MIKROGES LOYIHALASHTIRISH JARAYONIDA TURBINA TURINI TANLASH: GIDROLOGIK XARAKTERISTIKALAR VA MATEMATIK TAHLIL ASOSIDA YONDASHUV

Mualliflar

  • Ubaydullayev, J.S. Muallif
  • Kan, E.K. Muallif

;

https://doi.org/10.5281/zenodo.19814611

Abstrak

Ushbu maqolada mikroGES (o'rnatilgan quvvati 100 kVt gacha bo'lgan gidroelektrostansiyalar) loyihalashtirish amaliyotida turbina turini tanlashning ilmiy-matematik asoslari tahlil qilingan. Tanlash jarayonining markaziy mezonlari — hisob-kitob bosim balandligi (Hnet), hisob-kitob suv sarfi (Qr) va solishtirma aylanishlar soni (ns) — analitik ifodalangan va Pearson III, Colebrook-White, energetik balans tenglamalaridan foydalangan holda hisob-kitoblar o'tkazilgan. Pelton, Banki-Mishel, propeller, Kaplan va Arximed vinti turbinalari uchun qo'llanish sohalari asoslantirilgan. Namangan viloyati tog' daryosi misolida to'liq loyiha hisobi (Qr, Hnet, ns, LCOE, loyqalanish ta'siri, sanitariy suv oqimi) keltirilgan. Hisob-kitoblar shuni ko'rsatdiki, berilgan sharoit uchun Banki-Mishel turbinasi LCOE = 0,032 $/kVt·soat bilan Pelton turbinasiga nisbatan 37% iqtisodiy jihatdan samaraliroq.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-04-27

Iqtibos keltirish tartibi

J.S., U., & E.K., K. (2026). MIKROGES LOYIHALASHTIRISH JARAYONIDA TURBINA TURINI TANLASH: GIDROLOGIK XARAKTERISTIKALAR VA MATEMATIK TAHLIL ASOSIDA YONDASHUV. Markaziy Osiyo Ta’lim Va Innovatsiyalar Jurnali, 5(4), 107-114. https://doi.org/10.5281/zenodo.19814611
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads