TO'QIMALARNING QO'ZG'ALUVCHANLIGI VA BIOELEKTRIK JARAYONLARNING FIZIOLOGIK ASOSLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18513794Аннотация
Ushbu ilmiy ish tirik organizm to‘qimalarining qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatlarini va ularning fiziologik mexanizmlarini yoritishga bag‘ishlangan. Maqolada nerv, mushak va bez to‘qimalarining qo‘zg‘aluvchanlik darajasi, ularning tashqi va ichki ta’sirotlarga javob berish mexanizmlari batafsil tahlil qilingan. Qo‘zg‘alish jarayonida hujayralarda modda va energiya almashinuvi kuchayishi, kislorod sarfining ortishi hamda karbonat angidrid va issiqlik ajralishining ko‘payishi ilmiy asosda tushuntirilgan. Shuningdek, hujayra membranasida yuzaga keladigan bioelektrik hodisalar tinchlik potensiali va harakat potensialining shakllanishi, ion asimmetriyasi hamda natriy va kaliy ionlarining membrana orqali harakati yoritib berilgan. Qo‘zg‘alish jarayonining tarqalishi, uning qisqa vaqt ichida yuzaga kelishi va fiziologik ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari, qo‘zg‘aluvchanlikni baholash mezonlari bo‘lgan reobaza va xronaksiyaning nazariy hamda amaliy ahamiyati ochib berilgan. Absolyut refrakterlik holati va uning yurak faoliyatidagi namoyon bo‘lishi misolida qo‘zg‘aluvchanlikning fiziologik cheklanishlari tahlil qilingan.Загрузки
Опубликован
2026-02-07
Выпуск
Раздел
Статьи
Как цитировать
Shaxnoza, I. (2026). TO’QIMALARNING QO’ZG’ALUVCHANLIGI VA BIOELEKTRIK JARAYONLARNING FIZIOLOGIK ASOSLARI. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента, 3(2), 4-8. https://doi.org/10.5281/zenodo.18513794
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads