XAVFSIZ MAHALLA KONSEPSIYASI DOIRASIDA MANZILLI PROFILAKTIK CHORA-TADBIRLAR TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
;
xavfsiz mahalla, manzilli profilaktika, ijtimoiy profilaktika, kriminogen vaziyat, mahalla yettiligi, profilaktika inspektori, yo‘l xaritasi, elektron nazorat, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish.Abstrak
Maqolada “xavfsiz mahalla” konsepsiyasi doirasida manzilli profilaktik chora-tadbirlar tizimini takomillashtirishning tashkiliy-huquqiy va kriminologik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarorida belgilangan yaxlit manzilli ishlash, ijtimoiy profilaktika, “mahalla – tuman – viloyat” darajasidagi yo‘l xaritalari, elektron nazorat va fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish mexanizmlariga tayangan holda ishlab chiqildi. Maqolada Chilonzor tumani “Botirma” mahalla fuqarolar yig‘inida IIV Akademiyasi tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-amaliy tadbirlar natijalari empirik asos sifatida baholanib, xavf omillarini aniqlash, xonadonbay va fuqarobay tahlil, ijtimoiy profilaktika obyektlarini nomma-nom biriktirish, texnik xavfsizlik infratuzilmasini mustahkamlash hamda raqamli aloqa kanallaridan foydalanish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
Iqtiboslar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/uz/docs/-7973611.
Chilonzor tumani IIOFMB statistok malumotlari 2026-yil 27-aprel holatiga ko‘ra.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrir. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/docs/-6445145.
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-son “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/docs/-2387357.
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentyabrdagi O‘RQ-407-son “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/docs/-3027843.
O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi 758-I-son “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-son Qonun bilan yangi tahrirda. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/docs/-2156899.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/docs/-7330260.
Zaripov Z.S., Ismailov I. Kriminologiya (Umumiy qism): Darslik. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 1996.
Ismailov I., Muxtorov J.S., Xo‘jaqulov S.B. Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati: O‘quv qo‘llanma. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017.
Tursunov A.S., Ismailov I., Fazilov I.Yu., Alimov B.F., Amirov Z.A., Xo‘jaqulov S.B., Saitqulov Q.A., G‘ofurov Sh.R. Ichki ishlar organlari profilaktik faoliyati: Ma’ruzalar kursi. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2018.
Xo‘jaqulov S.B. Huquqbuzarliklar umumiy profilaktikasini takomillashtirish: Monografiya. Mas’ul muharrir: I.Yu. Fazilov. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2019.
Goldstein H. Problem-Oriented Policing. Philadelphia: Temple University Press, 1990.
Sherman L.W., Gartin P.R., Buerger M.E. Hot Spots of Predatory Crime: Routine Activities and the Criminology of Place. Criminology. 1989. Vol. 27. P. 27–56.
Eck J.E., Weisburd D. Crime Places in Crime Theory. In: Eck J.E., Weisburd D. (eds.). Crime and Place. Crime Prevention Studies. Vol. 4. Monsey, NY: Criminal Justice Press, 1995.
Braga A.A., Papachristos A.V., Hureau D.M. The Effects of Hot Spots Policing on Crime: An Updated Systematic Review and Meta-Analysis. Justice Quarterly. 2014. Vol. 31, No. 4. P. 633–663.
##submission.downloads##
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Iqtibos keltirish tartibi