Axmadov Sherzod Xusniddinovich
Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi
Murodova Elmira
Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti “Davlat va huquq asoslari” kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada fuqarolik va oila huquqining eng dolzarb hamda amaliyotda murakkab muammolarni keltirib chiqaruvchi masalalaridan biri - nikoh shartnomasi va vasiyatnomaning oʻzaro nisbati hamda ushbu institutlar orqali er-xotinning mulkiy huquqlarini himoya qilish mexanizmlari qiyosiy-huquqiy tomondan tahlil etiladi. Tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi, Fuqaro kodeksi, "Notariat toʻgʻrisida"gi Qonuni hamda Oliy Sud Plenumining tegishli qarorlaridagi konkret normativ qoidalar yillar doirasida atroflicha oʻrganilgan. Maqolada nikoh shartnomasi va vasiyatnomaning yuridik tabiati, ularning amal qilish doirasi, mulkka egalik huquqining oʻtish vaqti va tartibi, er-xotinning umumiy birgalikdagi mulkidagi ulushlarini ajratish tartibida yuzaga keladigan ziddiyatlar koʻrib chiqiladi. Shuningdek, amaliyotda uchraydigan sud-notariat muammolari kompleks tahlil qilinib, amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan asoslantirilgan ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.
Axmadov, S., & Murodova, E. (2026). NIKOH SHARTNOMASI VA VASIYATNOMANING OʻZARO NISBATI: ER-XOTINNING MULKIY HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDAGI MUAMMOLAR. Ilm-Fan Va Innovatsiya, 4(67), 106-110. https://doi.org/10.5281/zenodo.21786176