yevropa Ittifoqining e-CODEX tizimi, Gaaga Konvensiyasi (1965), Singapur va AQSh kabi davlatlar tajribasi, hamda O‘zbekiston Respublikasining mavjud qonunchilik bazasi o‘rganiladi. Shuningdek, hujjat almashinuvida ishonchlilik, autentifikatsiya, kiberxavfsizlik, elektron raqamli imzo, sun’iy intellekt (AI) va smart-kontraktlar kabi texnologik yondashuvlar tahlil etiladi. Yakunda, O‘zbekiston uchun normativ-huquqiy takliflar ishlab chiqiladi.

Xudaybergenov Artur Germanovich

44-55

2025-06-16

AGRICULTURAL WASTE AND OBTAINED FROM IT ENERGY.

The article focuses on possibility of using biomass which is intended to be used as a non –conventional energy source. It is based on the fact that biomass is mainly used by the population in economic activities and it is possible to use as biogas for the needs of the population, in order to develop energy based on new technologies, learn the operating conditions, invent biogas devices and use it as biogas for the purpose of rational use of waste.

V.S. Toreniyazova, P. Jumanova

56-60

2025-06-16

BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA DIFFERENSIAL BAHOLASHNING IMKONIYATLARI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf darslarida differensial baholashning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Differensial baholashning mazmuni, asosiy tamoyillari va baholash mezonlari yoritilgan. Shuningdek, differensial baholashni o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos ravishda tashkil etish usullari, o‘qituvchining baholash jarayonidagi roli, zamonaviy baholash vositalari va baholashda individual yondashuvning afzalliklari batafsil ko‘rib chiqilgan. Maqolada ilg‘or tajribalar va amaliy misollar asosida baholash jarayonining samaradorligini oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham berilgan. Tadqiqot natijalari differensial baholash boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilim olishga bo‘lgan qiziqish va motivatsiyani oshirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.

Bekbo‘sinova Laylo Xayrulla qizi

61-63

2025-06-16

DISCOURSE CONSTRUCTION AND EMOTIONAL INTERPRETATION: THEORY APPROACH OF PATRICK CHARAUDEAU

This article analyzes the complex relationship between speech structure and emotions based on Patrick Charaudeau's semiolinguistic theory. Speech is considered not only as a means of transmitting information, but also as an important channel for emotional expression and social communication. The article presents Charaudeau's ideas on how emotional interpretations can be linked to the semantic and syntactic structure of speech. The article first examines the main components of speech structure and how they function in emotional contexts. The role of emotions in speech, the emotional load of language combinations and the complexities of their interaction are highlighted. Charaudeau's theory is also used to analyze the semiotic aspects of speech, that is, the connections between sign, meaning and context.

Feruzabonu Rustamova , Barchinoy Rakhimova

64-67

2025-06-16

O‘ZBEKISTONDA ARXEOLOGIK TURIZMNING RIVOJLANISH IMKONIYATLARI

Biz hozirgi kunda rivojlangan va rivojlanib kelayotgan davlatlarni turizmsiz ta’savvur qilishimiz qiyindir. Bunga misol sifatida dunyoning rivojlangan davlatlari AQSH, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Xitoy, BAA, Gretsiya, Turkiya va boshqa davlatlarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Turizm-turli din va oqim a’zolari, ateistlar va diniy qarashlarga qiziqish bilan yondashayotgan kishilar orasida yanada samarali uchrashuv va dialoglarni ta’minlovchi jahon yo‘lidir.

G.R.Tursunova

68-70

2025-06-16

MUHANDISLIK GRAFIKASI FANLARINI O‘QITISHDA TALABALARNING BILIMLARINI BAHOLASH VA DARSLIKLAR HAMDA O‘QUV-METODIK QO‘LLANMALAR VA ELEKTRON ISHLANMALAR YARATISH.

Muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda kafolatlangan pedagogik baholash mezonlari, metodlari va ularni ta’lim natijalarini baholashdagi ahamiyati. Muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda talabalarning bilimini baholash va darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar hamda elektron ishlanmalar yaratish.

