Axborot xati

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · VOLUME 5, 2026

Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya

«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» (ZDPP) — Innovative Academy Research Support Center tomonidan 2022-yilda tashkil etilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

Axborot xatini yuklab olish (PDF)Tezis shablonini olish (Word)

  • 1 773+eʼlon qilingan tezis
  • 79chop etilgan toʻplam — Volume 5 davom etmoqda
  • 6ochiq ilmiy platforma toʻplamlarni tarqatadi

Qisqacha maʼlumot

  • FormatRespublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
  • JildVolume 5, 2026
  • DavriylikOyiga ikki marta · elektron toʻplam
  • DOIHar bir tezisga beriladi
  • Tezis tillariOʻzbek · Qoraqalpoq · Rus · Ingliz
  • Hajm2–4 sahifa
  • Ishtirok toʻlovi70 000 so‘m · $10
  • OriginallikKamida 60%

Tezisni qanday topshirish mumkin

Tezisingizni quyidagi 4 usulda nashr uchun yuborishingiz mumkin — konferensiya nomini (ZDPP) koʻrsating:

  • Telegram-bot@inacademy_botTezisni DOCX shaklida botga yuboring — tizim avtomatik qabul qiladi
  • Elektron pochtainfo@in-academy.uzMavzu qatorida «ZDPP» deb yozing, DOCX faylni ilova qiling
  • Sayt orqaliin-academy.uzKonferensiya sahifasida roʻyxatdan oʻtib, tezisni oʻzingiz yuklang
  • Administrator@inacademy_uzSavollar va maslahat uchun Telegram orqali murojaat qiling

Tezis qanday yoʻl bosib oʻtadi

Har bir bosqich haqida muallifga xabar beriladi:

  1. Qabul. Tezis roʻyxatga olinadi va muallifga tasdiq yuboriladi
  2. Dastlabki koʻrik. Mavzuga muvofiqlik va rasmiylashtirish tekshiriladi
  3. Originallik. Copyleaks tekshiruvi — kamida 60%
  4. Tahrir. Tahririyat matnni koʻrib chiqadi, zarur boʻlsa tuzatish soʻraydi
  5. Toʻlov. Ishtirok toʻlovi tasdiqlangach tezis toʻplamga kiritiladi
  6. Nashr. Toʻplam saytda ochiq kirishda chop etiladi, tezisga DOI beriladi
  7. Sertifikat. Har bir muallifga elektron sertifikat taqdim etiladi

Tematik yoʻnalishlar

Tezisingiz quyidagi yoʻnalishlardan biriga mos boʻlishi va tegishli seksiyada eʼlon qilinishi lozim:

  • Pedagogika va psixologiya
  • Filologiya va adabiyotshunoslik
  • Aniq fanlar, texnika va axborot texnologiyalari
  • Boshqa yoʻnalishlar

Asosiy talablar

  • Fayl formati — faqat Microsoft Word (.docx); PDF yoki skan qabul qilinmaydi
  • Shrift Cambria yoki Times New Roman, 12 oʻlcham, 1,15 interval
  • A4; xoshiyalar: yuqori/past 2 sm, chap 3 sm, oʻng 1,5 sm
  • Hajm 2–4 sahifa (adabiyotlar roʻyxati bilan birga)
  • Annotatsiya 60–100 soʻz va 3–5 ta kalit soʻz — tavsiya etiladi
  • ORCID talab etilmaydi
  • Tezis oʻzbek, qoraqalpoq, rus yoki ingliz tilida boʻlishi mumkin; qoʻshimcha tarjima talab qilinmaydi
  • Adabiyotlar 5 tagacha, APA 7 uslubida; «Foydalanilgan adabiyotlar» sarlavhasi majburiy

Mualliflar uchun to‘liq qo‘llanma →

Yuklab olish

Savollaringiz bormi?

Tahririyat bilan bog‘laning — ish kunlari davomida javob beramiz.