VALSARTAN VA KOENZIM Q10 ASOSIDAGI «COVALIS» KAPSULALARINING SIFAT KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH
Jild 4 son 67 (2026) 83-84
Annotatsiya
Arterial gipertenziya va yurak-qon tomir kasalliklari butun dunyoda nogironlik va o‘limning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu kasalliklarni davolashda antigipertenziv ta’sir bilan bir qatorda oksidlovchi stressni kamaytirish va miokardning funksional holatini yaxshilashga qaratilgan kompleks yondashuv muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, valsartan va koenzim Q10 kombinatsiyasi antigipertenziv, kardioprotektor hamda antioksidant ta’sirlarni birlashtirgan istiqbolli dori vositasi hisoblanadi. Mazkur kombinatsiya asosida yaratilgan «CoValis» kapsulalarining farmakopeya talablariga muvofiq sifat ko‘rsatkichlarini baholash, ularning barqarorligi, xavfsizligi va samaradorligini ta’minlash zamonaviy farmasevtik texnologiya va dori vositalari sifat nazoratining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Yuklab olishlar
Nashr qilingan
2026-08-01
Son
Boʻlim
Maqolalar
Litsenziya
##submission.copyrightStatement##
##submission.license.cc.by4.footer##Iqtibos keltirish tartibi
F.X.Maksudova, F., N.M.Vaxidova, N., & Z.B.Baxtiyorova, Z. (2026). VALSARTAN VA KOENZIM Q10 ASOSIDAGI «COVALIS» KAPSULALARINING SIFAT KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH. Ilm-Fan Va Innovatsiya, 4(67), 83-84. https://doi.org/10.5281/zenodo.21738410
Article metrics
Views and PDF downloads
1
Views
0
Downloads