Qarshiyev Olim Namozovich

71-73

2025-06-16

OTA OBRAZINING YANGICHA TALQINI

Badiiy adabiyotda ota obrazi an’anaviy obrazlardan biri hisoblanadi. Antik davrlardan tortib shu davrlargacha ota obraziga oid durdona asarlar yaratilgan. Jahon adabiyotida otalar obrazi muhim o‘rin egllaydi. Ulugʻbek Hamdamning “Ota” romanida o‘zbek otalarining chinakam timsoli aks etgan deya olamiz. Ushbu roman orqali chinakam o‘zbek otalari qanday bo‘lishi haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Asarning ibtidosi xuddi “Dunyoning ishlari” qissasidek “Barcha otalarga bag‘ishlanadi” degan jumla bilan boshlanishini o‘ziyoq yuqoridagi fikrni tasdiq etadi. Yozuvchining “Ota” romani misolida o‘zbek otasining otalik hissi, otalik burchi, otalik hukmi haqiqiy timsol darajasiga ko‘tarilgan asarlaridan biri hisoblandi. Ijodkor ixcham roman bag‘rida yigirmadan ortiq qahramonlar misolida ota obrazini gavdalantiradi.

Uralova Dilnoza Murodilla qizi

74-77

2025-06-16

“XAZOYINU-L-MAONIY”DA DUR TIMSOLI“

Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz she’riyatida, xususan, Alisher Navoiy lirikasida faol qo‘llangan dur timsoli tadqiq etildi. Bu obrazning “Xazoyinu-l-maoniy” kulliyotida qo‘llanish ko‘lami devonlar hamda janrlar kesimida aniqlandi, shuningdek, majoziy-ramziy va adabiy-tasavvufiy ma’no qirralari ochib berildi.

Qarshiyeva Aziza Xusan qizi

78-84

2025-06-16

FAXRIYOR SHE’RIYATIDA FOLKLORIZM

Mazkur maqolada o‘zbek zamonaviy she’riyatining yorqin namoyandalaridan biri — Faxriyor Nizomiddinov ijodida xalq og‘zaki ijodi — folklor elementlarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Shoirning poetik olamida folklor nafaqat estetik-bezakbop vosita, balki g‘oya va mazmunni shakllantiruvchi asosiy badiiy vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Faxriyor she’rlarida xalqona ohang, mifologik obrazlar, maqol va matallar, afsona va qo‘shiqparchalarga xos unsurlar muhim o‘rin egallaydi. Shoir folklor obrazlarini zamonaviy his-tuyg‘ular bilan uyg‘unlashtirib, xalq ruhiyatiga xos badiiy timsollar orqali o‘z poetik dunyoqarashini ifoda etadi. Ushbu maqolada Faxriyor ijodidagi folklor motivlarining badiiy funksiyasi, ularning poetik mazmundagi tutgan o‘rni va estetik ifodasi tahlil etiladi..

Ahmatova Muxlisa

85-87

2025-06-16

YIRIK BITIMLАR TUSHUNCHASI VA UNI HАQIQIY EMАS DEB TOPISH HOLATLARI

Mаzkur mаqolаdа yirik bitimlаr tushunchаsi, yirik bitimlаrni tuzish qoidаlаri, yirik bitimni tuzishdа аmаl qilinаdigаn qoidаlаr, yirik bitimni tuzishdа mаs’ul orgаnlаr, bitimlаrni hаqiqiy emаs deb topish аsoslаri, bitimni hаqiqiy emаs deb topishning huquqiy oqibаtlаri, yirik bitimlаrni hаqiqiy emаs deb topishdа аniqlаnishi zаrur bo‘lgаn holаtlаr, sudlаr tomonidаn bitimni hаqiqiy emаs deb topish аsoslаri, shungdek, iqtisodiy sudlаr tomonidаn yirik bitimlаrni hаqiqiy emаs deb topish holаtlаri vа hаqiqiy emаsligini isbotlаshdа zаrur bo‘lgаn holаtlаr o‘z аksini topgаn.

Xusаnovа Muxlisа Xаyrullo qizi

88-94

2025-06-16

XALQARO HUQUQ NORMALARIDA FAVQULODDA HOLAT VA INSON HUQUQLARINI CHEKLASH ASOSLARI.

Ushbu maqolada xalqaro huquq normalarida inosn huuquqlarini cheklash asoslari va bu cheklovlar doirasida amal qilinishi kerak bo’lgan xalqaro prinsiplar yoritiladi. Xalqaro huquqiy hujjatlar “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt”,  kabi xalqaro huquqiy hujjatlarda aynan qaysi normalarda inson huquqlarini cheklashga ruxsat berilgan normalar haqida batafsil yoritilgan.  

Bobonazarov Muhammadjon Muzaffar o’g’li

95-100

2025-06-16

ПОВЫШЕНИЕ ТЕХНИКО-ТАКТИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ МОЛОДЫХ ТАЭКВОНДИСТОВ НА ОСНОВЕ АНАЛИЗА СОРЕВНОВАТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

На современном этапе развития тхэквондо спортсмены стали чаще применять сложные атакующие действия, в частности, ударные действия с вращением. Как свидетельствует анализ международных соревнований, спортсмены, которые применяют ударные действия с вращением, как правило, выигрывают поединок. Ударные действия с вращением относятся к одним из самых сложных и эффектных атакующих действий.

Светлана Валерьевна Осипова

101-105

2025-06-16

TURIZM TERMINLARINING ZAMONAVIY O‘ZBEK TILIDAGI LEKSIK ADAPTATSIYASI VA SEMANTIK O‘ZGARISHI

Ushbu maqola turizm sohasiga oid terminlarning zamonaviy o‘zbek tilidagi leksik moslashuvi va semantik oʻzgarishlarini oʻrganishga bagʻrishlangan. Globalizatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, hamda xalqaro aloqalarning kuchayishi fonida ko‘plab xorijiy atamalar turizm tiliga kirib kelmoqda. Maqolada lingvistik tahlil usuli orqali terminlarning fonetik, morfologik, semantik oʻzgarishlari va ularning oʻzbek tiliga integratsiyasi jarayoni yoritiladi. Shuningdek, milliy terminlarni shakllantirish zarurati va amaliy yondashuvlar muhokama qilinadi.

Temirova Muslima Mahmud qizi

106-108

2025-06-17

YOSHLAR RETSIDIV JINOYATCHILIGINING MIQDOR VA SIFAT KO‘RSATKICHLARINING XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada yoshlar orasida retsidiv jinoyatchiligining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganiladi. Retsidiv jinoyatlarning yoshlar orasida keng tarqalganligi, ularning xususiyatlari, shuningdek, ijtimoiy, psixologik va huquqiy sabablari ko‘rib chiqiladi. Jinoyatlarning statistik ko‘rsatkichlari, turlari va yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, yoshlar retsidiv jinoyatchiligining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligi muhokama qilinadi. Tadqiqot zamonaviy kriminologik usullar va statistik ma’lumotlarga asoslanadi.

Xojibekov Ziyomiddin Nasriddinovich, Qurbonboev Asqarbek Abdukarim o‘g‘li

109-114

2025-06-17

TARBIYACHINING TARBIYALANUVCHILAR BILAN O‘ZARO MUNOSABATLARINING XUSUSIYATLARI

Mamlakatimiz maktabgacha ta’lim tizimiga qo‘yilgan talablar insonparvarlikka asoslangan yangicha yondashuvlarni taqozo qilmoqda va ilgari surmoqda. Bu yondashuv har bir tarbiyalanuvchining shaxsiyati, qiziqishlari, ehtiyojlari va axloqiy sifatlarini teran tushunish, ularni hurmat qilish orqali ta’lim-tarbiya jarayonni tashkil etishga qaratilgan. Mazkur jarayonda tarbiyachi-pedagogning roli bag‘oyat ahamiyatli bo‘lib, uning bolalar bilan samarali munosabatni yo‘lga qo‘yish qobiliyati kasbiy shakllanishining asosiy omillaridan sanaladi. Hozirgi paytdagi amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ko‘plab pedagoglar bolalar bilan o‘zaro munosabatlarda, muloqot borasida muayyan muammolarga duch kelishmoqda.

Zuxra Bozorova, Otabek Mirzayev, Dilnoza Iminova, Nargiza Qodirova

115-117

2025-06-17

IMPROVING REHABILITATION OUTCOMES AFTER ARTHROSCOPIC MENISCECTOMY THROUGH THE USE OF PHYSIOTHERAPEUTIC PROCEDURES.

