R.I.Siddiqov
q.x.f.d., professor Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti
F.E.Uzakov
mustaqil izlanuvchi Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda nazorat ko‘chatzorida yuqori natija ko‘rsatgan mahalliy va xorijiy kuzgi yumshoq bug‘doy nav va tizmalarining raqobatli nav sinovi ko‘chatzoridagi biometrik ko‘rsatkichlari baholandi. Tadqiqotning asosiy maqsadi yuqori mahsuldorlikka xizmat qiluvchi morfologik belgilarning shakllanish xususiyatlarini aniqlash hamda istiqbolli genotiplarni standart navlar bilan qiyosiy baholashdan iborat bo‘ldi. Tahlillar o‘simlik bo‘yi, boshoq uzunligi, boshoqchalar soni, bir boshoqdagi donlar soni, bir boshoq don vazni va 1000 don vazni bo‘yicha amalga oshirildi. Natijalarga ko‘ra, raqobatli nav sinovida o‘simlik bo‘yi 86,3–103,0 sm, boshoq uzunligi 8,7–9,9 sm, boshoqchalar soni 16,5–21,3 ta, bir boshoqdagi donlar soni 36,7–45,2 ta, bir boshoq don vazni 1,5–2,2 g, 1000 don vazni esa 38,7–44,0 g oralig‘ida o‘zgardi. Kompleks baholash natijalariga ko‘ra KN-5224 (Grat), KN-4035, AS-2011-D11 va AS-2009-D1 tizmalari morfologik va mahsuldorlik elementlarining uyg‘un shakllanganligi bilan ajralib turdi. Ayniqsa, KN-5224 (Grat) boshoq arxitekturasi va don yirikligi bo‘yicha eng yuqori natijalarni namoyon qildi. Olingan natijalar mazkur tizmalarni yangi yuqori hosildor va raqobatbardosh kuzgi yumshoq bug‘doy navlarini yaratishda qimmatli boshlang‘ich seleksion material sifatida tavsiya qilish imkonini beradi.
Jo‘raev D., Amanov O. “Havo harorati ta’sirining yumshoq bug‘doyning qimmatli xo‘jalik belgilariga bog‘liqligi” // “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi” jurnalining AGRO ILM ilmiy ilovasi №6 (44)-son, 2016 yil 19-20 betlar. (34)
Amanov O., Dilmurodov Sh., Jo‘raev D., va boshq. “Kuzgi bug‘doy ekinlari ekish-unib chiqish davrining havo haroratiga bog‘liqligi” // Agro ilm jurnali №1 (39)-son, 2016 yil, 7-8 betlar
Dala tajribalarini o‘tkazish uslubiyatlari, Toshkent-2007, 84-108 betlar.
Доcпехов Б.А. “Методика полевого опыта (с основами статистической обработки резултатов исследований)” М. 1985 г.
Методика Гоcудаpcтвенного cортоиcпытания cелcкохозяйcтвенных культур» М, Колоc, 1964, 39-42 ст.
R.I.Siddiqov, R., & F.E.Uzakov, F. (2026). RAQOBATLI NAV SINOVI KO‘CHATZORIDA MAHALLIY VA XORIJIY KUZGI YUMSHOQ BUG‘DOY NAV VA TIZMALARINING BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARI. Ilm-Fan Va Innovatsiya, 4(67), 130-133. https://doi.org/10.5281/zenodo.21833727