VOYAGA YETMAGANLARGA IJTIMOIY-HUQUQIY YORDAM KO‘RSATISH MARKAZI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH TARTIB-TAOMILLARI

Main Article Content

Аннотация:

Maqola O‘zbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari va amaliy mexanizmlarini tahlil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgustdagi 490-son qarori asosida tashkil etilgan 14 ta markazning faoliyati, ular tomonidan 3 131 nafar voyaga yetmaganlarga ko‘rsatilgan yordam va natijalari ko‘rib chiqiladi. Markazlarning asosiy vazifalari, jumladan, qarovsiz bolalarni aniqlash, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya va profilaktik tadbirlar tashkil etish kabi yo‘nalishlar tahlil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-263-son va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son qonunlari markazlar faoliyatining huquqiy asoslari sifatida keltiriladi. 2022 yilda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 6,3 foizga o‘sishi profilaktik tadbirlarning yetarli emasligini ko‘rsatadi. Maqolada markazlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar, jumladan, huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash, monitoring tizimini joriy etish, jamoatchilik nazoratini kengaytirish va onlayn kuzatuv tizimini yaratish kabi chora-tadbirlar keltiriladi. Maqola voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish va ularni ijtimoiy hayotga moslashtirishda markazlarning rolini oshirishga qaratilgan.

Article Details

Как цитировать:

Shodmonov , U. . (2025). VOYAGA YETMAGANLARGA IJTIMOIY-HUQUQIY YORDAM KO‘RSATISH MARKAZI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH TARTIB-TAOMILLARI. Центральноазиатский журнал академических исследований, 3(5 Part 3), 72–76. извлечено от https://www.in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/52334

Библиографические ссылки:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-mart kunidagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (2008-yil 7-yanvar).

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 490-sonli Qarori.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.

O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi.

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgust kunidagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-558-son Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentyabrdagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni.