AIRITOM ERKIN SAVDO ZO'NASINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Mualliflar

  • Usmonov, Husan Muallif

;

https://doi.org/10.5281/zenodo.19510099

Abstrak

AIRITOM Barcha to‘siqlardan holi bo‘lgan hudud,“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, 29 avgust kuni Termiz shahrida «Termiz xalqaro savdo markazi» ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan, Afg‘oniston bilan atigi 500 metr masofada joylashgan. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash, shu orqali jahon standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarishga erishish, xorijiy sarmoyalarni, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish har qanday mamlakat uchun eng dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan masaladir. Bunday vazifalarni amalga oshirishda erkin iqtisodiy zonalar muhim o‘rin tutadi. Palata raisi A.Shayxov va boshqalar mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan dasturlar mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti shakllanishi hamda xorijiy investitsiyalar ko‘lami oshishida muhim omil bo‘layotganini qayd etdi. Bu yerda faoliyat ko‘rsatadigan tadbirkorlik sub'yektlariga turli imtiyozlar, qulayliklar yaratiladi. Xususan, EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi. Tadbirkorlik sub'yektlarining muhandislik-telekommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanishida qulayliklar yaratish maqsadida «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha ruxsatnomalar berilishi yo‘lga qo‘yiladi.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-04-11

Iqtibos keltirish tartibi

Husan, U. (2026). AIRITOM ERKIN SAVDO ZO’NASINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI. Markaziy Osiyo Ta’lim Va Innovatsiyalar Jurnali, 5(4), 129-133. https://doi.org/10.5281/zenodo.19510099
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads