Tairov Ixtiyor Erkinbayevich
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘lmas Umarbekov hikoyachiligidagi mavzular ko‘lami tahlil qilinadi. Yozuvchining “Xatingni kutaman”, “Charos”, “Nomus”, “Qiyomat qarz”, “Bolgar qo‘shiqlari” kabi hikoyalari misolida ma’naviy-axloqiy tarbiya, insonning jamiyat va tabiat oldidagi burchi, urush va uning ijtimoiy-psixologik oqibatlari, sevgi-sadoqat, insoniy or-nomus hamda xotira mavzulari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda yozuvchi hikoyachiligining janriy-mavzuiy rang-barangligi, uning kichik hajmli asarlarda katta ma’naviy-falsafiy muammolarni yorita olish mahorati yoritiladi.