Педагогика и психология

SHIFOKORNING BIR OG‘IZ SO‘ZI: BEMORNING RUHIY HOLATIGA SO‘ZLARNING TA’SIRI

Том 4 № 71 (2026) 33-34

2026-09-07 Педагогика и психология CC BY 4.0 Open Access

Авторы

  • Sabirov Dilshod Shuxratovich Ilmiy rahbar: Xalqaro va tibbiyot fakulteti dekani, farmatsevtika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
  • Isomitdinova Bahora Qobil qizi Toshkent farmatsevtika institute Sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
  • G‘aybullayev Sanjar Shokir o‘g‘li Toshkent farmatsevtika instituti Farmatsiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

Аннотация

Ushbu tezisda shifokor va bemor o‘rtasidagi muloqotning inson ruhiy holatiga ta’siri haqida fikr yuritiladi. Tibbiyotda ko‘pincha dori-darmon, muolaja va tashxis haqida gapiriladi, lekin bemorga aytilgan oddiy bir so‘z ham uning kayfiyati va davolanishga bo‘lgan munosabatiga ta’sir qilishi mumkin. Shifokorning muloyim gapirishi, bemorni tinglashi va unga umid berishi bemorda ishonch hissini kuchaytiradi. Aksincha, qo‘pol yoki qo‘rqituvchi so‘zlar bemorning xavotirini oshirishi mumkin. Shu sababli tibbiyot xodimining muomalasi ham kasbiy mahoratning muhim qismi hisoblanadi. Inson kasal bo‘lganida nafaqat uning tanasi, balki ruhiy holati ham o‘zgaradi. Oddiy kunlarda e’tibor bermaydigan narsalar ham kasallik paytida inson uchun juda muhim bo‘lib qolishi mumkin. Ayniqsa, shifokorning bemor bilan qanday gaplashishi katta ahamiyatga ega. Ba’zan bemorga katta yordam berish uchun faqat dori yoki muolaja emas, yaxshi so‘z ham kerak bo‘ladi. “Hammasi yaxshi bo‘ladi”, “Siz yolg‘iz emassiz”, “Biz sizga yordam beramiz” kabi oddiy gaplar bemorda umid va ishonch uyg‘otishi mumkin. Shifokor bemor hayotidagi eng mas’uliyatli insonlardan biridir. 

Ключевые слова:

Опубликован

2026-09-07

Выпуск

Раздел

Педагогика и психология

Как цитировать

Sabirov, D., Isomitdinova , B., & G‘aybullayev, S. (2026). SHIFOKORNING BIR OG‘IZ SO‘ZI: BEMORNING RUHIY HOLATIGA SO‘ZLARNING TA’SIRI. Наука и инновации, 4(71), 33-34. https://www.in-academy.uz/index.php/SI/article/view/56959
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
1 Views
0 Downloads