SUT BEZI SARATONIDA RADIOLOGIK TASVIR XUSUSIYATLARNI QIYOSIY TAVSIFLASH
Том 4 № 71 (2026) 113-114
Аннотация
Jahon mamlakatlari orasida so’nggi paytlarda sut bezi saratoni (SBS) bilan kasallanish soni oshib bormoqda, bu esa tibbiy-ijtimoiy, iqtisodiy muammolarga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, bu patologiyaning sut bezi saratoni rivojlanishi ularni tashxislash va davolashda murakkablik vujudga keltirishi bilan alohida o‘rin tutmoqda. Aniqlanishicha, «…so‘nggi 20 yil davomida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida bemorlarda sut bezi saratoni kasallikligi 42% gacha, turli sut bezi kasalliklar bilan birga kelishi esa 80% gacha kuzatilishi qayd etilgan…»[1]. Shu bilan birga sut bezi saratoni barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ayollar orasida onkologik kasalliklar orasida yetakchi o‘rinda turadi. Butun dunyo ayollarida xavfli o‘smalar orasida sut bezi saratoni bilan kasallanish birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Iqtisodiy nuqtai nazardan olib qaraganda SBS erta aniqlangan bemorlarni davolash ancha manfaatli: SBS ning III- bosqichidagi bemorlarni davolash, I bosqichidagilarni davolashga nisbatan 15-30 barobarga qimmatroqdir, shu bilan birgalikda mablagʼlarning faqat 5% tashxisotga, 95% - esa bemorlarni davolashga sarf qilinadi. SBS boshlangʼich bosqichida 40-49 yoshli ayollarda 17% ga, 50 yoshdan oshganlarda esa 30% gacha oʼlim koʼrsatkichlarining kamayganligi aniqlangan. Oʼsmaning diametri 1 sm 3 gacha boʼlganda va limfatik tugunlar shikastlanmaganda, davolash qimmat turuvchi ximioterapevtik komponentlarsiz, aʼzoni saqlab qoluvchi operatsiyalar bilan chegaralanishi mumkin.
Библиографические ссылки
Zubarev A.B., Gajonova V.Ye., Xoxlova Ye.A. Elastografiya novыy metod poiska raka razlichnыx lokalizatsiy. // Radiologiya-praktika 2008; 6:6-18.
Zikin B.I., Postnova N.A., Medvedev M.Ye. Elastografiya: anatomiya metoda // Peremena diagnostika, peremena terapiya. -2012. - No2-3. - S.107-113.
Ivanova L.I. Voprosnosti kompleksnogo ultratovushnogo issledovaniya v differensialnoy luchevoy diagnostike obrazovaniy molochnoy jelezi. Diss... qand.med.nauk. 14.00.19. M., 2006. - 197 b.
Kabin Yu.V. Novie texnologii ultratovushnogo issledovaniya v diagnostike raka molochnoy i shitovidnoy jelez // Diss.... kand.med.nauk. 14.01.13. - M.,- 2013. - 121
Kaprin, A.D. Dobrokachestvennie zabolevaniya molochnoy jelezi / A.D. Kaprin, N.I. Rojkova; M.: GEOTAR-Media, 2018. - 272b.
Karpova M.S. Algoritm luchevoy diagnostiki raka molochnoy jelezi u jenshin s nasledstvennoy sklonnostyu // Diss... qand.med.nauk.: 14.01.12.- M.,- 2015. - 132 b.
География читателей
Загрузки
Опубликован
Выпуск
Раздел
Лицензия

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Как цитировать