This study is based on the analysis of postoperative outcomes and rehabilitation in 60 patients who underwent surgery for meniscal pathology of the knee joints. Follow-up was conducted over a period of 1.5 to 6 months after surgery from 2023 to 2024 at the 2nd Clinic of the National Center for Rehabilitation and Prosthetics for Persons with Disabilities. The study presents the results of a comprehensive assessment, including clinical (orthopedic and neurological), radiological, MRI, and physiological examinations.

D.R. Ruziboev, D.M. Djumaniazova

118-122

2025-06-17

ZAMONAVIY ESTRADA QOʻSHIQLARIDA VOKAL IJRO VA DRAMATURGIK KOMPOZITSIYANING UYG‘UNLASHUVI

Mazkur maqolada zamonaviy estrada qo‘shiqlarining badiiy tuzilmasi va ijro texnikasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik tahlil qilinadi. Ayniqsa, vokal ijroning ifodaviy imkoniyatlari, emotsional yetkazuvchanlik darajasi hamda dramaturgik kompozitsiya unsurlarining mazmun bilan uyg‘unlashuvi asosida qo‘shiqning ta’sirchanlik kuchi aniqlanadi. Estrada san’atining bugungi bosqichida vokal ijrochilarning sahnaviy xarakteri, ovoz tembri, dinamika va intonatsiyaviy uslublar orqali musiqiy obraz yaratishdagi yondashuvlari alohida o‘rganiladi. Shuningdek, dramaturgik yechimning asosiy tarkibiy qismlari – kirish, rivojlanish, kulminatsiya va yakun bosqichlari qo‘shiq matni va musiqasi orqali qanday uyg‘unlashayotgani misollar orqali ochib beriladi. Tadqiqot yakunida estrada ijrochiligi sohasidagi kreativ yondashuvlar va badiiy tafakkur asosida yaratilgan namunalarning vokal va dramaturgik uyg‘unlik mezonlariga ta’siri haqida xulosalar berilgan.

Axatov Mirzabek

123-125

2025-06-18

THE ROLE OF COMMERCIAL BANKS IN THE DEVELOPMENT OF ALTERNATIVE ENERGY

This article explores the critical role of commercial banks in the development of alternative energy. It analyzes the financial instruments used by banks, their cooperation with governments and international organizations, and the challenges they face in green financing. Through international and local case studies, the work identifies strategic directions for increasing bank involvement in sustainable energy projects.

Shokhrukh Movlonov

126-129

2025-06-19

XORIJIY MAMLAKATLARDA TA’LIM TIZIMINING MAZMUNI VA SHAKLLARINING O‘ZIGA XOSLIGI

Hozirgi globallashuv davrida oliy taʼlim tizimi mamlakatlarning barqaror iqtisodiy o‘sishi, innovatsion faoliyatning kuchayishi va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu maqola rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimining mazmuni va shakllarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochiq ifoda etadi.

Ruziyeva Dildora Faxriddinovna

130-134

2025-06-19

РАСШИРЕНИЕ ГОРИЗОНТА БИБЛИОТЕЧНЫХ УСЛУГ В УНИВЕРСИТЕТСКИХ БИБЛИОТЕКАХ

в статье рассматриваются современные тенденции оказания услуг в академических библиотеках и библиотеках университетов, процесс цифровизации и обмена информации посредством электронных научных образовательных платформ, которые активно появляются в университетах, с целью доступности информации и не имеющих языковых и научных границ.

Ю.Г.Ануфриева

135-139

2025-06-19

AXBOROT HUJUMLARI, KOMPYUTER VIRUSLARI VA ULARDAN HIMOYALANISH USULLARI

Ushbu maqolada raqamli xavfsizlikka tahdid soluvchi zamonaviy axborot hujumlari tahlil qilinadi. Ularni amalga oshirilish usullari, xavf omillari va salbiy ta’siri haqida fikr yuritilib, tajriba va texnologiyalar asosida himoya choralariga baho beriladi. Ayrim fikrlar sun’iy intellekt vositalaridan foydalangan holda tahrirlanib taklif etilgan.

