Статьи

O‘ZBEKISTON TEKISLIK LANDSHAFTLARINING GEOEKOLOGIK HOLATINI KOMPLEKS BAHOLASH VA OPTIMALLASHTIRISH YONDASHUVLARI

Том 4 № 69 (2026): Наука и инновации 64-68

2026-08-19 Статьи CC BY 4.0 Open Access

Авторы

  • Naimov Husniddin Nuriddin o‘g‘li Osiyo xalqaro universiteti magistranti

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekiston hududidagi tekislik landshaftlarining hozirgi geoekologik holati, unda kechayotgan tabiiy va antropogen jarayonlar hamda landshaftlarning ekologik barqarorligini ta’minlashning ilmiy-amaliy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi O‘zbekiston tekislik landshaftlarida shakllanayotgan geoekologik muammolarni aniqlash, ularning tabiiy va antropogen omillar bilan bog‘liqligini baholash hamda mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalanish asosida hududlarni optimallashtirish yo‘nalishlarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot jarayonida landshaft-ekologik, geoekologik, kartografik, qiyosiy-geografik, meliorativ-geografik va tizimli tahlil usullaridan foydalanildi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston tekislik landshaftlarida tuproq degradatsiyasi, shamol va irrigatsiya eroziyasi, sho‘rlanish, cho‘llanish, yaylovlarning degradatsiyasi, suv resurslarining kamayishi va ifloslanishi, tabiiy o‘simlik qoplamining qisqarishi hamda iqlim o‘zgarishining kuchayib borayotgan ta’siri asosiy geoekologik muammolarni tashkil etadi. Ayniqsa, Qizilqum, Ustyurt, Quyi Amudaryo, Mirzacho‘l, Qarshi cho‘li va Farg‘ona vodiysining tekislik qismlarida tabiiy resurslardan foydalanish darajasi hamda antropogen bosimning hududiy xususiyatlari bir-biridan farq qiladi. Mazkur hududlarda geoekologik holatni yaxshilash uchun suv va yer resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish, meliorativ tadbirlarni takomillashtirish, yaylovlardan me’yoriy foydalanish, cho‘llanish jarayonlarini cheklash, tabiiy o‘simlik qoplamini tiklash hamda zamonaviy monitoring texnologiyalarini joriy etish zarur.

Ключевые слова:

Библиографические ссылки

Boymirzayev K.M. Farg‘ona vodiysi tabiatini muhofaza qilishning ekologik-geografik asoslari // O‘zbekiston Geografiya jamiyati VIII syezdi materiallari. – Nukus, 2009.

Boymirzayev K.M. Farg‘ona botig‘i vohalaridagi agroirrigatsion yotqiziqlarning multifunksional landshaft tahlili: Geografiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Samarqand, 2020. – 195 b.

Naimov H.N. Shimoliy Farg‘ona tog‘oldi landshaftlarining strukturasi, baholash va geoekologik vaziyati: Geografiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Samarqand, 2025.

Rafiqov A.A., Sharipov Sh.M. Geoekologiya. – Toshkent: Adib, 2014. – 112 b.

Sharipov Sh.M., Allaberdiyev R.X., Kuchkarov N.Y., Ro‘zimova X.K. Geoekologiya. – Toshkent: Adib, 2017. – 160 b.

Загрузки

Опубликован

2026-08-19

Выпуск

Раздел

Статьи

Как цитировать

Naimov, H. (2026). O‘ZBEKISTON TEKISLIK LANDSHAFTLARINING GEOEKOLOGIK HOLATINI KOMPLEKS BAHOLASH VA OPTIMALLASHTIRISH YONDASHUVLARI. Наука и инновации, 4(69), 64-68. https://www.in-academy.uz/index.php/SI/article/view/56165
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
1 Views
0 Downloads