Статьи

MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA STEAM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH

Том 4 № 47 (2026) 90-94

2026-05-26 Статьи CC BY 4.0 Open Access

Авторы

  • Ahmadaliyeva Barchinoy Baxtiyorjon qizi Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim 1-24-guruh talabasi

Аннотация

Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolajonlarimizning intellektual salohiyatini oshirish va ularni kelajakka tayyorlash uchun mutlaqo yangicha yondashuvlar zarur bo‘lmoqda. Men o‘z tadqiqotimda bugungi kunda dunyoda ommalashib borayotgan STEAM texnologiyasini guruh amaliyotiga qanday joriy etish mumkinligini o‘rganishni maqsad qildim. Ushbu texnologiya fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani o‘zaro birlashtirgan holda bolalarga bilimlarni yaxlit loyihalar shaklida taqdim etadi. Men bog‘chada amaliyot o‘tash davomida kichik va katta guruhdagi bolalarning bilish faolligini, qiziquvchanligini hamda ijodiy fikrlashini aynan mana shu usullar yordamida kuzatdim. Olib borgan tajribalarim shuni ko‘rsatdiki, oddiy LEGO konstruktorlari yordamida bino qurish, quvnoq laboratoriya sharoitida suv va qum bilan tajribalar o‘tkazish bolalarning mantiqiy fikrlashini juda tez rivojlantirar ekan. Mening ushbu ishimda keltirilgan qiziqarli o‘yin faoliyatlari va loyihalar yosh tarbiyachilar hamda men kabi amaliyotchi talabalar uchun kundalik ishlarda yaxshigina metodik yordamchi bo‘la oladi. Xulosa o‘rnida aytishim mumkinki, STEAM bolaga darslarni yodlatish emas, balki amaliy o‘yinlar orqali atrof-muhitni o‘zi kashf qilishiga imkon beradigan eng qiziqarli va samarali yangilikdir.

Ключевые слова:

Библиографические ссылки

Mirziyoyeva S.Sh. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni intellektual va ijtimoiy rivojlantirishning pedagogik asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2022. – 180 b.

Hasanboeva O.U., Tojiyeva M.X., Toshpo‘latova Sh.K. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: Ilm-ziyo, 2019. – 240 b.

Qodirova F.R., Toshpo‘latova Sh.K. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish psixologiyasi. – Toshkent: Sharq, 2021. – 195 b.

Nishonova Z.T., Alimova G.X. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. – Toshkent: TDPU, 2018. – 210 b.

Egamberdieva N.M. Ijtimoiy pedagogika. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2020. – 230 b.

Jalolova M.A. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida STEAM ta’lim texnologiyasini joriy etish metodikasi // Pedagogika ilmiy jurnali. – Toshkent, 2024. – №1. – B. 34-40.

Karimova S.B. Bolalarning ijodiy va muhandislik tafakkurini rivojlantirishda loyiha metodining o‘rni // Maktabgacha ta’lim jurnali. – Samarqand, 2023. – №4. – B. 18-25.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. "Ilk qadam" maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturi (takomillashtirilgan ikkinchi nashr). – Toshkent, 2022. – 144 b.

География читателей

2 Просмотры
0 Загрузки PDF
1 Стран

    Опубликован

    2026-05-26

    Выпуск

    Раздел

    Статьи

    Как цитировать

    Ahmadaliyeva, B. (2026). MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA STEAM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Наука и инновации, 4(47), 90-94. https://www.in-academy.uz/index.php/SI/article/view/50341
    Innovative Academy RSC
    Article metrics Views and PDF downloads
    1 Views
    0 Downloads