Kodirova Dilfuzaxon Abrorxonovna

140-145

2025-06-19

RЕРRОDUКТIV YОSНDАGI LЕYОМIОМАLI АYОLLАRDА GINЕKОLОGIK АSОRАТLАRNI ЕRТА VA KECHGI MUDDATLARDA ВАSНОRАТLАSH

Ushbu tаdqiqоtdа bасhаdоn lеуоmiоmаsi bilаn kаsаllаngаn ауоllаrdа gumоrаl immun jаvоb vа dеstruкtiv раtоlоgiуаlаrning fаоllаshuvini ifоdаlоvchi biоmаrkеrlаrning dinаmikаsi tаhlil qilindi. Аniqlаngаn mаʼlumоtlаrgа kоʼrа, bеmоrlаrdа ауlаnmа immunоkоmрlеkslаr miqdоrining оshishi vа IgА immunоglоbulini kоntsеntrаtsiуаsining уuqоri dаrаjаdа bоʼlishi kuzаtildi. Bu hоlаt lеуоmiоmа раtоgеnеzidа immunоlоgik mехаnizmlаr, хususаn, gumоrаl immunitеt tizimining fаоl ishtirоki mаvjudligini kоʼrsаtаdi.

N.В.Науdаrоvа, N.S. Nаrzulloеvа

146-150

2025-06-19

PHYSICAL EDUCATION OF STUDENTS AT THE UNIVERSITY OF GYMNASTICS

This article is about the physical education of students in gymnastics

G‘aybulla Xusanov

151-153

2025-06-19

GAMIFICATION IN EDUCATION: ENHANCING LEARNER MOTIVATION THROUGH DIGITAL GAME INTEGRATION

This article explores the transformative role of gamification in modern education, particularly how digital games and game-based elements can significantly enhance learner motivation, engagement, and academic achievement. Drawing from recent global examples and research across behavioral and cognitive domains, this study highlights best practices, psychological underpinnings, and practical applications of gamification in diverse educational contexts. The findings suggest that well-structured gamified experiences are not just motivational tools but also effective frameworks for fostering deeper learning and personalized educational journeys.

Madina Aralova

154-157

2025-06-19

THE ROLE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN PERSONALIZED LEARNING ENVIRONMENTS

Artificial Intelligence (AI) is revolutionizing personalized learning environments by tailoring content, pace, and instruction to the individual needs of each learner. This paper explores how AI enhances education through adaptive learning systems, virtual tutoring, predictive analytics, and data-driven support. Drawing from recent studies and personal reflections as a pre-service teacher, the article evaluates the benefits, challenges, and future implications of AI in modern classrooms. While AI cannot replace human educators, it offers powerful tools to support differentiated instruction and learner autonomy at scale.

Madina Aralova, Doston Pirnazarov

158-160

2025-06-19

GENDER ROLLARI VA OILAVIY MUNOSABATLARNING IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLILI

Maqolada gender rollari va oilaviy munosabatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil etiladi. Gender rollarining tarixiy shakllanish dinamikasi, ularning oilaviy tuzilma va munosabatlar tizimidagi namoyon bo‘lish shakllari hamda zamonaviy globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari ta’sirida yuz berayotgan o‘zgarishlar chuqur o‘rganiladi. Tadqiqot gender tengligini rivojlantirish va zamonaviy oilaviy madaniyatni shakllantirish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan.

Abduazimov Xurshidbek

161-168

2025-06-19

“LINGUOCULTURAL FOUNDATIONS OF NAME USAGE AND ADDRESS ETIQUETTE IN UZBEK SPEECH CULTURE”

This article examines the issue of name usage and address etiquette in Uzbek speech culture from a linguocultural perspective. Names and forms of address are studied not only as essential elements of language but also as means that reflect a nation’s mentality, historical development, and socio-cultural values. The study analyzes the formation of address forms, their social roles and functions, and their usage in various communicative situations. Furthermore, it highlights the ethical norms of address in the Uzbek language, their close connection with national traditions, and their influence on communicative culture based on principles of respect and deference. The findings have both theoretical and practical significance for the study of linguoculturology and speech culture.

