BADIIY ADABIYOTDA HAYVONOT OLAMI VA IJTIMOIY HAYOT UZVIY ALOQASINING BADIIY TALQINI (SAID AHMAD VA CHINGIZ AYTMATOV ASARLARI MISOLIDA)
;
https://doi.org/10.5281/zenodo.17377901Abstrak
Ushbu ilmiy ishda o‘zbek adabiyoti namoyandasi Said Ahmad va qirg‘iz adabiyotining buyuk vakili Chingiz Aytmatov asarlari asosida hayvonot olami tasvirining badiiy adabiyotdagi o‘rni va uning jamiyat bilan uzviy aloqasi tahlil etiladi va o‘rganiladi. Yozuvchilarning ijodida hayvon obrazlari nafaqat tabiat manzaralarini jonlantirish, balki inson ruhiyatini ochib berish, jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni yoritish vositasi sifatida tahlil qilinadi. Said Ahmad asarlarida qushlar, chorva hayvonlari va ularning inson hayotidagi ramziy ma’nosi orqali xalqning turmush tarzi, axloqiy qadriyatlari ochib beriladi. Chingiz Aytmatov esa o‘z asarlarida bo‘ri, ot, kiyik, baliq kabi hayvonot olamini badiiy-falsafiy talqin etib, insoniyat va tabiat uyg‘unligi buzilganda yuzaga keladigan fojiya oqibatlarni namoyon etadi.Tadqiqotda yozuvchilarning hayvonot olami tasviriga bergan yondashuvlari, bu tasvirlarning ijtimoiy-ma’naviy, tarbiyaviy hamda ekologik mazmuni qiyosiy tahlil qilinadi. Natijada, badiiy adabiyotda hayvon obrazlarining inson va jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning milliy va umuminsoniy qadriyatlardagi ifodasi ochiqlanadi.##submission.downloads##
Nashr qilingan
2025-10-17
Nashr
Bo'lim
Articles
Iqtibos keltirish tartibi
Noila, E., & Murodulla, J. (2025). BADIIY ADABIYOTDA HAYVONOT OLAMI VA IJTIMOIY HAYOT UZVIY ALOQASINING BADIIY TALQINI (SAID AHMAD VA CHINGIZ AYTMATOV ASARLARI MISOLIDA). Markaziy Osiyo Ta’lim Va Innovatsiyalar Jurnali, 4(10, Special issue CAJEI), 298-303. https://doi.org/10.5281/zenodo.17377901
Article metrics
Views and PDF downloads
3
Views
0
Downloads