SURXON VOHASI 1917-1941 – YILLARDA BXSRNING TASHKIL TOPISHI VA SURXON VOHASIDAGI MILLIY – OZODLIK HARAKATLARI

Mualliflar

  • Surayyo Mirzayeva Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi Muallif

;

Termiz , «Ishchi ittifoqi» , Yolg‘izbog‘, To‘da , Boysun , Sariosiyo, Sherobod , Pattakesar , Suyun Pinxos , Denov .

Abstrak

Bolsheviklar oktabr to‘ntarishidan so‘ng hokimiyatni qo‘lga kiritgach, haqiqiy xalq hokimiyati va chinakam demokratiya hukmronlik qiladigan jamiyatni barpo etishni va’da qilgan edilar. Bu jamiyat keng xalq ommasining ehtiyojlarini qondirishi, uning manfaatlarini himoya qilishi lozim edi. Ammo vaqt o’tib shu narsa aniq bo’ldiki bu siyosatning ortida bolsheviklarning yangi yerlar va xomashyolarni o’ziniki qilib olish yotardi . Buxoro amirligi davrida katta harbiy,  iqtisodiy, siyosiy mavqega ega bo‘lgan Surxon vohasini sovetlar hukumati o‘z qulida mahkam saqlab qolishga jiddiy kirishadi. U oddiy mehnatkash xalqni zudlik bilan o‘z tomoniga ag‘darib olish maqsadida xalqqa bepul, o‘ylaganidan ortiqcha mulk va’da qilib, ishlab chiqarish quroliga ega bo‘lmagan, huquqiy gushunchasi yo‘q, siyosiy bilimlarni yetarli egallab olmagan xalqni o‘z siyosati chegarasiga kiritib oladi. Natijada sovet hukumati milliy xususiyatlarni  chuqur o‘rganib,  ichki ziddiyatlardan foydalanishga,  qarinyushurug‘larni, milliy etnik guruhlarni birbiriga qaramaqarshi qo‘iishga harakat qiladi. Bundan siyosiy manfaatlar yo‘lida ustalik bilan foydalanadi.

Nashr qilingan

2022-12-17

Iqtibos keltirish tartibi

SURXON VOHASI 1917-1941 – YILLARDA BXSRNING TASHKIL TOPISHI VA SURXON VOHASIDAGI MILLIY – OZODLIK HARAKATLARI. (2022). Markaziy Osiyo Ta’lim Va Innovatsiyalar Jurnali, 1(2), 154-157. https://www.in-academy.uz/index.php/CAJEI/article/view/22438