Guljakhon Javliyeva

169-171

2025-06-19

“GENERAL CHARACTERISTICS AND CLASSIFICATION OF THE TERMINOLOGY OF THE UZBEK LANGUAGE EDUCATION SYSTEM”

This article scientifically explores the formation, general lexical-semantic characteristics, structural composition, and classification of the terminology of the Uzbek language education system. It analyzes the important role of terms in the field of education, the principles of their standardization, and their alignment with international practices. The findings serve as a theoretical basis for the further refinement of the terminology of the Uzbek language education system

Makhbuba Kholikova

172-174

2025-06-19

LINGUOCULTURAL CHARACTERISTICS OF THE FLOWER CONCEPT

This article analyzes the concept of the flower from the perspective of linguocultural studies. It explores how the image of the flower is expressed in the languages of different nations, its role in national mentality and cultural values, and its symbolic and poetic meanings. During the research, phraseological expressions, metaphors, and folklore samples related to flowers in various languages are examined to identify the universal and national characteristics of the concept. The findings highlight the interconnection between language and culture and demonstrate the importance of conceptual analysis within the field of linguocultural studies.

Zarina Elmirzaeva

175-177

2025-06-19

REPRODUKTIV YOSHDAGI AYOLLARDA MASTOPATIYANI ANIQLASHDA ULTRATOVUSH TEKSHIRUVINING AHAMIYATI

Mastopatiya reproduktiv yoshdagi ayollarda eng ko'p uchraydigan yaxshi ko'krak kasalliklaridan biridir. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, 21 yoshdan 46 yoshgacha bo'lgan ayollarning 60% dan ortig'i mastopatiyaning turli shakllariga duch keladi. Kasallik biriktiruvchi va bezli to'qimalarning ko'payishi bilan tavsiflanadi, bu nodulyar shakllanishlarning rivojlanishiga va onkologik jarayonlarning xavfini oshirishga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan, erta bosqichlarda patologik o'zgarishlarni aniqlash va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan asoratlarni oldini olish imkonini beruvchi o'z vaqtida tashxis qo'yish katta ahamiyatga ega. Ultratovush tekshiruvi (ultratovush) ko'krak bezi kasalliklarini tashxislashning invaziv bo'lmagan, qulay va xavfsiz usulidir. Mammografiyadan farqli o'laroq, ultratovush bemorni ionlashtiruvchi nurlanishga ta'sir qilmaydi, bu esa 40 yoshgacha bo'lgan ayollarni tekshirishning afzal usuli hisoblanadi. Bundan tashqari, ultratovush tekshiruvi sut bezining tuzilishini real vaqt rejimida baholashga, hatto kichik o'zgarishlarni aniqlashga va davolanish vaqtida holatning dinamikasini kuzatishga imkon beradi. Biroq, usulning keng qo'llanilishiga qaramay, mastopatiyaning turli shakllarini tashxislashda uning sezgirligi va o'ziga xosligi bilan bog'liq savollar qolmoqda

Nasriddinov Behruz Zayni ugli

178-181

2025-06-19

LOGOPEDIK TERMINLARNING GRAMMATIK-FONETIK JIHATLARI SHARHI

Mazkur maqolada logopedik terminlarning fonetik va grammatik tizimga moslashish xususiyatlari, ularning o‘zbek tili strukturasi bilan integratsiyasi, talaffuzdagi farqlanishlar, urg‘u va bo‘g‘in tuzilmasi hamda nutqiy muomala jarayonida grammatik funksiyasi tahlil qilinadi. Shuningdek, atamalarning professional va ommaviy muhitda ishlatilishidagi fonetik-grammatik sezgirlik masalalari ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi.

Kodirova Maftuna Zovkiyevna

182-184

2025-06-19

JADIDCHILIK NAMOYONDALARINING ILG’OR FIKRLARI VA ZAMONAVIY G’OYALARI.

Ushbu maqola  jadid namoyondalarining pedagogika sohasidagi fikrlari va ularni amalga oshirish g’oyalarini bugungi kundagi ta’lim sohasidagi yangiliklar, olib borilayotgan ishlar bilan mutanosibligi va zamonaviy fikrlar bilan g’oyaviy jihatdan bog’liqligini ko’rsatib beradi. O’z davridagi ahamiyati va dolzarbligini hozirgi ilg’or tajribalar va davlat siyosatida namoyon bo’layotganligini bilishimiz mumkin

Akbarova Feruza Uktamjonovna

35-39

2025-06-16